MEXANIKA
Fizika so‘zi grekcha «fyuzis» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, u tabiat degan ma'noni anglatadi. Bu soʻzni fanga birinchi marta qadimgi Yunon mutafakkiri Aristotel kiritgan. Fizika qonunlari u yoki bu hodisalarning miqdoriy xarakteristikalari orasidagi munosabatlar tarzida ifodalanadi. Bu miqdoriy xarakteristikalar fizik kattaliklar deb ataladi. Mexanika fizika fanining bir boʻlimi boʻlib, u materiya harakatining eng oddiy koʻrinishlari-jismlar (yoki biror jism ayrim qismlari)ning bir-biriga nisbatan koʻchishlarini oʻrganadi. Mexanika uch qismdan iborat: 1. Jism harakatini mazkur harakatga ta'sir koʻrsatuvchi sabablar bilan bogʻla- magan holda o'rganuvchi qismi kinematika deb ataladi. 2. Jism harakati va unga ta'sir etuvchi kuchlar orasidagi munosabatlarni dinamika oʻrganadi. 3. Kuchlar ta'siridagi jismlar muvozanatini statika oʻrganadi. Umuman, mexanika qonunlari jismning ixtiyoriy paytdagi vaziyatini aniqlash imkonini beradi. 1-§. Moddiy nuqtaning harakati Vaqt o'tishi bilan jismning boshqa jismlarga nisbatan vaziyatining oʻzgartirishiga mexanik harakat deyiladi. • Jismning ixtiyoriy ikki nuqtasini birlashtiruvchi toʻgʻri chiziq oʻz-oʻziga parallelligicha qoladigan harakat, ilgarilanma harakat deyiladi.
0
Rasm 1. Ilgarilanma harakat
Muayyan sharoitda oʻlchamlarini e'tiborga olmasa ham boʻladigan jism
moddiy nuqta deyiladi.
Bir jismga nisbatan ikkinchi jismning harakati oʻrganilayotgan boʻlsa,
birinchi jism sanoq jismi, ikkinchi jism oʻrganilayotgan jism deyiladi.
Sanoq jismi, unga bogʻlangan koordinatalar sistemasi va vaqtni
oʻlchaydigan asbob birgalikda sanoq sistemasi deyiladi.
Faqat son qiymatiga ega boʻlgan kattaliklar skalyar kattaliklar deyiladi
Son qiymatidan tashqari yoʻnalishga ham ega boʻlgan kattaliklar vektor
kattaliklar deyiladi.
• Moddiy nuqta (jism)ning oʻz harakati davomida uzluksiz chizgan
chizig'iga yoki qoldirgan iziga traektoriya deyiladi.
Moddiy nuqta (jism)ning oʻz harakati davomida uzluksiz chizgan chizigʻi
yoki qoldirgan izining uzunligiga yoʻl (yoki bosib o'tilgan yo'l) deyiladi.
Traektoriya uzunligi yoʻl deyiladi.
10
• Jismning ixtiyoriy ikki nuqtasini birlashtiruvchi toʻgʻri chiziq oʻz-oʻziga
parallelligicha qoladigan harakat, ilgarilanma harakat deyiladi.
0
Rasm 1. Ilgarilanma harakat
Muayyan sharoitda oʻlchamlarini e'tiborga olmasa ham boʻladigan jism
moddiy nuqta deyiladi.
Bir jismga nisbatan ikkinchi jismning harakati oʻrganilayotgan boʻlsa,
birinchi jism sanoq jismi, ikkinchi jism oʻrganilayotgan jism deyiladi.
Sanoq jismi, unga bogʻlangan koordinatalar sistemasi va vaqtni
oʻlchaydigan asbob birgalikda sanoq sistemasi deyiladi.
Faqat son qiymatiga ega boʻlgan kattaliklar skalyar kattaliklar deyiladi
Son qiymatidan tashqari yoʻnalishga ham ega boʻlgan kattaliklar vektor
kattaliklar deyiladi.
• Moddiy nuqta (jism)ning oʻz harakati davomida uzluksiz chizgan
chizig'iga yoki qoldirgan iziga traektoriya deyiladi.
Moddiy nuqta (jism)ning oʻz harakati davomida uzluksiz chizgan chizigʻi
yoki qoldirgan izining uzunligiga yoʻl (yoki bosib o'tilgan yo'l) deyiladi.
Traektoriya uzunligi yoʻl deyiladi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |