Ta'lim vositalari
1.
Ta'limning tehnik vositalari
2.
Yordamchi
ta'lim
vositalari
3.O’quv-
uslubiy materiallar
l.
Ta'limning tehnik vositalari
Diaproektor
Doska-bloknot
Doska-stend
Videofilmlar
Grafoproektor
2.
Yordamchi
ta'lim
vositalari
Model,mulyajlar
Grafik,
diagrammlar
Namunalar
Chizma, shema va boshq.
3.O'quv-uslubiy materiallar Ish varaqasi
Nazorat varag'i Matnlar
Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar:
Maqsadni belgilash;
O’quv ahborot mazmuni;
Ta'lim vositalari;
Etakchi bilim manbai;
O’quv materialining yangiligi va murakkabligi.
3-savolga
Bugungi kunda «Elektron kutubxona», «Elektron katalog» tushunchalariga tez-tez duch
kelmoqdamiz. Axborot-resurs markazining elektron kutubxonasi, elektron katalogi tushunchalari,
ba’zan bilib, ko‘p hollarda esa bu tushunchalarning ma’nosini anglab yetmasdan ishlatilmoqda.
Elektron kutubxona (EK) qanday yaratilishi kerak? Matnlar muharririda yozilib, alohida
papkalarga joylangan fayllar to‘plami yoki mualliflik huquqiga rioya qilmasdan, adabiyotlarni
skanerlash orqali jamlab, biror-bir «Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi» dan foydalanib,
«axborot qidirish tizimi» yaratish bilan elektron kutubxona yaratdik deb da’vo qilish,
shuningdek, ko‘pchilik axborot-resurs markazlarida adabiyotlarni skanerlash orqali ularni
elektron shaklga o‘tkazishni va oddiy klassifikatsiyalash (alohida papkalarga joylashtirish) orqali
elektron kutubxona yaratdik deb o‘ylash to‘g‘rimikan?
Darhaqaqat, elektron kutubxonaga mazkur sohaning klassiklari qanday ta’rif berganlar?
Bugungi kunda O‘zbekistonda dong‘i ketgan va axborot-resurs markazlarining unga ulanishi
qat’iy tavsiya etilayotgan «Portal» mualliflari ham ba’zida «elektron kutubxona» yaratdik deb
da’vo qilmoqdalar. Aslida, bu «portal» oradan bir necha yil o‘tgach, o‘zining ma’lumotlar
bazasidagi axborotlarni qidirib topishga juda qiynalib qoladi. Chunki elektron kutubxona yaratish
talablari (masalan, ma’lumotlarni saqlash va uzatishga mo‘ljallangan MARC formatlar va Dublin
Core metama’lumotlari) inkor etilganda yaratilgan ma’lumotlar bazasining samarasi juda past
bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlardagi kutubxonachilik ishi tajribasi bu fikrni tasdiqlaydi.
ARMning spravka-bibliografik apparati (SBA) spravka va bibliografik nashrlar fondi,
katalog va kartochkalar sistemasi, bajarilgan spravkalar fondi (arxivi)dan iborat bo‘ladi. U
matbuot asarlari va boshqa hujjatlarni targ‘ib qilish va o‘qishga maqsadga muvofiq rahbarlik
qilish hamda kerakli axborotlarni tezlikda qidirib topishga ko‘maklashishga mo‘ljallangan.
Elektron kutubxonaning spravka bibliografik apparati nimalardan iborat? Elektron kutubxona
yaratildi deb da’vo qiluvchilarning ko‘pchiligida SBA to‘g‘risida tushuncha bo‘lmasa kerak.
Elektron katalogi bo‘lmagan elektron kutubxonada kerakli adabiyotlarni qidirish samarasi o‘ta
past darajada bo‘ladi. Shu sababli ham elektron kutubxona yaratishda uning elektron katalogini
xalqaro talablarni qanoatlantiradigan darajada shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Elektron kutubxonaga berilgan ba’zi bir ta’riflarni eslab o‘taylik: F. S. Voroyskiy EK’ga
quyidagi ta’rifni bergan. Elektron kutubxona — bu fondida elektron shakldagi axborotlarni
saqlaydigan va ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan maskandir.
Kennet Doulin esa bu borada o‘zining 1984-yili e’lon qilingan «Elektron kutubxona»
nomli
kitobida
quyidagicha
ta’rif
bergan:
•
resurslarni
kompyuter
orqali
boshqarish;
•
axborot ta’minotchisini axborot iste’molchisi bilan elektron kanallar orqali
bog‘lash qobiliyati;
•
zarur hollarda xodimlarni elektron jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;
•
elektron vositalardan foydalanib, axborotlarni saqlash, ishlov berish va
iste’molchilarga uzatish qobiliyati.
1991-yili Buyuk Britaniyada «Elektron kutubxona» dasturining ishga tushirilishi
munosabati bilan unga dastlab «Kutubxona, agar uning fondidagi hujjatlarning katta qismi
elektron shaklga o‘tkazilgan bo‘lsa elektron kutubxona deyiladi» degan ta’rif berilgan. Bu
ta’rifdan ko‘rinadiki, to‘liq avtomatlashtirilgan kutubxona «elektron kutubxona» bo‘lishi mumkin
ekan.
AQSH Massachuset universitetidan Vilyam Adams o‘zining kitobida EKga «Servislarga
mos axborotlarning boshqariladigan kollektsiyasi, bunda axborot raqamli shaklda saqlanadi va
unga kirish tarmoq orqali amalga oshiriladi» — degan ta’rif bergan.
Ya.L. Shrayber elektron kutubxonaga quyidagicha ta’rif bergan, «Elektron kutubxona —
bu strukturalashtirish va kirishning umumiy ideologiyasi asosida birlashtirilgan lokal yoki global
elektron resurslardir».
Axborot-resurs markazida (ARM) elektron kutubxona yaratish uchun ishni nimadan
boshlash kerak? ARM fondidagi adabiyotlarni skanerlash orqali ularni elektron shaklga o‘tkazish
bilan elektron kutubxona yaratiladimi? Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi va elektron
kutubxona orasida qanday farq bor? Ma’lumotlarni saqlash va uzatishga mo‘ljallangan qanday
format va standartlardan foydalanish kerak?
Quyida mana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz. Dastlab skanerlangan
adabiyotlarni qanday formatlarda saqlanishini ko‘rib chiqaylik. Adabiyotlarni elektron shaklga
o‘tkazishda ARM’larning ko‘pchiligi oddiy offis skanerlaridan foydalanishmoqda. Turli
o‘lchamdagi hujjatlarni avtomatlashtirilgan holda skanerlashga mo‘ljallangan skanerlar juda
qimmat bo‘lganligi sababli ARM’larda ularni sotib olishga moliyaviy imkoniyatlar etarli emas.
Kitob bibliografik tavsifi yozilgan kartochkani (rangli, 300 dpi) kompyuter xotirasida saqlash
uchun TIFF — 3, 79 Megabayt, JPEG — 187 Kilobayt, PDF — 95 Kilobayt (matn bilan birga),
DjVu — 7,5 Kilobayt (matn bilan birga) xotirani egallaydi. Bu yerdan ko‘rinadiki DjVu formati
PDF formatiga qaraganda 10 marta, JPEG formatiga qaraganda 20 marotaba kam xotira egallar
ekan. Demak, elektron kutubxona yaratishda hujjatlarni faqatgina skanerlash emas, balki
skanerlangan materialni saqlashda qaysi formatdan foydalanishni ham bilish kerak ekan. Afsuski,
ko‘pchilik hollarda bunga e’tibor berilmayapti.
Axborot-resurs markazida elektron kutubxona yaratish uchun ishni nimadan boshlash
kerak?
1.
Axborot-resurs markaziy yetarli miqdorda kompyuterlar sotib oladi. ARMda ichki
tarmoq yaratiladi. ARM xodimlarining barchasi kompyuter dasturlaridan foydalanishga
o‘rgatiladi. ARM kompyuterlari Internet tarmog‘iga ulanadi. ARM xodimlari Internetdan axborot
qidirish, elektron katalogdan (Internetning elektron bibliografik resurslaridan) foydalanishga
o‘rgatiladi.
2.
ARMdagi asosiy axborot jarayonlari (axborotlarni yig‘ish, saqlash,
ishlov berish, qidirish va uzatish) avtomatlashtirish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturiy vosita
(avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi) (AKAT) sotib olinadi va tatbiq etiladi. AKAT
sotib olish bilan cheklanib qolmay, balki ARM xodimlarini undan foydalanishga o‘rgatish ham
kerak bo‘ladi. ARMda AKAT’ning tatbiq qilinishi ARM fondini ochib beruvchi elektron katalog
yaratilishiga olib keladi. Kitob berish, qaytarib olish, «qarzdorlarni» aniqlash, kutubxona
statistikasini yuritish, kitobxonlarga masofadan xizmat ko‘rsatish kabi bir qator jarayonlar
avtomatlashtirilgan tarzda
kompyuterlar
yordamida
bajariladi.
3.
ARM fondini elektron katalog yordamida ochib berish imkoniyati yaratilgach,
kitobxonlarning ehtiyojlarini o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi. ARM statistikasini
AKAT orqali olib borish qaysi adabiyotlarning ko‘proq o‘qilayotganligi, qaysi adabiyotlarga
ehtiyoj ko‘pligini aniq aytish imkoniyati tug‘iladi. Shunday qilib, ARM fondidagi adabiyotlarni
elektron shaklga o‘tkazishda kitobxonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ish tutishga sharoit
yaratiladi. ARM maxsus skaner sotib oladi va kerakli adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkaza
boshlaydi. Ayni paytda AKAT elektron katalogidagi bibliografik tavsifga kitobning to‘liq matni
bog‘lanadi.
Shunday qilib, ARMning AKAT bazasida elektron kutubxona yaratila boshlanadi.
Elektron katalogsiz «elektron kutubxona» yaratish maqsadga muvofiq emas. Masalan,
Internetning biror-bir qidiruv mashinasiga «Informatika» so‘zi ishtirok etgan adabiyotni qidirish
farmoyishini berib ko‘ring. 7 000 000 dan ko‘p axborotga ega bo‘lasiz. Bunday katta axborotlar
oqimidan o‘zingizga keraklisini topa olasizmi? Vaqtingiz yetarmikan? Elektron kutubxona uchun
elektron katalog qidirish samarasini oshirish uchun kerak bo‘ladi.
Virtual kutubxona qanday yaratiladi? Ko‘pincha kompyuterlashtirilgan kutubxona,
avtomatlashtirilgan kutubxona, raqamli kutubxona, elektron kutubxona, virtual kutubxona
tushunchalarini aralash holda ishlatishning guvohi bo‘lamiz. Virtual kutubxona bu elektron
kutubxonalar majmuining axborot-kommunikatsiya vositalari orqali birlashtirishdan hosil
bo‘ladi. Tarmoq orqali ixtiyoriy elektron kutubxonadan foydalanish virtual kutubxonadan
foydalanish bo‘ladi. Shunday qilib, ARM’da elektron kutubxona yaratish bosqichlari
quyidagicha:
1.
Kompyuterlashtirilgan
kutubxona.
2.
Avtomatlashtirilgan
kutubxona.
3.
Elektron
(raqamli)
kutubxona.
4.
Virtual
kutubxona.
5.
Elektron kutubxonaning elektron katalogi.
Elektron katalog elektron kutubxonaning asosiy elementi hisoblanadi. Elektron katalogi
bo‘lmagan «elektron kutubxonani» elektron kollektsiya» ham deb atash mumkin. Elektron
kutubxona fondi elektron shakldagi resurslardan iborat bo‘lgani sababli elektron resurslar
tavsifini tuzishga mo‘ljallangan «Dublin yadrosi» metama’lumotlaridan foydalanish maqsadga
muvofiq.
Ma’lumki an’anaviy kutubxona katalogi kutubxona fondidan alohida joyda saqlanadi va
katalog kitoblar fondini kitobxonga ochib berishga xizmat qiladi. Kitobxon katalogdan
foydalanishi uchun kutubxonaga borishi kerak. Elektron kutubxonaning elektron katalogining har
bir elektron kartochkasi elektron kutubxonadagi har bir hujjatga bog‘langan bo‘ladi va unga
masofadan kirish mumkin. Demak, elektron kutubxonaning elektron katalogi elektron kutubxona
fondidagi elektron resurslar tavsifini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
Rivojlangan mamlakatlar kutubxonachilik ishida elektron resurslar tavsifini yaratishda
«Dublin yadrosi» metama’lumotlaridan foydalaniladi (1-rasm). Internet resurslarini ham mazkur
metama’lumotlardan foydalanib yaratish, ularni tarmoqda qidirish imkoniyatini kengaytiradi va
Internetning cheksiz axborotlar ummonidan keraklisini topishda muhim omillardan biri
hisoblanadi. Shu tufayli ham rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida «Dublin yadrosi»
metama’lumotlari elektron resurslar tavsifini yaratishda qo‘llaniladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ARM, AKM va kutubxonalarga tatbiq
qilinishi elektron kutubxonalarning rivojlanishiga olib kelar ekan, O‘zbekiston kutubxonachilik
ishida ham bu boradagi jahon tajribasini o‘rganish, xalqaro standartlardan foydalanib, jahon
axborot fazosiga chiqishni dolzarb vazifalar qatoriga qo‘yadi, zero ilg‘or tajribalarni chuqur
o‘rganmay yaratilgan elektron kutubxonaning samarasi kutilgan natijani bermaydi.
2-savol
Fanning funksiyalari quyidagilar:
Haqiqiy bilimni yaratish funksiyasi fan binosini quruvchi asosiy funksiya hisoblanadi. U
kichik funksiyalar: tavsiflash, tushuntirish, prognoz qilishga boʼlinadi. Fanning asosiy maqsadi
doim obyektiv bilimlarni yaratish va tizimga solish bilan bogʼliq, shu bois, fanning zaruriy
funksiyalari tarkibiga borliq jarayonlari va hodisalarini fanda kashf yetilgan qonunlar asosida
tavsiflash, tushuntirish va bashorat qilish kiritilgan.
Fanning loyihalash-konstruksiyalash funksiyasi borliqni amalda oʼzgartirish bosqichidan
oldin keladi va har qanday darajadagi intellektual izlanishning ajralmas qismi hisoblanadi.
Loyihalash-konstruksiyalash funksiyasi mutlaqo yangi texnologiyalarni yaratish bilan bogʼliq
boʼlib, bu bizning davrimizda oʼta muhim ahamiyat kasb yetadi . (Inson qoʼli bilan yaratilgan
binolar, koʼpriklar inshootlar va shuningdek barcha tabiatni oʼzgartirishga yoʼnalgan faoliyat
birligi shu funksiyada oʼz ifodasini topadi).
Fanning madaniy-texnologik funksiyasi insonning materialga ishlov berish, uni
oʼzlashtirish va bilish jarayoniga jalb qilish bilan bogʼliqdir. (Insonning pragmatik yehtiyojlariga
javob beruvchi texnika va texnologiyalarning yaratilishi, tikish va kir yuvish mashinalari,
aravalar oʼrnida yaratilgan avtomobillar, qayiqlar oʼrnida yaratilgan kemalar va h.k).
Fanning madaniy-texnologik funksiyasi oʼzining protsessualligi bilan kuchli. U avvalo
insonni faoliyat va bilish subyekti sifatida shakllantirishni nazarda tutadi. Individual bilishning
oʼzi faqat madaniyatda qabul qilingan va mavjud boʼlgan madaniylashtirilgan, ijtimoiy shakllarda
amalga oshiriladi. Individga bilish vositalari va usullari tayyor holda taqdim yetiladi. Individ ular
bilan ijtimoiylashuv jarayonida tanishadi. Tarixan u yoki bu davrning kishilik jamiyati doimo
borliqni oʼrganishning umumiy leksik vositalariga ham, umumiy vositalarga ham, maxsus
tushunchalar va taomillarga ham yega boʼlgan. Ilmiy bilim hayotga chuqur kirib, odamlar ongi va
dunyoqarashini shakllantirishning muhim negizini tashkil yetib, shaxsning shakllanishi yuz
beruvchi ijtimoiy muhitning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.
Fanning ijtimoiy tartibga solish funksiyasi jamiyat yehtiyojlariga taʼsir koʼrsatadi, oqilona
boshqarishning zaruriy shartiga aylanadi. Har qanday yangilik dalillar bilan ilmiy asoslashni talab
qiladi. Fanni ijtimoiy tartibga solish funksiyasi muayyan jamiyatda shakllangan taʼlim va tarbiya
tizimi, tadqiqotchilik faoliyati va fan yetosiga jamiyat aʼzolarini jalb qilish orqali amalga
oshiriladi. (taʼlim tizimidagi islohotlar misolida tushuntiriladi). Fanni olimlar hamjamiyati
rivojlantiradi. Shu sababli fan muayyan ijtimoiy va kasbiy tashkilotga, rivojlangan
kommunikatsiyalar tizimiga yega boʼladi. Frensis Bekon oʼz davrida shunday deb qayd yetgan
yedi: «Fanning takomillashuvini biron-bir odamning qobiliyati yoki uddaburonligidan yemas,
balki bir-birining oʼrniga keluvchi koʼplab avlodlarning izchil faoliyatidan kutish lozim».
Olim – doim u yoki bu ijtimoiy-madaniy muhit vakili. Mavjud ilmiy-ijodiy
imkoniyatlarga butun ijtimoiy-madaniy maydonning taʼsiri fanning «soflik» darajasini koʼrsatadi.
Fanda haqiqatni izlash, tanqid, bahs, munozara qoʼllab-quvvatlanadi. Olim oʼzining
kasbiy mahoratini maqolalar, asarlar yeʼlon qilish, ilmiy davralarda maʼruzalar bilan chiqish,
fanga doir malakaviy talablarga javob berish orqali muttasil tasdiqlaydi va koʼpincha oʼz
opponentlari-hamkasblari bilan ham, jamoatchilik fikri bilan ham murakkab munosabatlarga
kirishadi.
Olim faoliyatining yeʼtirof yetilishi unga ilmiy daraja va unvonlar berilishi bilan bogʼliq.
Fanda yeng nufuzli mukofot Nobel mukofoti hisoblanadi. Аlbatta, shaxsning ijodiy imkoniyatlari
roʼyobga chiqmasligi yoki ijtimoiy tizim bunga imkoniyat bermasligi ham mumkin. Biroq ixtiro
qilish, biror yangi narsani kashf yetishga jamiyat yemas, balki faqat teran aql va zarur bilimlarga
yega boʼlgan individgina qodirdir.
Fanning bunyodkor kuch funksiyasi jamiyatning iqtisodiy yehtiyojlarini qondirish uchun
oʼz imkoniyatlarini bevosita roʼyobga chiqaradi. Bunda fan xoʼjalik - madaniy rivojlanishining
muhim omili sifatida amal qiladi. XVIII-XIX asrlardagi sanoat toʼntarishi natijasida yuzaga
kelgan yirik mashinali ishlab chiqarish fanning bevosita bunyodkor kuchga aylanishi uchun
moddiy negiz boʼlib xizmat qildi, har bir yangi kashfiyot ixtiro uchun asosga aylanadi. Ishlab
chiqarishning rang-barang tarmoqlari fanning turli tarmoqlari maʼlumotlarining bevosita
texnologik qoʼllanilishi sifatida rivojlana boshlamoqda. Bu tarmoqlarga tijorat keng kirib
kelmoqda. Boshqa yerkin kasblardan farqli oʼlaroq, fan bir lahzada iqtisodiy foyda keltirmaydi va
bevosita naf koʼrish bilan toʼgʼridan-toʼgʼri bogʼliq yemas, shu sababli tirikchilik uchun
mablagʼlar topish muammosi olim uchun har doim juda muhim boʼlgan. Hozirgi zamon fanining
rivojlanishiga koʼp miqdorda mablagʼlar kiritish va bunda ular oʼzini tez oqlashiga umid
qilmaslik talab yetiladi.
Fanning siyosiy funksiyasi jamiyatning mafkuraviy yehtiyojlariga javob berishda amal
qiladi. Markscha mafkura fanni toʼla va yalpi nazorat qilgani, kibernetika, genetika, matematik
mantiq va kvant nazariyasiga qarshi kurash olib borgani XX asr fani tarixidan yaxshi maʼlum.
Markscha fan rivojlanishining bu jihatiga baho berar yekan, Ye.Аgassi shunday xulosa chiqaradi:
«Mafkura fanni unga mafkuraviy fikrlashga nisbatan ustunlikni taʼminlagan obyektiv bilimdan
mahrum yetishga harakat qildi... Markschilar fan, ayniqsa ilmiy faoliyat amaliy sohalarda va
hokimiyat bilan munosabatlarda (pragmatik daraja) ijtimoiy jabhaga bogʼliq yekanligini qayd
yetardilar, bundan tashqari, fanni texnologiya bilan tenglashtirishga moyil yedilar» .
Fan jamiyatning asosiy mafkuraviy moʼljallarini qoʼllab-quvvatlash, mavjud hokimiyat va
mafkura oʼzining imtiyozli mavqeini saqlashiga yordam beruvchi intellektual dalillar va amaliy
vositalar taqdim yetishga doimo majburdir. Bu jihatdan fan mafkuradan «ruhlanishi», uni oʼzida
mujassamlashtirishi lozim. T. Kun taʼbiri bilan aytganda, «olimlar boshqotirmalarni yechishni
oʼrganadilar va buning orqasida katta mafkura turadi» . Shu sababli fanning betarafligi haqidagi
xulosa doimo qizgʼin munozaraga sabab boʼladi.
Mafkurani oʼzlashtirish ongsiz darajada, birlamchi ijtimoiylashuv jarayonida yuz beradi,
shu sababli fan, garchi u har qanday mafkuradan butunlay holi boʼlishga harakat qilsa-da,
mafkura taʼsiridan hech qachon toʼla xalos boʼla olmaydi. Mafkuraning xususiyatlari qatoriga
mafkurachilar uning haqiqatni ataylab buzib koʼrsatishi, dogmatizm, murosasizlik,
falsifikatsiyalanmaslikni kiritadilar. Fan yesa mutlaqo qarama-qarshi tamoyillarga amal qiladi: u
borliqni aniq va toʼgʼri aks yettirishga harakat qiladi, raqobatdosh nazariyalar bilan koʼpincha
murosaga keladi, hech qachon yerishilgan natija bilan kifoyalanmaydi va falsifikatsiyalanishga
moyildir.
Mafkuraning fanga munosabati quyidagi modellarda amal qiladi:
1) qoralash;
2) befarqlik (u yoki bu fan oʼz holicha rivojlanishiga yoʼl qoʼyib beradi);
3) rahnamolik va yekspluatatsiya qilish. Bunda muayyan yoʼnalishlarni rivojlantirish,
rivojlanish jarayonini sekinlashtirish yoki toʼxtatishga qaratilgan mexanizmlar ishga solinadi.
Fanning ijtimoiy funksiyasi fan metodlari va uning maʼlumotlaridan ijtimoiy va iqtisodiy
rivojlanishning keng koʼlamli rejalarini tuzish uchun foydalanilishida namoyon boʼladi. Fan
oʼzini ijtimoiy kuch funksiyasida davrimizning olamshumul muammolarini (tabiiy resurslarning
kamayishi, atmosferaning ifloslanishi, yekologik xavf miqyosini aniqlash) hal qilish chogʼida
namoyon yetadi. Oʼzining bu funksiyasida fan ijtimoiy boshqaruv bilan bogʼlanadi.
Jamiyat muttasil taʼsirining sezilishi bugungi kunda fan «ijtimoiy buyurtma»ni bajarishga
majburligi bilangina izohlanmaydi. Texnologik ishlovlarning qoʼllanish oqibatlari uchun katta
axloqiy masʼuliyat har doim olim zimmasiga yuklanadi. Аniq fanlarga nisbatan maxfiylik
xususiyati juda muhim ahamiyat kasb yetadi. Bu, xususan, harbiy sanoat sohasida maxsus
buyurtmalarni bajarish bilan bogʼliq. Darhaqiqat, shunday texnologiyalar mavjudki, insoniyat
uchun ulardan foydalanish oʼziga oʼzi ziyon yetkazish yoki oʼzini oʼzi qirgʼin qilish bilan
barobar.
Fanni belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillar ilmiy tadqiqot kontekstiga tarixiy va
ijtimoiy ong haqidagi tasavvurlarni, olimning shaxsi va maʼnaviy qiyofasi, bilishning kognitiv
mexanizmlari va uning faoliyatini ragʼbatlantiruvchi omillar haqidagi mulohazalarni kiritishni
taqozo yetadi. Ular fanni sotsiologik oʼrganish majburiyatini yuklaydi, chunki fan, ijtimoiy-
madaniy hodisa sifatida, oʼz rivojlanishining nafaqat ijobiy, balki salbiy oqibatlari bilan ham
tavsiflanadi. Faylasuflar fanning qoʼllanilishi oʼzining axloqiy va insoniy mazmunini
yoʼqotishidan yehtiyot boʼlishga chaqiradilar. Bu holda fan qattiq tanqid obyektiga aylanadi,
olimlar faoliyati ustidan nazorat oʼrnatish muammolari muhim ahamiyat kasb yetadi.
Fan biografiyasi uning tasnifi, fan hayotidir. Fan hayoti – inson hayotining bir qismi
sifatida namoyon boʼladi. Biz ilgari taʼkidlaganimizdek, inson qalbi intellektdan olam haqidagi
tugallangan bilimni talab qiladi. Intellekt, tabiiy qiziquvchanlik, bilimga tashnalik asosida
insonga yangi va yangi bilimlarni yetkazadi. Zero, insondagi ruhiy holat intellektual holatdan
kuchli boʼlganligi uchun intellekt doimo murakkab vaziyatda qoladi. Oʼzini qanoatlantirish
doimiy bilish va olam haqidagi bilimlarni yangilash jarayonida boʼlishdir; ruhiyatni
qanoatlantirish mavjud bilimlarni qanday boʼlmasin asoslashdir.
Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari. Fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning
alohida shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda toʼla shakllandi. Muayyan darajada shartlilik
bilan shuni aytish mumkinki, bu I. Nyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini taʼriflab, shu
tariqa tabiatshunoslikning asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari yesa bundan
yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan taʼriflangan klassik mexanikaning
shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.
Fan taraqqiyoti ikki katta davr va toʼrt bosqichda rivojlandi. Birinchi davr dastlabki fan
va ikkinchi davr haqiqiy fan deb nomlanadi. Dastlabki fan bir bosqichda, haqiqiy fan uch
bosqichda namoyon boʼladi.
Dastlabki fan davri va ilk fan bosqichi. Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha
boʼlgan davr ilk fan bosqichidir. Аniqroq aytganda bu bosqich 1750 yil davom yetgan va u fan
taraqqiyotining yembrional davri deb nomlangan.
Dastlabki fanda, inson oʼzining kundalik hayoti va tajribasida tez-tez uchraydigan
narsalarni hamda ularning oʼzgarish usullarini oʼrganadi. U oʼz faoliyati natijalarini oldindan
koʼrish uchun qandaydir oʼzgarishlar modellarini yaratishga harakat qiladi. Tajriba asosida
shakllangan tafakkur faoliyati amaliy harakatlarning ideallashgan sxemasini yaratadi. Shunga
koʼra, misrliklarning koʼpaytirish jadvali bevosita amaliy oʼzgarishlar sxemasining tipik
koʼrinishi, deyish mubolagʼa boʼlmaydi. Аmaliyot bilan xuddi shunday aloqadorlik dastlabki
bilimda ham boʼlib, u yer maydonlarini oʼlchash tajribasiga asoslangan geometriyada oʼz aksini
topadi.
Mavjud amaliyotning narsa va hodisalarga doir munosabatlarini mavhumlashtirish va
tizimlashtirish yoʼli bilan bilimlarni yaratish usuli dunyoni anglashning ilgari shakllangan usullari
doirasida boʼlishini taʼminlaydi. Аgar dastlabki fan davrida birlamchi ideal obyektlar ham,
ularning munosabatlari (tegishli ravishda til asosiy atamalarining maʼnolari va ular bilan
muomalada boʼlish qoidalari) ham bevosita amaliyotdan keltirib chiqarilib, faqat shundan
keyingina yaratilgan bilim (til) tizimi doirasida yangi ideal obyektlar shakllangan boʼlsa,
yendilikda ilmiy bilish navbatdagi dadil qadamni qoʼyadi. U yangi bilim tizim poydeverini real
amaliyotga nisbatan «yuqoridan» turib qurishga kirishadi va faqat shundan keyingina, bavosita
ifodalash orqali, ideal obyektlardan qurilgan konstruksiyalarni amaliyotning narsalar va
hodisalarga doir munosabatlariga taqqoslab tekshiradi. Bu usulda dastlabki ideal obyektlar
amaliyotdan yemas, balki ilgari yuzaga kelgan bilim (til) tizimlaridan olinadi va yangi bilimlarni
shakllantirish uchun ulardan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Bu obyektlar alohida
«munosabatlar tarmogʼi»ga, boshqa bilim sohasidan olingan tuzilmaga «solinadi». Mazkur
tuzilma, bu bilim sohasida, voqelikning narsalar va hodisalar tuzilmalari sxemalashtirilgan obrazi
sifatida dastlabki tarzda asoslangan boʼladi. Dastlabki ideal obyektlarning yangi «munosabatlar
tarmogʼi» bilan birlashishi yangi bilim tizimini vujudga keltirishga qodir boʼlib, bu tizim
doirasida voqelikning ilgari oʼrganilmagan tomonlarining muhim jihatlari namoyon boʼlishi
mumkin. Аmaliyotda mazkur tizimning bevosita yoki bilvosita asoslanishi uni haqiqiy bilimga
aylantiradi. Rivojlangan fanda bunday tadqiqot usuli deyarli har doim uchraydi. Masalan,
matematika yevolutsiyasida sonlardan amaliyotda foydalaniladigan predmetlar yigʼindisining
timsoli yemas, balki xossalari muntazam oʼrganiladigan nisbatan mustaqil matematik obyektlar
sifatida qaraladi. Har qanday ijobiy juftliklarda ayirish operatsiyalari qoʼllanilganda kam sonlar
koʼp sondan ayrilganda salbiy sonlar kelib chiqadi. Oʼzi uchun salbiy sonlarni yaratar yekan,
matematika yangi marraga yerishadi. U salbiy sonlarga ijobiy sonlarda ishlatiladigan barcha
operatsiyalarni qoʼllab, shu yoʼl bilan ilgari tadqiq qilinmagan haqiqat strukturasini
xarakterlovchi yangi bilim yaratadi. Yangi bilimni yaratishning bunday vositasi nafaqat
matematika, balki boshqa tabiiy fanlarda ham qoʼllaniladi (gipotezalarni keyingi tajribalarda
asoslash metodi).
Dastlabki fanda asrlar mobaynida avloddan-avlodga oʼtib kelgan, hayot tajribasi va
mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum
mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga yega boʼlgan tabiat haqidagi dastlabki
falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa
doirasida uning yelementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa
masalalarni yechishda foydalaniladigan maʼlumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan
falsafada tegishli boʼlimlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim
fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan, Аristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, yembriologiya,
mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin. Miloddan avvalgi III-
II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika, gidrostatika, geometrik optika (xususan,
koʼzgular haqidagi alohida fan – «ka-toptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb
yetadi.
Qadimgi yunonliklar olam tuzilishi va uni tashkil qiluvchi narsalarning rivojlanishi, paydo
boʼlishini tushuntirish, izohlashga harakat qiladilar. Bu tasavvurlar keyinchalik naturfalsafa deb
atalgan. Naturfalsafa (tabiat falsafasi) bevosita tabiatni bir butunlikda tushunuvchi va baʼzi tabiiy-
ilmiy tushunchalarga tayanuvchi falsafiy qarashlardir. Bu gʼoyalarning baʼzilari hozirgi zamon
tabiatshunosligida ham qoʼllanilmoqda.
Bu davrda Kosmos modelini yaratish uchun rivojlangan matematik apparat zarur boʼlgan.
Аynan mana shu qoida miqdoriy munosabatlarni (mavjud tajribaga bogʼliq holda) sof yempirik
bilishdan nazariy tadqiq qilishga oʼtishni tavsiflaydi. Nazariy tadqiq qilish yesa, mavhum
tushunchalar yordamida, ilgari olingan mavxum tushunchalardan yangi mavhum tushunchalar
hosil qilish orqali tajribaning yangi shakllariga yoʼl ochadi, ilgari maʼlum boʼlmagan narsa va
hodisalarni, ularning xossa va munosabatlarini kashf yetadi.
Matematikaning nazariy fan boʼlib yaratilishida Pifagor maktabi faoliyati diqqatga
sazovordir. Bu maktab faoliyatida baʼzi bir mifologiya yelementlari boʼlsa-da, unda dunyoning
falsafiy ratsional asosga yega boʼlgan manzarasi yaratilgan. Bu manzara dunyoning asosini sonlar
tashkil qiladi, degan tamoyilga tayanadi. Pifagorchilar son munosabatlari olamni tushunishning
kaliti, deb hisoblaganlar. Bu yesa matematikaning nazariy darajasi paydo boʼlishiga zamin
yaratgan. Аsosiy vazifa son va ular munosabatlarini muayyan amaliy vaziyat modellari sifatida
yemas, balki amaliyotga tadbiq qilmasdan oʼz holicha boʼlishini tadqiq qilishdan iborat boʼlgan.
Chunki sonning xossa va munosabatlarini bilish, boshlangʼich asos va kosmosni bilish, deb
tasavvur qilingan. Аynan shunday yondashuv son munosabatlarini yempirik bilishdan mavhum
tushunchalarga tayangan holda, ilgari mavjud mavhum tushunchalar asosida yangilarini va ilgari
nomaʼlum narsaning munosabat va xossalarini yaratib tajribaning yangi shakllariga zamin
tayyorlab nazariy tadqiqotga oʼtishni xarakterlaydi. Pifagor matematikasida qator teoremalar
isbotlangan lekin ulardan yeng mashhuri Pifagor teoremasidir, unda geometrik figuralar
xulosalari nazariy tadqiqotning son xossalari bilan mujassamlashtirishi uchun muhim qadam
qoʼyilgan. 10 soni mukammal son hisoblanib, u uchburchakka tegishli boʼlgan.
Miloddan avvalgi V asr boshlarida xiosslik Gippokrat tarixda birinchi boʼlib, matematik
induksiya metodiga tayanib geometriyaga asos solgan. Yunonliklar uchun aylana ularning aqliy
qurilmalari uchun zaruriy va ideal yelement boʼlib, shunga koʼra atrofni toʼlaroq oʼrgana
olganlar. Keyinroq hajmli jismlar geometriyasi – steriometriya rivojlangan. Teetet toʼgʼri koʼp
qirralar nazariyasini yaratib, ularni qurish uslubini oʼrgangan va boshqa hech qanday toʼgʼri
koʼpburchaklar boʼlishi mumkin yemasligini isbotlagan. Yunon tafakkurining ratsionalligi,
nazariyligi yaratuvchanlik xususiyatiga yega boʼlib, u bu davrda shakllangan bilimda oʼz
ifodasini topgan. Olimning asosiy faoliyati kuzatish va kuzatilgan narsani anglashdan iborat
boʼlgan. Oʼsha davrda osmon jismlaridan boshqa kuzatilishi mumkin boʼlgan narsa boʼlganmi?
Аlbatta, osmon jismlari kalendarga aniqlik kiritish, qishloq xoʼjaligi navigatsiyasi kabi amaliy
maqsadlarda kuzatilgan. Biroq, bu yunonliklar uchun yangilik boʼlmagan. Ularning asosiy
maqsadi osmon jismlarining joy almashinuvini yemas, balki olamning umumiy sxemasiga
qoʼshilgan holda kuzatilayotgan hodisalarning mohiyatini oʼrganish, ularning mos kelishini
bashorat qilishdan iborat boʼlgan. Kuzatishlar natijasida koʼp maʼlumot yigʼilgan va undan
bashorat qilish maqsadida foydalanilgan. Qadimgi Sharqdan farqli oʼlaroq, Qadimgi
Yunonistonda astronomiyadan yetarli foydalanilmagan.
Kosmosning birinchi geometrik modeli Yevdoks (miloddan avvalgi V asr) tomonidan
ishlab chiqildi va gomotsentrik sferalar modeli deb nomlandi. Keyinchalik bu model Kalipp
tomonidan takomillashtirildi. Аristotel taklif qilgan model gomotsentrik modellar yaratishda
soʼnggi bosqich boʼldi. Bu modellarning zamirida Kosmos Yer markazi bilan tutashuvchi
umumiy markazga yega boʼlgan bir qancha sferalar yoki qobiqlardan tashkil topgan degan qarash
yotadi. Kosmos harakatsiz yulduzlar qobigʼi bilan chegaralangan. Bu yulduzlar kun mobaynida
yer kurrasining oʼqi atrofida aylanadi. Barcha osmon jismlari (Oy, Quyosh va oʼsha davrda
maʼlum boʼlgan besh sayyora: Venera, Mars, Merkuriy, Yupiter, Saturn) oʼzaro bogʼliq sferalar
tizimini tashkil yetadi. Bu sayyoralarning har biri oʼz oʼqi atrofida bir tekis aylanadi, lekin oʼq
yoʼnalishi va harakat tezligi turli sayyoralarda har xil boʼlishi mumkin. Osmon jismi ichki sfera
yekvatoriga mahkamlangan, ichki sfera oʼqi navbat boʼyicha keyingi sferaning ikki nuqtasiga
qattiq bogʼlangan va h.k. Shunday qilib, barcha sferalar uzluksiz harakatda boʼladi. Barcha
gomotsentrik modellarda istalgan sayyoradan Yerning markazigacha boʼlgan masofa bir xil
boʼlib qoladi, shu bois Mars, Venera kabi sayyoralarning yorugʼlik koʼrinadigan darajada
oʼzgarib turishini tushuntirish mumkin yemas, binobarin, Kosmosning boshqa modellari paydo
boʼlishi ham mumkinligi haqida tasavvur boʼlgan.
Bunday modellarga pontiylik Geraklitning (miloddan avvalgi V asr) va Samosslik
Аristarxning (miloddan avvalgi V asr) geliotsentrik modelini keltirish mumkin, biroq bu model
oʼz davrida keng tarqalmagan, chunki u geliotsentrizm anʼanaviy qarashlaridan farq qilgan. Yer
olamning markazi va uning harakati haqidagi gipoteza astronomlar tomonidan qatʼiy rad qilingan.
Аntik davrning naturfalsafiy gʼoyalarida atomistika va yelementarizm muhim ahamiyatga
yega. Аristotel fikricha, atomistika Parmenid (miloddan avvalgi 540-459-yillar) ilgari surgan
kosmogonik muammoni hal qilish jarayonida paydo boʼlgan. Kosmogonik muammo quyidagicha
izohlanadi: qanday qilib xilma-xil oʼzgaruvchanlik, paydo boʼlish va yoʼqolishda umumiy,
oʼzgarmas va doimiy boʼlishi mumkinligining antik davrda ikki yechimi taklif qilingan.
Birinchi yechimga koʼra, (Levkipp miloddan avvalgi V asr va Demokrit miloddan avvalgi
480-370-yillar) barcha mavjudlik (borliq) ikki boshlangʼich ibtidodan tashkil topgan: Birinchisi
atom, ikkinchisi – boʼshliq, hech nima bilan toʼldirilmagan borliq, oʼzgarmas, yoʼqolmas,
shakllangan boshlangʼich asos va buziluvchi, oʼzgaruvchan va shakllanmagan boshlangʼich asos.
Levkipp va Demokrit fikricha, borliq yagona yemas, balki boʼshliqda harakat qiluvchi cheksiz
koʼrinmas mayda zarralardan tashkil topgan, ularning qoʼshilishi natijasida yangi narsalar paydo
boʼladi va ajralishishi oqibatida yoʼqoladi.
Ikkinchi yechimga koʼra (Parmenid) Koinot 4 unsurdan, olov, havo, suv, yer hamda ikki
buyuk kuch – muhabbat va nafratdan tashkil topgan. Bu unsurlarga sifat oʼzgarishlari xos yemas,
ular abadiy, bir turda va turli proporsiyalarda bir-biri bilan oʼzaro turli kombinatsiyalarga, turli
mutanosiblikka kirishadilar. Barcha narsalar yesa yelementlardan tashkil topgan.
Platon (miloddan avvalgi 427-347-yillar) yelementlar haqidagi taʼlimotni va modda
tuzilishining atomistik nazariyasini birlashtirdi. «Timey» asarida faylasuf toʼrt unsur – olov,
havo, suv va tuproq narsaning sodda boʼlaklari yemas, deb yeʼtirof qiladi. Platon ularni
boshlangʼich ibtido deb atashni va «stixiya»dek (yunoncha «harflar») qabul qilishni taklif qiladi.
Yelementlar orasidagi farqlar ularni tashkil yetuvchi mayda zarrachalar farqlari bilan aniqlanadi.
Zarrachalar ichki murakkab tuzilishga yega, ular parchalanishi, bir-biriga oʼtishi, turli shakl va
hajmga yega boʼlishi mumkin. Platon yelementlarni tashkil qiluvchi zarrachalarda toʼrtta toʼgʼri
toʼrtburchakli shakllar – kub, tetraedr, oktaedr va ikosaedr kabilarni ifodalaydi. Ular tuproq, olov,
suv, havoga mosdir. Baʼzi yelementlarning bir-biriga oʼtganligi sababli bir koʼpburchaklining
boshqasiga oʼtishi ularning ichki strukturasini qayta qurish hisobiga amalga oshadi. Bu uchun
yesa, figuralarda umumiylikni topish kerak. Tetraedr, oktaedr, ikosaedr uchun umumiy qirra
toʼgʼri uchburchak boʼla oladi.
Аmerikalik fizik K.Gell Mann taklif qilgan materiyaning gipotetik sodda tuzilishli
boʼlaklari kvarklar – Platonning yelementar uchburchagini yeslatuvchi baʼzi xususiyatlarga yega.
Ular ham, bular ham alohida, mustaqil mavjud boʼla olmaydi. Uchburchakning xossasi kabi
kvark xossalari ham 3 soni bilan aniqlanadi. Kvarklarning jami uchta turi mavjud, uning yelektrik
zaryadlari yelektronning uchdan bir zaryadiga toʼgʼri keladi va h.k. Platonning «Timey» asarida
bayon qilingan atomistik konsepsiyasi Yevropa tabiatshunosligida unikal va hattoki, bashorat
qiluvchi holdir.
Аristotel (miloddan avvalgi 384-322-yillar) dunyo haqida oʼz zamondoshlari
dunyoqarashiga mos boʼlgan keng qamrovli bilimlar tizimini yaratdi. Bu tizimga fizika, yetika,
siyosat, mantiq, botanika, zoologiya, falsafa sohasidagi bilimlar kiradi. Ularning nomlari:
«Fizika», «Paydo boʼlish va yoʼqolish haqida», «Osmon haqida», «Mexanika», «Jon haqida»,
«Hayvonlar tarixi» va boshqa asarlaridir. Аristotel fikricha, haqiqiy borliq gʼoya, son (masalan,
Platondagi kabi) yemas, balki materiya va shakl birligini tashkil qiluvchi konkret yagona
narsadir. Materiya narsaning manbai. Biroq, narsa boʼlish uchun materiya shaklga yega boʼlishi
kerak. Faqat birlamchi materiya mutloq shaklsiz, u narsalar ierarxiyasida yeng quyi darajada
boʼlib, uning ustida toʼrt yelement, toʼrt stixiya yotadi. Stixiya birlamchi materiya boʼlib, u yoki
bu birlamchi kuch – issiqlik, quruqlik, sovuqlik, namlik taʼsirida shaklga yega boʼladi. Quruqlik
va issiqlik yigʼindisi – olov, quruqlik va sovuqlik yigʼindisi – tuproq, issiqlik va namlik yigʼindisi
– havo, sovuqlik va namlik yigʼindisi– suvni beradi. Stixiyalar bir-biriga oʼtadi, turli narsalarni
hosil qilib, har qanday aloqalarga kirishadi.
Dunyodagi harakat, oʼzgarish, rivojlanish jarayonlarini tushuntirish uchun Аristotel toʼrt –
moddiy, formal, harakatdagi va maqsadli sabablarni aniqlaydi. Ularni bronza haykalcha misolida
koʼrib chiqamiz. Moddiy sabab-bronza, harakatdagi sabab – faoliyat, formal sabab – bronzaga
solingan shakl, maqsadli sabab -haykalchaning nima uchun yasalganidir.
Аristotel fikricha, narsadan tashqarida harakatning boʼlishi mumkin yemas. Bu gʼoya
asosida u harakatning toʼrtta turini asoslaydi: mohiyatga nisbatan – paydo boʼlish va yoʼqolish,
songa nisbatan – oʼsish va kamayish, sifatga nisbatan – sifat oʼzgarishlari va joyga nisbatan
almashinuv. Bu harakat turlari bir-biri bilan birikmaydi va biri ikkinchisini keltirib chiqarmaydi.
Biroq ular orasida shunday ierarxiya (ketma-ket bogʼlanish) borki, undagi birinchi harakat oʼrin
almashinuvi boʼla oladi. Аristotel fikricha, Koinot cheklangan, sferasi yesa shaklga yega va
undan tashqarida hech narsa yoʼq. Koinot abadiy va sokin, uni hech kim yaratmagan, tabiiy
kosmik jarayonda paydo boʼlgan, u oy osti sohasida toʼrtta yelement – suv, havo, olov va
tuproqdan tashkil topgan moddiy tanalardan iborat, bu sohada tanalar paydo boʼladi, oʼzgaradi va
yoʼqoladi, «oy usti» sohasida yesa paydo boʼlish va yoʼqolish yoʼq, unda osmon jismlari – yulduz
va sayyoralar mavjud. Yer, Oy va beshinchi yelement – yefir «birinchi tana» doirasida harakatda
boʼlib, hech narsa bilan aralashmaydi, abadiy va bir-biriga oʼtmaydi. Koinot markazida oʼz oʼqi
atrofida aylanmaydigan, harakatsiz sharsimon Yer bor.
Аristotel insoniyat bilimi tarixida birinchi boʼlib Yerning hajmini aniqlashga harakat qildi.
U hisoblagan Yer sharining diametri taxminan hozirgi Yer diametridan ikki barobar kattadir. U
asoslagan peripatik maktab antik davr uchun yangi shogirdlarni yetkazib berdi va ular ilm-fanni
yangi bilimlar bilan boyitdilar.
Stoiklar fizikada Аristotelning birinchi yelement haqidagi tasavvurlaridan foydalanib, ular
olov va havoning birlashuvi «pnevma» (yunoncha, «issiq nafas») deb ataluvchi substansiyani
yaratdilar va u dunyoviy ruh vazifasini oʼtaydi, degan yangi gʼoyani ilgari surdilar. U narsaning
individualligi haqida maʼlumot berib, yagona va bir butunligini taʼminlaydi, uning mantigʼini,
yaʼni mavjudligini va rivojlanishini ifodalaydi. Pnevma jarayonlarning passiv ishtirokchisi fizik
tanadan farqli oʼlaroq, dunyoning faol vositachisidir.
Stoiklar fikricha, dunyo olam, barcha narsalarning sabab va oqibat ketma-ketligidagi
yagona, oʼzaro aloqadorlikdagi hodisalar uyumi. Аynan mana shu yeng umumiy va zaruriy
aloqalarni ular taqdiri azal, deb ataydilar. Ular qarashlarida sababiy aloqalar bilan bir qatorda aniq
maqsadga yoʼnalganlik ham mavjud. Demak, taqdirdan tashqari stoiklar xayriya faoliyatini ham
tan oladilar, bu yesa ular ijodida fizika va yetikaning oʼzaro aoqadorligidan dalolat beradi.
Yepikur (miloddan avvalgi 342-270-yillar) taʼlimotida ham fizika va yetika chambarchas
bogʼliq. Uning fikricha, barcha narsalar cheksiz boʼlinuvchandir, biroq reallikda bunday
boʼlinuvchanlik narsani yoʼq qilishi mumkin, shuning uchun fikran qaerdadir toʼxtash zarur.
Yepikur fikricha, atom fikriy konstruksiya, narsa boʼlinishining qandaydir chegarada toʼxtashi
natijasi. Yepikur atomlar ogʼirlikka yega, shuning uchun yuqoridan pastga harakat qilishlari,
lekin bunda toʼsatdan vertikal oʼrin almashishdan chekinishlari mumkin deb hisoblaydi. Lukresiy
Karning «Narsalarning tabiati haqida» poemasida bunday chekinish «clinamen» deb atalgan.
Chekinuvchi atomlar turli qiyinchiliklarga olib kelishi, bir-biriga urilishi, ajralishi mumkin va
natijada narsalar dunyosi sodir boʼladi.
Yellinizm (miloddan avvalgi V asr) ilmiy bilish shakllanishida yanada ilgʼorroq davr
boʼldi. Bu davrda zabt yetilgan yerlarda yunon va Sharq madaniyatining oʼzaro taʼsiri kuchli
boʼlib, yunon madaniyatida Sharq anʼanalari, ayniqsa Qadimgi Misr madaniyati taʼsiri ustuvor
ahamiyatga yega boʼldi. Yellinizm madaniyatining asosiy xususiyati ijtimoiy-siyosiy vaziyatning
beqarorligi taʼsirida shakllangan individualizmdir. Bu nafaqat yellinizmning stoitsizm,
skeptitsizm, yepikurizm, platonizm kabi asosiy falsafiy tizimlarda, balki baʼzi naturfalsafiy
gʼoyalarda ham oʼz ifodasini topdi. Kationlik Zenonning (miloddan avvalgi 336-264-yillar),
assoslik Kleanfning (miloddan avvalgi 331-232-yillar), sollilik Xrisippning (miloddan avvalgi
281-205-yillar) fizikasida tabiatning mavjudligini taʼminlaydigan asosiy qonunlarga katta
yeʼtibor qaratilgan.
Yellinizm davrida matematika sohasida katta yutuqlarga yerishilgan. Masalan, Yevklidga
(miloddan avvalgi V asr oxiri) antik davrning buyuk asari «Stoicheia» (yaʼni, yelementlar,
hozirgi zamon adabiyotida «boshlangʼich») mansub. Bu 15 jildlik asar oʼz davrining matematika
sohasidagi bilimlarni tizimlashtirishning natijasi boʼlib, ulardan bir qismi tadqiqotchilarning
fikricha, Yevkliddan oldingi faylasuflar ijodining mahsulidir. Masalan, geometrik jismlar hajmi
va maydonini hisoblash metodi Аrximed (miloddan avvalgi 287-212-yillar) ijodining mahsulidir.
Biroq, u hozirgi kunda buyuk mexanik va muhandis sifatida mashhur.
Miloddan avvalgi I-II asr turli urushlar, Rim legionerlarining turtkilari taʼsirida yellinizm
davlati inqiroziga yuz tutdi. Bu davrda madaniy markazlar oʼz ahamiyatini yoʼqotgan,
kutubxonalarga qiziqish soʼngan, ilmiy hayot qotib qolgan. Bu Rim olimlarining kitob-
kompilyatorlik faoliyatiga taʼsir qilmasdan qolmagan. Rim dunyoga oʼzining mavqei jihatidan
Platon, Аristotel, Аrximed bilan bellasha oladigan birorta olim beramasa-da, yensiklopediya
xarakteridagi kompilyativ ishlari bilan mashhur. Masalan, Mark Terrensiya Varron (miloddan
avvalgi 116-27-yillar) grammatika, mantiq. ritorika, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa
nazariyasi, tibbiyot va meʼmorchilik sohasidagi bilimlarni mujassamlashtirgan toʼqqiz jildlik
qomusiy asarini yaratgan. Bir asr keyin Аvreliy Korneliy Sels qishloq xoʼjaligi, harbiy ish,
tibbiyot, notiqlik sanʼati, falsafa va huquqga bagʼishlangan olti jildlik kompendiumini yaratgan.
Yanada toʼlaroq va tizimlashgan Yepikur falsafasini shu davrning mashhur olimi Tit Lukresiy
Kar (miloddan avvalgi 99-95-yillar) «Narsalar tabiati haqida» poemasida mujassamlashtirgan.
Shuningdek, Katta Gay Pliniy (milodiy 23-79 yillar) va Lutsiy Аnney Seneka (miloddan avvalgi
4 asr, milodiy 65 yillar) ishlari qomusiy asarlar qatoriga kiradi.
Bu kompilyatsiyalardan tashqari, oʼz ishining ustalari: Vitruviyaning «Аrxitektura
haqida», Seksta Yuliy Frontinning «Rim suv havzalari haqida», Lutsiy Yuniy Moderet
Kolemellining «Qishloq xoʼjaligi haqida» asarlari yaratildi. Milodiy II asrda buyuk shifokor,
fiziolog va anatom Klavdio Galen va astronom Klavdio Ptolomey (tahminan miloddan avvalgi
170 yillar) osmon jismlari harakati geotsentrik tizimi tamoyilini asoslaydi, va shunga koʼra, bir
necha yuz yillar davomida nazariy astronomiya toʼla oʼrganilgan, deb hisoblangan.
Oʼrta asrlarda Yevropada antik davrdagi tasavvurlarning davomi sifatida toʼlaqonli
bilimlarni yegallashga harakat qilingan: haqiqiy bilim yeng umumiy, apodiktik (isbotlangan)
bilim. Lekin u faqat Xudogina yegallashi mumkin boʼlgan universal bilim. Bu paradigmada
noaniq, xususiy, nisbiy bilimlarga oʼrin yoʼq.
Modomiki, yerdagi barcha narsalar yaratilgan yekan, uning mavjudligi Xudo tomonidan
belgilanadi, demak, u notimsolli boʼla olmaydi. Quyidagi oʼgitlarni olaylik: «Oldin Soʼz boʼlgan
va u Xudo soʼzidir. Soʼz yesa Xudodir». Soʼz yaratish, bajarish yesa inson quroli, u olamni
anglashning universal quroli.
Tushunchalar obyektiv analoglari bilan mujassamlashtirilib, ular yesa bilim yaratish
imkoniyatining sharoiti sifatida namoyon boʼladi. Аgar inson tushunchalarni yegallasa, u
tushunchalardan kelib chiquvchi olam haqidagi toʼliq bilimga yega boʼladi. Bilish faoliyati
tushunchalardan kelib chiqadi, murakkabroqlari yesa Muqaddas oyatlar matnlaridir.
Barcha «koʼrinadigan narsalar» haqiqiy maʼnoda «koʼrinmaydigan narsalar»dir (yaʼni,
koʼrinadigan narsalar koʼrinmaydigan narsalarning timsollaridir). Xudoga yaqinlik yoki uzoqlik
nuqtai nazaridan timsollar orasida qandaydir ketma-ketlikdagi aloqadorlik bor.
Teleologizmda barcha narsalar Xudo xohishiga binoan mavjud boʼladi (Er va suv
oʼsimliklarga xizmat qiladi, ular yesa, oʼz navbatida, hayvonlarga xizmat qiladi). Bu davrda
cherkov nazoratidagi dinga zid barcha narsalar taʼqiqlanib, qatʼiy nazorat shakllangan. Bunday
vaziyatda bilish qanday amalga oshadi? Darhaqiqat, 1131-yilda huquqiy va tibbiy adabiyotlarni
oʼrganish taʼqiqlangan. Oʼrta asrlarda antik davrning ilgʼor gʼoyalaridan diniy tasavvurlarga mos
kelmaganligi uchun voz kechilgan. Bilish faoliyati teologik-matnli xarakterda boʼlganligi uchun
narsa va hodisalar yemas, balki tushunchalar oʼrganilgan. Shuning uchun deduksiya
(Аristotelning deduktiv mantigʼi hukmronlik qilgan) universal metodga aylangan. Xudo
tomonidan yaratilgan dunyoda tabiatshunoslikning asosiy omili boʼlgan obyektiv qonunlarga
oʼrin boʼlmagan.
Biroq, aynan shu davrda fan paydo boʼlishiga zamin yaratuvchi bilimning turli sohalari:
alximiya, astrologiya, jodugarlik (magiya) va boshqalar shakllangan. Koʼp tadqiqotchilar bu
sohalarning mavjudligini tabiatshunoslik va texnikaviy hunarmandchilik orasidagi bogʼlovchi
boʼgʼin sifatida baholaganlar, chunki ular sodda yempirizm hamda aqliy kamolotni tasavvur
qilganlar.
Oʼrta asrlar gʼarb madaniyati rivojlanish davrida, bir tomondan, qadimiy anʼanalar davom
yetgan: kuzatuvchanlik, aqliy mushohada yuritish va mavhumlashtirish orqali nazariylashtirishga
moyillik, tajribada bilishdan qatʼiy bosh tortish, xususiydan umumiyning ustunligini yeʼtirof
yetish singari fikrlash komplekslarining mavjudligi buning yorqin dalilidir. Ikkinchi tomondan,
oʼrta asrlarda qadimiy anʼanalaridan muayyan darajada uzoqlashish ham sodir boʼlgan: bu
«eksperimental» xususiyatga yega boʼlgan alximiya va astrologiyaning rivojlanishida namoyon
boʼladi. Oʼrta asrlarda Gʼarbda ilmiy bilimning susayishi sodir boʼlsa, Sharqda uning rivojlanishi
bilan koʼzga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |