1-savol
hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi.
O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga
alohida urg’u berishga e’tiborni haratadi. Hikoya hisha (5-10 daqiqa), shu bilan birga
o’quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg’otishi kerak. Bu holat hikoyani
boshqa ta’lim metodlari (xususan, namoyish yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan
birga solishtirganda ro’y berishi mumkin.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo’lib, u fanga qadimdan
ma’lum, xatto undan o’z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida
ko’p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni
shakllantiradi)
bajaradi,
ammo asosiysi o’quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o’qituvchi
fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat - faoliyatini endigina boshlagan o’qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi
hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko’p vaqt talab
etadi, uni tashkil etishda esa barcha o’quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O’qituvchi
oddiy savollar berishi, o’quvchilarga ular yuzasidan batafsil o’ylash uchun vaqt ajratishi,
o’quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o’rinlarda ularni sharhlashi lozim.
SHu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo’l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat
o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida
tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv
shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat ko’proq o’quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish
va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o’zlashtirilgan bilimlarni tashhislashda ijobiy
natijalarni beradi. Suhbat turli ko’rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat
tarzida tashkil etiladi. Kirish suhbati o’quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil
etishdan ko’zlangan maqsad hal etilishi zarur bo’lgan ishlar mohiyatining o’quvchilar tomonidan
anglab yetilganligini tekshirib ko’rishdan iborat. Bunday suhbatlar o’quvchilarning o’quv
salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda yangi bilimlarni
o’zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi. Yakuniy suhbat o’quvchilar tomonidan egallangan
bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Katexizism (qisqa
bayonli) suhbat - o’quvchilarning boshlang’ich bilim darajasi hamda ularning yangi o’quv
metodikasini o’zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali o’qituvchilar tomonidan dars
avvalida yohud o’rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars so’nggida qo’llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo’naltiriladi. Bunda
savollar shunday ketma-ketlikda
berilishi zarurki,
natijada ularga «ha» yoki «yo’q» tarzidagi
javoblarni olish emas, aksincha, o’quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga
kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati
yaratilsin.
Demak, evristik suhbat jarayonida o’quvchilar bilimlarni o’zlarining tirishqoqliklari va
mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o’zlashtira olsinlar.
Tushuntirish o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida
bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo’llaniladi. Undan odatda nazariy
materiallar hamda murakkab masalalarni o’rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida
o’quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko’zga tashlanadi va shu asosda materialning
mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko’p hollarda o’qituvchining ko’rgazmali
vositalardan oqilona foydalanishiga bog’liq bo’ladi. Ma’ruza - yirik hajmdagi o’quv materialini
og’zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy
mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko’pligi, bilimlar bayonining tizimliligi.
Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, ob’ektlar, jarayonlar, ularning
sababli-oqibatli bog’lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab
sharoitida yuqori sinflardagina qo’llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi
mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga
keladi va bir vaqida o’quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o’rgata boradi.
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat:
o’qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining tuzilishi;
rejadan o’quvchilarni xabardor etish, ularni ma’ruza mavzusining maqsadi va
vazifalari bilan tanishtirish;
rejada aks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etilishi;
rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashma
asosida
xulosalanishi;
ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o’tishda ular o’rtasidagi mantiqiy
aloqalarning o’rnatilishini ta’minlash;
bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi;
jonli til, o’z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish;
auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o’quvchilarning aqliy faoliyatlarini
mohirlik bilan boshharish;
ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;
ma’ruzaning asosiy qismlarini o’quvchilar tomonidan qayd etib (yozib) borilishiga
imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;
zarur (yozib olinadigan) o’rinlarni oldindan ajratib qo’yish;
o’rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida qabul qilish va ularning mohiyatini
aniqlashtirish maqsadida ko’rgazmalar (namoyish, illyustratsiya, videofilm va
boshqalar)dan foydalanish;
alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani seminar, amaliy
mashg’ulotlar bilan uyg’unlashtirish.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko’rgazmali metodlar ham alohida
ahamiyatga ega.
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko’rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga
muvofiq ekanligida ko’rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko’rishni, faqat 3 foizigina
eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo’nalishda olib borilgan
tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo’ladiki, shaxs tomonidan o’zlashtirilayotgan bilimlarning 86
foizi ko’rish retseptorlari yordamida o’zlashtiriladi. Demak, o’zbek xalqi tomonidan ko’p bora
qo’llaniladigan «Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan.
Namoyish metodi o’rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib berishda qo’l keladi
va ayni chog’da predmetning tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi haqida to’laqonli ma’lumot
berishda keng qo’llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko’rinishi
(shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o’zaro munosabatlari)ga e’tibor haratiladi,
so’ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o’rganishga o’tiladi. Ko’rsatish ko’p
holatlarda o’rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar
namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o’qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko’rsatib
berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish
osonlashadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko’proq
didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin
bo’lavermaydi. SHu bois o’qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga
murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog’ida, turli o’simliklar bilan esa
issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan ob’ektlar (maket, model, mulyaj, skelet
va boshqalar)dan foydalaniladi.
Bu metod yordamida o’qituvchi o’quvchilarni mustaqil ravishda ob’ektlarni o’rganish,
zaruriy o’lchov
ishlarini olib borish,
aloqadorlikni o’rnatish, shuningdek, hodisalarning
mohiyatini anglab yetishga bir so’z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo’naltirishi lozim.
Namoyish samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o’quvchilarning
yoshiga mos holda to’g’ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish
etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo’naltirishiga bog’liqdir. Tasvir (illyustratsiya)
metodi namoyish metodiga chambarchas bog’liq bo’lsada, didaktikada alohida o’rganiladi.
Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko’rinishlari - chizma, port, rasm,
fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko’rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va tasvir metodlari o’zaro bog’liqlikda bir-birini to’ldirgan holda qo’llaniladi.
Agar hodisa va jarayonni o’quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo’lsa namoyishdan
foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o’rtasidagi bog’lanishlarni anglash talab
etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Tasvirning samarasi ko’pincha o’qituvchi tomonidan ko’rsatuv texnologiyasi qay
darajada o’zlashtirilganligiga bog’liq bo’ladi. Ko’rsatmalardan foydalanishning bilish
jarayonidagi didaktik ahamiyati o’rganilayotgan ob’ekt mohiyatini to’laqonli yorita olishi bilan
belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o’rinlarda kerakli
hajmda ko’rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o’quvchilarni hodisa mohiyatini
anglashda chalg’itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’ektlar va
boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to’g’ri keladi.
Ko’rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun quyidagi
shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
ko’rgazmalilikning o’quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;
namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishi;
namoyishda uning boshlang’ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi;
tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko’rsatish
asosida tashkil etilishi;
namoyish va illyustratsiya o’quv materialining mazmuni bilan uyg’un bo’la olishi lozim.
Amaliy ishlar metodlari o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida
ularda amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Amaliy ishlar metodi - o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga
yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash
ko’nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab yer maydoni,
issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan
harakatlar o’qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo’riqnoma yoki maxsus
ko’rsatmani o’quvchilar e’tiboriga havola etadi. Qayd etilganidek, ushbu metodlar o’quvchilarda
amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat
jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo’ladi.
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko’nikmalarini egallash
yo’lidagi ko’p marta takrorlanishlar bo’lib, mashqsiz ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish
mumkin emas. Mashqlar og’zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash),
ijtimoiy-
foydali,
jismoniy
va
boshqa
turlarga
bo’linadi.
Yozma mashqlar - ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko’nikma va malakalarni
shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo’llaniladi. Diktant, insho, masala, misol,
shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o’xshash jihatlarga ega bo’lib, ulardan asosan texnik
jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik
ta’lim)da keng ko’lamda foydalaniladi.
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda birmuncha yuqori
bo’ladi:
mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish;
bajarish qoidasini bilish;
vaqt bo’yicha takrorlanishning to’g’ri taqsimlanishi.
o’qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini
Ma
shqni
bajar
ishni
ta
shkil
e
tish
quy
idagi
bosqichl
ardan
i
borat:
tushuntirishi;
topshiriqni
bajarish
ketma-ketligini
ko’rsatishi;
o’qituvchi nazorati ostida o’quvchilar tomonidan o’quv harakatining dastlabki bajarilishi;
zarur ko’nikma va malakalar shakllangunicha o’quv harakatlarning ko’p bora
takrorlanishi.
Ayrim holatlarda o’quvchilar ovoz chiharib o’quv harakatlarini takrorlashlari va
bajarishlari lozim bo’ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan harakatlarning
mohiyatini anglagan holda ko’nikma va malakalarni egallashga imkon beradi.
Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy
qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o’tkazish metodlari bo’lib, ular ko’proq tabiiy fanlar
asoslarini o’rganishda qo’llaniladi. Bu metod o’quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko’rish,
o’lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko’nikmalarini
tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar,
shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi.
Biroq bu harakatlar o’quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba
va o’lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.
Laboratoriyadan amaliy
ishlarning farqi shundaki,
bu metod o’quvchilarning mavjud
nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo’naltirilgan faoliyatini tashkil etishga
xizmat qiladi. U o’quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish
hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko’nikmalarini shakllantirish kabi
funktsiyalarni bajaradi.
Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh bosqichda tashkil
etiladi:
1.
O’qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash bosqichi.
2.
Ko’rsatma, yo’l- yo’riq berish bosqichi.
3.
Sinov bosqichi (bu bosqichda ikki-uch nafar o’quvchi amaliy harakatlarni bajaradi,
qolgan o’qiuvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi).
4.
Faoliyat (harakat)ni bajarish (har bir o’quvchi topshiriqni mustaqil ravishda bajaradi, ayni
o’rinda topshiriqni bajarishga qiylanalgan o’quvchilarga alohida e’tibor haratilib,
ularga yordam ko’rsatiladi).
5.
Nazorat bosqichi (bu bosqichda o’quvchilarning ishlari qabul qilinadi va
baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqt nutqai
nazardan tezkorlik, topshiriqni bajarish tizimining to’g’riligi va samaradorligi kabi
holatlarga alohida e’tibor beriladi).
Zamonaviy ta’lim tizimida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar
negizida amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik o’yinlardan foydalanishga
alohida e’tibor
haratilmoqda.
Didaktik o’yin o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida
o’quvchining bilishga bo’lgan qiziqishi va faollik darajasini rag’batlantiruvchi o’quv faoliyati
turi. Ayni vaqtda o’yin ham ijtimoiy faoliyat ko’rinishi sanaladi. Hozirgi vaqtda o’qituvchilar
qo’lida barcha o’quv fanlari bo’yicha didaktik o’yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa,
boshlang’ich ta’lim bo’yicha yaratilgan o’quv dasturlarda turli didaktik o’yinlarning ro’yxati
yetarli darajada ko’rsatilgan.
Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va yo’nalishi
jihatidan xilma-xil bo’lgan kompyuter o’yinlarining maktab amaliyotiga jadal kirib kelishini
ta’minlamoqda. Didaktik o’yinlar o’quvchilarga ijtimoiy-foydali mehnat hamda o’qish
ko’nikmalarini faol o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning ahamiyati
uning natijasi bilan emas, balki jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi.
O’yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning
turli psixologik zo’riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o’yinlardan foydalanilganda
o’quvchilarning manfaatdor bo’lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan taqdirdagina ularni
taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil
etilgan o’yin ijobiy natija bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |