Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/359
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419158
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   359
Bog'liq
sotsiologiya (1)

IJTIMOIY HARAKAT 
«Sotsial harakat» kategoriyasi nazariy sotsiologiyaning muhim va asosiy 
tushunchalaridan biridir. Hech bir ijtimoiy tizim harakatsiz mavjud bo‘la olmaydi. 
Jamiyat hayotida yuz beradigan o‘zgarish, ya'ni ijtimoiy harakat umuman harakat 
turlarining ichidagi eng murakkabidir. Chunki bunda nafaqat ob'ektiv ijtimoiy 
qonuniyatlar, balki sub'ektiv, ya'ni insonlarga bog‘liq omillar ham mavjud bo‘ladi. Shu 
jihatdan olganda ijtimoiy harakatning o‘zi ham tizim xususiyatiga ega bo‘ladi. Uni 
to‘laligicha o‘rganish ijtimoiy harakatning turli tomonlari ijtimoiy-ruhiy, strukturali-
funksional, qadriy-normativ jihatlarini tadqiq etishni, ijtimoiy harakatni o‘rganishga 
kompleks yondashuvini talab qiladi.
Ijtimoiy harakatning falsafiy tushunchasiga nisbatan uning sotsiologik tushunchasi 
o‘rtasidagi farqni ajrata bilish zarur. Ma'lumki, falsafada ijtimoiy harakat keng ma'noda, 
ijtimoiy faoliyat sifatida tushuniladi. Sotsiologiyada ijtimoiy harakat tushunchasi 
ijtimoiy faoliyatning eng oddiy birligi sifatida talqin qilinadi. Bunda ijtimoiy 
individning hayotiy muammolarni va ziddiyatlarni hal etishga qaratilgan va boshqa 


133 
kishilarning javob xatti-harakatlari nisbatan ongli ravishda yo’naltirilgan harakati 
tushuniladi. 
Ijtimoiy harakat ijtimoiyligining asosiy belgisi - individning kishilar xatti-
harakatidagi ijtimoiy yo‘nalishlarni sub'ektiv anglashidir. 
Sub'ektning 
xatti-harakatiga 
nisbatan 
o‘zaro munosabatlarning boshqa 
qatnashchilarining javobini «kutish» tushunchasida ifodalanadi. Bunday «kutish»ni o‘z 
ichiga olmagan, harakat sotsial harakat hisoblanmaydi (masalan, behosdan qilinadigan 
harakatlar). Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy harakat — bu moddiy va ma'naviy 
ne'matlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladigan va shu orqali yangi ijtimoiy 
aloqalar, munosabatlar, institutlar yaratishga olib keluvchi harakatidir. 
Ijtimoiy harakat tushunchasini ishlab chiqishga g‘arb sotsiologiyasida katta e'tibor 
berilgan. Ijtimoiy harakat nazariyasi kishilarning jamiyatdagi o‘zaro aloqalari va 
munosabatlari majmuini izohlash imkonini beradigan maxsus ijtimoiy omilni 
qidirishdan boshlangan. «Ijtimoiy harakat» tushunchasini izohlash uchun dastlabki 
bosqich sifatida harakatning ideal holatini olib ko‘rish zarur. Bu holda harakat maqsadi 
va harakat qiluvchining maqsadi bir-biridan ajratilmaydi. Buni maqsadli-ratsional 
harakat tushunchasi bilan izohlash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, «maqsadli 
ratsional harakat» tushunchasi individlarning ijtimoiy harakatlarini o‘rganish metodi 
sifatida qaraladi. Bu tushuncha orqali jamiyatni o‘rganishda xalq, jamiyat, davlat, 
iqtisod va boshqa tushunchalar mohiyati ochib beriladi. Individning o‘zi esa qandaydir 
ijtimoiy organizmning hujayrasi sifatida qaralmaydi. Harakatni uning mazmunidan, 
onglilikdan mahrum etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy harakatning zamonaviy sotsiologik 
modeliga ko‘ra onglilik bunday harakatning zaruriy sharti hisoblanadi Umumiy bir 
yaxlitlik emas, balki alohida individga tayanish talab etiladi. Biz individ xatti-harakatini 
tushunamiz, lekin hujayraning xatti-harakatini tushunmaymiz. Shu kabi xalqning 
harakatini tushunmaymiz, lekin xalqni tashkil qiluvchi individlarning xatti-harakatini 
tushunamiz. Sotsiologiyaning vazifasi-harakat turlarini tushunarli harakat ko‘rinishiga 
keltirish, yakka individlarning harakatini o‘rganish. Individual maqsadli-ratsional 
harakat ideal tip sifatida inson harakatiga onglilik ruhini beradi. Sotsiologiya ijtimoiy 
harakatni tushunishga, uning sabablarini va oqibatlarini ham izohlashga urinadi, bunda 
u alohida individ yoki individlar guruhining xatti-harakatini o‘z tadqiqotlarida 
boshlangich atom sifatida oladi. Sotsiologiya ma'lum bir mazmunga ega bo‘lgan 
harakatgina qiziqtiradi. Ijtimoiy harakatni o‘rganayotganda biz nimaga asosiy e'tiborni 
qaratishimiz harakat ma'nosigami yoki harakat qiluvchigami? Masalan, bozorda bir 
odam biror narsa xarid qilayotganini ko‘rsak biz uni o‘zi uchun olayapti, sovg‘a uchun 
olayapti, kimningdir iltimosini bajaryapti va shu kabi ko‘plab xulosalar chiqarishimiz 
mumkin. Shunday tarzda fikrlashdan ko‘rinib turibdiki, harakat ma'nosini tushunishga 
intilyapmiz, lekin buning yordamida harakat qilayotgan individni ham tushunsa bo‘ladi. 
Agar sotsiologiya individning o‘zini tushunishga ko‘p e'tibor berganda, ko‘p 
qiyinchiliklar yuzaga kelgan bo‘lardi. 
Chunki individ uchun har qanday harakat nimaningdir belgisi sifatida namoyon 
bo‘ladi. Aslida esa butunlay teskarisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda ko‘pgina hollarda 
individ tasavvurga ega bo‘lmaydi, bo‘lganda ham yashirishga harakat qiladi, ko‘proq 
harakat ma'nosi qiziqishiga molikdir. Hozirda sotsiologiya fanida ijtimoiy harakatning 
to‘rt xili ajratib ko‘rsatiladi, bular: maqsadli-oqilona, qadriyatli-oqilona, affektiv va 
an'anaviy.


134 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish