Ijtimoiy harakatni keng va tor ma'noda tushunish mumkin
. Keng ma'noda
ijtimoiy harakat ijtimoiy voqelikni o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan faoliyat
turi hisoblanadi. Tor ma'noda esa ijtimoiy harakat shaxs yoki ayrim ijtimoiy
guruhlarning mavjud ijtimoiy voqelikka moslashishga qaratilgan harakat tizimini
anglatadi.
Ijtimoiy harakatning shakllari ham turli-tumandir. Ijtimoiy harakatning asosiy
shakli moddiy ne'matlar ishlab chiqishiga qaratilgan xatti-harakat hisoblanadi. Boshqa
muhim ijtimoiy harakat bu insonlarning o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga
qaratilgan faoliyatidir. Ijtimoiy rivojlanish jarayonida bu faoliyat bir necha qismlarga
ajralib ketishini kuzatsa bo‘ladi. Bular sinfiy kurash ijtimoiy o‘zgarishlar, revolyutsion
harakatlar ko‘rinishida yuz beradigan harakatlardir. Bundan tashqari kishilar faoliyatida
texnik, ilmiy faoliyat kabi harakat ko‘rinishlari ham namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |