Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/359
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419158
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   359
Bog'liq
sotsiologiya (1)

An'anaviy harakat - 
madaniy an'analarda ifodalangan xatti-harakat timsollariga, 
taqlidga asoslangan harakatni bildiradi. Bunday harakat oqilona xususiyatga ega 
bo‘lmay, harakat jarayoni avtomatik ravishda yuz berayotgan jarayon ko‘rinishini oladi, 
sub'ektivlar har qanday vaziyatda ham takrorlanuvchi va ko‘nikib qolingan an'analarga, 
odatlarga asoslanadi. An'anaviy harakat yuzaki qaraganda ob'ektiv oqilona tarzda 
ko‘rinishi mumkin, lekin uning haqiqiy mohiyati sub'ektiv nooqilona asosga egadir. 
An'anaviy harakat ham affektiv harakat kabi inson xatti-harakatining chegarasini 
bildiradi. Lekin bu harakatning ahamiyati shundaki, odat va ko‘nikmalarga asoslangan 
harakatlar jamiyat hayotida juda ko‘p o‘rin tutadi. Individning xatti-harakati o‘zida 
harakatning barcha turlariga xos bo‘lgan xususiyatlarini saqlaydi. Bunda maqsadli-
oqilona, ham qadriyatli oqilonalik, affektivlik, an'anaviylik belgilari bo‘ladi. Turli 
jamiyatlarda ba'zi harakat vaziyatlari kuchliroq bo‘lishi mumkin. Masalan, an'anaviy 
jamiyatda an'anaviylik va affektivlik, oqilonalik va qadriyatli oqilonalikka nisbatan 
ustunroq bo‘ladi. Aksincha, industrial jamiyatda oqilonalik va qadriyatli harakat 
nisbatan ustun bo‘ladi. 
Insonning sub'ektiv dunyosi ijtimoiy hayot, ijtimoiy jarayonlarning shaxs jihati 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Jamiyat rivojlangan sari maqsadli ratsional harakat kuchayib boradi. 
Demak, harakat individning g‘oyalar va vaziyat sharoitlari ta'siri ostida o‘z 
maqsadlariga erishish vositalari yuzasidan sub'ektiv qarorlar qabul qilishni anglatar 
ekan. Albatta bu alohida olingan harakat bo‘lib, ijtimoiy harakat ko‘pgina shaxslar 
tomonidan amalga oshiriladigan mana shunday harakatlarning muntazam qatorlarini o‘z 
ichiga oladi. 


135 
Maqsad harakatning zarur elementidir. Maqsad harakat qiluvchi istagan holatdir. 
Demak, maqsadlar kutilgan, tasodifiy yoki qandaydir bir bilimlar natijasida tanlangan 
bo‘lishi mumkin. Maqsad ma'lum bir vaqtni taqozo etadi. Vaqtdan tashqari u 
ahamiyatini yo‘qotadi. Maqsad xato bo‘lishi, ya'ni maqsad va vositalarning noto‘g‘ri 
tanlanishi, ularning bir-biriga muvofiq kelmasligi natijasida maqsadning amalga 
oshmasligi mumkinligini ham unutmaslik kerak. 
Vaziyat esa harakatning tashqi qobig‘idir. Vaziyatning asosiy xususiyati shundan 
iboratki, u maqsadga nisbatan boshqa yo‘nalishda rivojlanadi. Harakat qiluvchining 
vaziyat ustidan nazorat qilishi harakat sharoitlari va vositalari yordamida olib boriladi. 
Harakat sharoiti harakat qiluvchi o‘zgartira olmaydigan elementdir.
Harakatning normativ (me'yoriy) yo‘nalganligi ham muhimdir. Chunki harakatda 
doimo me'yoriy yo’nalganlik mavjud bo‘ladi. Me'yor harakatni namunaga 
muvofiklashtirishga bo‘lgan intilish bilan ifodalanadi. Me'yoriy elementning belgilari 
quyidagilar: a) harakat qiluvchida u yoki bu qabul qilingan me'yorga amal qilishga 
bo‘lgan intilishning mavjudligi; b) harakat qiluvchining har qanday imkoniyatlardan 
qat'iy nazar, shaxs sistemasi oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish zaruriyatini tan olishi. 
Me'yoriy yo‘nalganlik ijtimoiy harakat nazariyasida muhim o‘rin tutadi. Ma'lum 
me'yorlarga intilmaydigan harakat mavjud bo‘lolmaydi, kelmaydigan mexanik harakat 
bo‘lmaganligi kabi bo‘lmaydi. 
Harakat tizimi murakkab tuzilishiga ega. Ijtimoiy harakat doimo boshqa harakat 
qiluvchilarning o‘zaro yo‘nalganligini va umumiy qadriyatlar asosida o‘zaro 
integratsiyasini tashkil etadi. Bu darajada ijtimoiy harakat quyidagi tushunchalar bilan 
izohlanadi: harakat qiluvchi; me'yoriy yo‘nalganlik, maqsad, vaziyat, boshqa harakat 
qiluvchi, o‘zaro yo‘nalganlik, qadriyatlar. Harakat sistemasi bu harakat elementlaridan 
va harakatlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqalardan iborat. Bu munosabatlar 
quyidagilardir: 1) sistema tushunchasi bilan bog’liq ravishda yuzaga keladigan 
munosabatlar; 2) individ yoki harakat qiluvchi deb ataladigan birikmalarda yuzaga 
keladigan munosabatlar; 3) ijtimoiy guruhdagi individlarning o‘zaro aloqasi natijalarida 
yuzaga keladigan munosabatlar, harakat ma'lum bir qismlardan iborat, ularni biz 
sistemalar deb ataymiz. Ba'zi sotsiologlar jumladan T. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish