Ma’ruza № 4
Grammatikani o‘qitish
Darsning o‘quv maqsadi: arab tilini o‘rganishda grammatikaning ahamiyati,
gap mazmunini tushunishni, grammatik mashqlarining turlari, grammatik
materiallarni o‘zlashtirish va uni mustahkamlsh, grammatik tahlil, noma’lum
tekst, grammatik materialni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, gaplarni tuzish
mexanizmini to‘g‘ri yetkazish.
Tayanch so‘zlar:
o‘qish grammatik material
tarjima savol
og‘zaki nutq mustahkamlash
matn gramatik tahlil
qoidalar aktiv minimum
birlamchi mustahkamlash passiv minimum
immititativ(o‘xshatish)
o‘rinma-o‘rin
kombinatsiya qilingan
Asosiy savollar:
1. Sharq tillarni o‘rganishda grammatikaning roli
2. Grammatik materialni yig‘ish
3. Grammmatik materialga kirish ketma-ketligi (izchilligi)
4. Grammatik mashqlarning turlari
Sharq tillarida grammatikani yaxshi bilish maktab va oliy o‘quv yurtlari (oldiga
qo‘yilgan) vazifalariga erishish (amalga oshirish), ya’ni o‘quvchini matndagi asl
(nusha)ni o‘qish va tushunish uchun zaruriy shartlardan biri hisoblanadi.
Grammatikani o‘rganish til bo‘yicha bo‘lgan barcha ishlar bilan, ya’ni o‘qish,
tarjima qilish, og‘zaki va yozma nutq bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.
O‘rta maktab va oliy o‘quv yurtlari dasturlari har bir o‘quvchi darsga tayyor
bo‘lish uchun grammatikani aniq o‘zlashtirishni talab qiladi:
A) gap mazmunini tushunish, grammatik shakl va konstruksiyalarni
o‘zlashtirish
B) ularni aniqlash va ta’lim qonunlarini tushuntirish
V) notanish leksikani ham o‘z ichiga olgan holda rasmiy belgilarni va ularni
aniqlash
G) chet tilidan ona tiliga tarjima qilishda bu bilimlarni qo‘llash
22
D) o‘qituvchi nutqini tushunish va savol-javoblarni tuzish uchun o‘rganilgan
grammatikadan foydalanish
Bu grammatik qoidalarni mustahkamlash lozim. Grammatik materialni
birlamchi mustahkamlashning keng yoyilgan metodi quyidagilardan iborat:
1.
o‘quvchilar tekstda yoki o‘qituvchi tomonidan berilgan maxsus
misollardagi grammatik ko‘rinishlarni kuzatadilar.
2.
O‘qituvchi tomonidan beriladigan qator oddiy savollarga muntazam javob
berish yo‘li bilan o‘quvchilar o‘zlari ta’lim qoidalariga nisbatan xulosa
chiqaradilar.
3.
avval o‘quvchilar o‘zlari qoidalarni shakllantiradilar, keyin esa o‘qituvchi
(to‘ldiradi).
4.
o‘quvchilar berilgan qoidaga misollar keltiradilar yoki kitoblarda
ko‘rsatilgan namunalarni topib tushuntiradilar.
5.
qoidalarni qaytarish va ularni ona tili bilan qiyoslash asosida tushuntirish
Grammatik qoidani tushuntirishda o‘qituvchi qo‘shimcha qiyinchiliklarni
tug‘dirmaslik uchun faqat yaxshi o‘zlashtirilgan leksik materialdan foydalanishi
lozim.
Grammatik materialni tushuntirish va mustahkamlashda sxema va jadvalni keng
qo‘llash lozim. Bu grammatik materialni o‘zlashtirish va yaxshi tushunish
layoqatini hosil qiladi. Grammatik material o‘zlashtiriladi va analitik o‘qish
jarayonida hamda o‘tilgan materialni mustahkamlashdagi maxsus mashqlarni
bajarishda qaytariladi.
Grammatik materialni mustahkamlash
Grammatik materialni mashq va analiz qilish grammatik shakl va ko‘rinishni
mustahkam o‘zlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. mustahkamlash va qaytarish
uchun mashqlar (tuzish)ni o‘qitishning turli bosqichlarida fikrlash va xotiraning
yosh xususiyatni hisobga olgan holda tanlash lozim bo‘ladi. Materialni
mustahkamlash va qaytarish jarayonida qabul qilish usulini turla(b turi)sh, ya’ni
uni eshittirish va hkz. Usullarni umumlashtirish mustahkam o‘zlashtirish layoqatini
oshiradi.
Grammatik tahlil
Sharq tillari grammatikasini o‘qitishda o‘qituvchi o‘quvchini faqatgina
grammatik qoidalarni o‘rgatishga emas, balki bu bilimlarni amalda qo‘llay olishga
ham o‘rgatishi lozim.
O‘quvchilar grammatikani shunday egallashi lozimki, faqatgina o‘ziga
tushunarli bo‘lgan mashqlarnigina emas, balki yetarli tushunarli bo‘lmagan leksik
tarkib ma’nolariga qaramay tarjima qila olish bilimiga ega bo‘lishi lozim.
Buning uchun grammatik analizning 2 turini qo‘llaydilar: (qo‘llanadi)
1. tushuntirilgan gapning grammatik analizi
2. noma’lum tekst yoki gapning grammatik tahlili
Ikkala tur grammatik qoidani o‘rganish va o‘zlashtirishdan keyin o‘tkaziladi.
Bu grammatikani amalda qo‘llash imkoniyatini beradi. Tahlil morfologik
bo‘lganidek, sintaktik (ko‘rinishda) ham bo‘ladi. To‘liq grammatik tahlil
o‘tkazilganiday, qismlarga bo‘lib ham o‘tkaziladi. Qandaydir grammatik mavzu
o‘tilish jarayonida grammatik tahlil qismlarga ajratib o‘tkaziladi. Bunday tahlil
23
ko‘p vaqttni olmaydi, shu bilan birga o‘rganilayotgan mavzuni yaxshi
o‘zlashtirishda yaxshi natija beradi. Analitik o‘qish jarayonida. savol-javob
o‘tkazayotganda va hokazolarda qismlarga ajratilgan tahlilni o‘tkazish mumkin.
To‘laqonli grammatik tahlil grammatik bir yoki bir necha grammatik mavzuni
o‘tgandan keyin o‘tkaziladi. Bu butun gapning sintaktik va morfolgik tahlilidan
iborat bo‘ladi va shuning uchun uni o‘tkazish ko‘proq vaqtni oladi.
Alohida gaplar va keltirilgan parchalarning grammatik tahlili shuningdek, uy
vazifasi predmeti bo‘lib xizmat qilishi lozim. Tahlil qilishda o‘quvchi bu gapning
qay turga kirishini aniqlab olishlari kerak, murakkab gapmi yoki sodda gap,
qo‘shma yoki ergash gapmi, shundan keyingina gapning to‘liq grammatik tahlilga
o‘tishlari mumkin. ikkala tur grammatik tahlil ham o‘quvchilarning ona tilida olib
borish maqsadga muvofiqdir.
Grammatik tahlil o‘quvchida chet tilida berilgan tekstlarni o‘qish va yozishni
ongli ravishda amalga oshirish layoqatini oshiradi.
Grammatikani o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarda og‘zaki va yozma
munosabatlar (nutq)da foydalanish (qo‘llash) uchun grammatik malakaga ega
bo‘lishni shakllantirishdir.
Ma’lumki, tilning barcha resurs boyliklarida.
Psixologlarning qayd etishlaricha, nutq kommunikatsiyaning maqsad va
vazifalariga muvofiq tarzda sezilarli kompressiyaga yo‘l ochib beradi, shuning
uchun maqsadga muvofiq tarzda material hajmini, xususan, chet tili o‘qitishning
konkret shartlarini hisobga olgan holda grammatik materialni cheklash mutlaqo
mumkin.
Grammatik materialni cheklash foydasiga keltiruvchi muhim argument bo‘lib
grammatik ko‘rinishlarga bilish malakasini shakllantirishda til bilan muntazam
shug‘ullanish, salmoqli mashqlarni bajarish va o‘z navbatida ko‘p vaqtni bunga
sarflash xizmat qiladi.
Leksikada bo‘lganidek, grammatikani o‘qitishda aktiv va passiv minimum deb
nomlangan tur farqlanadi. Aktiv grammatik minimum atamasi ostida og‘zaki va
yozma nutqda qo‘llash uchun mo‘ljallangan grammatik ko‘rinishlar tushuniladi.
Passiv minimumga kam uchraydigan yoki og‘zaki nutq uchun xarakterli
bo‘lmagan, lekin badiiy, texnik yoki umumsiyosiy adabiyotlarda qo‘llaniladigan
grammatik ko‘rinishlar kiradi. O‘quvchilar tekstda uchragan bu ko‘rinishlarni
aniqlay olishlari va va ularni tushunishlari lozim bo‘ladi.
Chet tili grammatik ko‘rinishlarni o‘qitishda yanada effektiv natijalarga erishish
maqsadida, grammatikada metodik tipologiyani ham ko‘zda tutish lozim.
Grammatik materialni qayta ko‘rib chiqishda grammatikani o‘qitish
maqsadlarini aniqlab olish zarur, ya’ni og‘zaki yoki yozma nutqda grammatika
bizga qanchalik kerak bo‘lishini bilish lozim. Tanlash kriteriyasi bo‘lib grammatik
ko‘rinishning yozma va og‘zaki nutqda qanchalik keng qo‘llanishi xizmat qiladi.
Grammatik materialning o‘zlashtirishda uchraydigan qiyinchiliklar ham
ko‘zdan qochirilmaydi. Bular bir qator faktorlardan tashkil topishi qoida qilib
qo‘yilgan:
1. Grammatik ko‘rinishning o‘zida uchraydigan qiyinchiliklar
24
2. Ona tilining interferurik ta’siri, unda mavjud bo‘lgan yoki uchramaydigan
o‘hshash yoki yaqin bo‘lgan ko‘rinishlar
3. fikriy amaliyot (operatsiya) qiyinchiligi, grammatik ko‘rinishni aniqlash
yoki qo‘llash uchun zarur bo‘lgan ongli ravishda ko‘rsatilgan harakat(umstvennqe
deystviya)larning miqdor va xarakteri.
O‘qish uchun lozim bo‘lgan grammatik ko‘rinishlar bilish shakldan mazmunga
qalar ko‘rinishidagi prinsip bo‘yicha yasaladi. Avval chet tilidagi material qabul
qilinadi va undagi berilgan shaklni xarakterlaydigan belgilar ajratiladi.
Grammatikani o‘qitish turli xildagi nutqni struktural to‘g‘ri shakllantiilgan va
o‘qishda grammatik shakllarni aniqlay oladigan ko‘nikmali gaplarni qurish
mexanizmiga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Gaplarni qurish mexanizmini bilish deganda nimani tushunish lozim? Bu
o‘quvchi muayyan vaziyatda o‘z fikrini to‘g‘ri gap shaklida ifodalay olishi
lozimligini bildiradi. Aynan nutqning minimal birligi bo‘lmish gaplar asosida
o‘quvchi o‘z fikrini to‘g‘ri va tez ifodalay oladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi
vazifalari sirasiga chet tilidagi gaplarni qurish mexanizmini, strukturasi
(morfologik va sintaktik) turli bo‘lgan va tarkibi bo‘yicha (po glubne), ya’ni
undagi bog‘lanishoar miqdorini o‘rgatish kiradi.
Nutqni to‘g‘ri struktura bilan tuzishni yaxshi egallash turli bir tillik va nutqiy
mashqlarni
bajarish
sharoiti
mavjulligin
taqozo
qiladi.
O‘quvchining
mashqlarining maxsusligii gapdagi tarkibiy tuzilish mexanizmining uzluksiz
shakllanishi hisrbiga qurilishini o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilar o‘rganilgan grammatik ko‘rinishlarni o‘zlarning ikki, uch va to‘rt
jumladan iborat bo‘lgan fikrini elementar bayon etish orqali ifodalashni
o‘rganadilar. O‘quvchilarga tayanch vositasi sifatida muayyan vaziyat va bajarish
namunasi beriladi.o‘qituvvchi tomonidan tayyorlangan namunalar kommunikativ
yo‘nalishi va olib borilayotgan muloqot vaziyat bilan muvofiq kelishi lozim.
O‘quvchilar gramatik shakllarni to‘g‘ri qo‘llash uchun nutqiy mashqlar,
xususan, lozim shakllardan foydalanishga rag‘batlantiruvchi o‘quv vaziyatlarni
ham qo‘shish taqozo etiladi.
Savollar:
1. Chet tilini o‘rganishda grammatikaning roli qanday bo‘lishi mumkin?
2. Grammatik materialni mustahkamlashni qanday amalga oshiriladi?
3. Aktiv va passiv grammatik minimum deganda nimani tushunasiz?
4. Grammatik tahlil qanday o‘tkaziladi va undan qanday maqsad ko‘zlanadi?
Adabiyotlar:
1. J. Jalolov “Chet tili o‘qitish metodikasi” 148-155 bet
2. M. V. Lyaxoviskiy “Metodika prepodavaniya inostrannix yazikov” M. str.
1986
3. P. S. Kuznesov «O prinsipax izucheniya grammatiki» M. 1961. str. 17-30
4. N. B. Sokolova «Obuchenie grammatiki v sredney shkole i v VUZe» . M.
1979. str. 19
25
Ma’ruza № 5
Leksikani o‘qitish (arab tioi misolida)
Darsning o‘quv maqsadi: yangi so‘zni kiritish usullari, leksik malakani
shakllantirish, yangi leksikani berishda jadval va chizmalardan foydalanishning
ahamiyati, leksikani o‘zlashtirishning bosqichlari, chet tilida muloqotga olib
kiruvchi nutqiy tarbiya haqida tushuncha berish.
Tayanch so‘zlar
lug‘at tarkibi kontekst
til mavzusi ko‘rgazma
metod illyustrativ ko‘rgazma
leksik birlik leksik malaka
so‘zlarni ifodalash semantizatsiya
nutqm analizaiorlari avtomatizatsiya
birtillilikt aktivizatsiya (faollashtirish)
sinonimlar
assotsiativlik
antonimlar
ko‘pma’nolilik
definisiya
Asosiy savollar:
1. Yangi so‘zlarni kiritish metodi
2. Leksik malakani shakllantirish
3. Leksik birliklarning semantizatsiyasi
4. Leksik malakaning takomillashuvi
Leksika, lug‘at tarkibi – bu tilga tegishli mavzu (masala, aslida: materiya)dir.
Nutq leksikasiz mavjud bo‘lishi mumkin emas (mavjud bo‘la olmaydi);
grammatika o‘zida asosan nutqdagi ma’no tashuvchi so‘zlarning o‘zaro munosabat
va aloqasini aks ettiradi. Biz tilning leksikasi haqida gapirganimizda, uning butuy
lug‘at tarkibini nazarda tutamiz, odatda taraqqiy etgan tillarda mazkur tarkib keng
ko‘lamli va boy ekanligi ko‘ramiz (ko‘rishimiz mumkin). Arab tili eng boy
leksikali tillar sirasiga kiradi.
Yangi so‘zlarni kiritish metodlari
Yangi so‘zlarni kiritish usullari qanday bo‘lishi lozim? Bu savol barcha o‘qitish
jarayonlari uchun muhim hisoblanadi. Yangi so‘zlarni rasional kiritish orqali biz
quyidagilarni tushunamiz:
1. Yangi so‘zlar keskin ravishda cheklangan miqdorda kiritilishi lozim. 3-4-
sinflarda bir dars uchun 5-7 dan ortiq bo‘lmagan so‘zlarni, keyinroq o‘quvchi
ongiga og‘irlik qilmasligi va bu holat doimiy davom etishi uchun 8-12 tadan ko‘p
bo‘lmagan so‘zlarni bir dars davomida berib borish lozim. Bir dars davomida
26
berilgan so‘zlarni keyingi darsda takrorlash yana ham afzalroqdir (yana ham yaxshi
natija beradi).
2. Yangi so‘zlar doimo boshqa so‘zlar bilan, (yoki) tekst yoki ma’no jihatidan
birlashgan so‘zlar guruhi bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘lishi lozim.
3. Yangi so‘zlar chindan ham kerakli (zarur) va dolzarb bo‘lishi kerak.
Lug‘atning kengayishi dastlab kiritilgan, ko‘p qo‘llaniladigan hamda barchaga
majburiy bo‘lgan so‘zlarning yo‘q qilib borish evaziga amalga oshiriladi.
4. Yangi so‘zlarni qabul qilish o‘quvchining yosh xususiyatlariga muvofiq
kelishi lozim.
O‘qitishning dastlabki yillaridagi o‘zlashtirilgan so‘zlar tematikasi
quyidagichadir:
A) Eng oddiy maishiy masalalari (bu yerda: mavzulari): sinfxonalar, maktab,
oila, tabiat (yil fasllari, ob-havo, landshaft elementlari, o‘simlik va hayvonot
dunyosi haqida ma’lumot), ona shahar, sport va o‘yinlar, ustaxona buyumlari (bu
yerda: masterskaya lug‘atda ishxona, ustaxona), maktab hovlisi va qishloq
xo‘jaligida ish, dunyo mamlakatlari, kino, radio, oynai jahon.
B) Kundalik muloqot formulalari: salomlashish, xayrlashish, iltimos va uning
javobi, murojaat, minnatdorchilik, uzr so‘rash, taklif etish, tanishish, tabriklash.
V) His-tuyg‘u va modalnost (lug‘atda: so‘zlovchining nutqi mazmuniga
munosabatni bildiradi), ta’kidlash, ma’qullash va qoniqish, tanbeh va qoniqmaslik,
hayratlanish, ishonchlilik, ikkilanish, zaruriylik.
Yangi so‘zlarni qaysi usul bilan kiritish lozim? Bevosita usul bilanmi yoki
bilvositami? Bu xususda ilgaridan beri munozaralar davom et(ib kel)adi: mazkur
savol XX asrning 80-yillarida ko‘tarilgan edi, xalqaro Parij chet tillari
o‘qituvchilar(i) kongresi (1930 y) ham bu masalani kun tartibiga kiritib aniq
bo‘lmagan natijaga erishdi: barcha usullar agar (ko‘zlangan) natijaga olib borsa,
yaxshi va to‘g‘ridir degan xulosa bilan munozaraga nuqta qo‘yish lozim.
Chet tillarini o‘qitishning avvalgi metodikasida tarjima qilish so‘z ma’nosini
ochishdagi eng asosiy usul hisoblanar edi. Chet tilini o‘rganish o‘rganilayotgan
tildan o‘z tiliga yoki aksincha usul bilan tarjima qilish orqali amalga oshirilar edi.
XIX asr oxirida bir qator metodist (mutaxassis)lar quyidagi holatni o‘rtaga
tashladilar: “Yangi chet tilidagi so‘zni o‘z tiliga tarjima qilishda biz yo‘l hosil
qilamiz: chet tili so‘zi-o‘z tilimizdagi so‘z-tabiiy va bevosita bo‘lmagan deb
ko‘rilgan tushuncha; yagona tabiiy yo‘l o‘laroq chet tilidagi so‘z –bevosita
assotsiatsiya o‘rtacha bo‘lmagan tushuncha, ya’ni yo‘ldir”.
Bu fikr ongning real jarayonlariga mavofiq kelmaydi. Ona tilining bosqichma-
boskichini bosib o‘tish, har holda o‘qitishning dastlabki yillarida mumkin
bo‘lmagan holat. Zero kishi o‘z tilida fikr yuritadi va chet tilini ona tili yordamida
o‘rganish usiz o‘rganishdan anchagina o‘rinlidir.
“Bevosita” metodi XIX oxiri XX asr boshlarida so‘z ma’nosini ochish usulida
ona tilini chetlagan holda, uning yordamisiz o‘rganish kabi juda ko‘plab seriyalar
paydo bo‘lishiga olib keldi. Bunday usullar (seriyalar) orasida ko‘rgazmali
qurollar, narsani ko‘rsatib namoyish qilish (usuli) birinchi o‘rinda turadi.
Biz tamoman qarama-qarshi nuqtai nazarga asoslandik -- yangi so‘z
ma’nolarini ochishda ona tilimiz bizning do‘stimizdir. U biz uchun doim asosiy
27
yordamchi, ko‘rsatish orqali tushuntirib bo‘lmaydigan yoki boshqa usullariga
tushmaydigan so‘zlar ma’nosini ochishdagi tabiiy yo‘ldir.
Tarjimaga ruxsat berish (tarjimani qabul qilish) bilan birga biz tarjima
qilinmaydigan, ko‘rgazmali usulni ma’no ochishdagi to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaymiz.
Tarjima qilinmaydigan semantizatsiyani qabul qilishning barcha usullari –
kartinkalar, buyumlar va harakatlar namoyishi, sinonim va antonimlarni qo‘llash-
yagona umumiy xususiyatga egadir: ular o‘quvchining tafakkuri va topqirligini
uyg‘otadi, ya’ni mazkur xususiyatlarni faollashtiradi, eshitilgan birinchi so‘zlar
ma’nosini tushunish uchun iroda va diqqatni jamlashga majbur etadi. Albatta, bu
usulga to‘laqonli ishonib bo‘lmaydi. Shunday hollar ham bo‘lganki, xatto oddiy,
konkret so‘zlar to‘g‘ri tushunilmagan.
Bundan quyidagi prinsiplar kelib chiqadi:
1.
Biror buyumni namoyish etganda uni aniq, yaqqol, keskin ishora
bilan tushuntirish.
2.
Hech qachon birgina usul bilan cheklanib qolmaslik; doimo bir
necha usuldan foydalanish.
3.
Yangi so‘zni ona tiliga tarjima qilish orqali tushunishni nazorat
qilish. Bu tarjima o‘qituvchidan farq qilmasligi lozim.odatda u o‘z-o‘zidan ....
So‘zning tushuntirlishini tinglab, tasvir yoki buyumni ko‘rib o‘quvchilar so‘zning
ona tilidagi ma’nosini baralla aytadilar. Agar bunday reaksiya kuzatilmasa,
o‘qituvchi ulardan so‘rashi kerak: “Bu ona tilimizda nimani bildiradi?” javob
bo‘lmagan taqdirda o‘zi tarjima qilish lozim bo‘ladi.
So‘zlarni mustahkamlashda quyidagilarni yodda tutish lozim:
A) Berilgan so‘z mashqda qancha ko‘p uchrasa, shuncha ko‘p yodda qoladi.
B) Yangi so‘zni kiritayotganda, uni tushunish va tez-tez qo‘llash zarur.
Har bir darsda yangi so‘zlarni alohida daftarga-lug‘at daftarga yozib olish
zarur. Goh-goh (bir oyda ikki martadan kam bo‘lmagan holda) o‘qituvchi
umumlashtiruvchi darslarni olib borishi lozim, unda o‘quvchilar o‘zlarining
yodlagan so‘z zaxiralarini qaytarishlari ko‘zda tutiladi. Bunday darslarda
o‘qituvchi o‘quvchilarning barcha so‘z zaxiralarini harakatga keltira olishi
maqsadga muvofiq keladi. Buning uchun balki barcha yod olingan so‘zlarni
doskaga yozish yoki sukut saqlagan holda musobaqa qilish, 20 daqiqa ichida kim
ko‘proq so‘z yozadi. Yozilganlar yuyuzasidan so‘roq o‘tkazish lozim bo‘ladi.
Bular tezgina qisqa tarzda o‘tkaziladigan majlis (“letuchek”) xarakteriga ega
bo‘lishi kerak. Mazkur so‘roq o‘tkazish darslari lug‘atdagi katta hajmdagi
so‘zlarni o‘z ichiga olmasligi shart, unda so‘nggi 2-3 darsda o‘zlashtirilgan so‘zlar
yuzasidan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yangi leksika kiritish usullari
O‘quvchining leksik bilimini oshirishda o‘qituvchi uni o‘rgatish usullarini
bilishi, va uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni oldindan ko‘ra bilishi
lozim.
Leksikani o‘zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda, o‘quvchilar keyingi darsa nimani o‘qishlarini hali
bilmaganlarida o‘qituvchi yangi tekstdan yodlanishi lozim bo‘lgan yangi so‘zlarni
aniqlab oladi. Agar dars oxirida o‘quvchilar yangi so‘zlar ma’nosini o‘zlashtirsalar,
28
o‘qituvchi nutqida uni anglasalar, u so‘zlarni yozib olishlari va eng asosiysi ularni
o‘z gaplarida qo‘llashlari birinchi bosqichning maqsadiga erishilgan bo‘ladi.
Navbatdagi bosqich – leksik malakani amalda qo‘llash. Asosan og‘zaki yod
olingan so‘zlar yangi kontekst, yangi insholarda ko‘zda uqib olinadi. Bu kabi
tekstlar qancha ko‘p bo‘lsa, leksik malaka shuncha mustahkam bo‘ladi. Nihoyat,
so‘zlar samarali so‘zlashishda o‘z fikrlarini ifodalash uchun o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilgan va qo‘llangan vaziyatlardan ajratib olinadigan vaqt
yetadi.
Birinchi bosqichda odatda ishning uch asosiy turi mavjud:
1.
Chet tilidagi muloqotga olib kiruvchi nutqiy tarbiya, nutqiy tayyorgarlik
2.
Yangi so‘zlar, ularning ma’nosi (semantizatsiya) bilan tanishtirish
3.
Leksik birliklarning avtomatizatsiyasi
Nutqiy tarbiya va nutqiy tayyorgarlik orasida ko‘p umumiylik bor: ikkovi ham
dars avvalida chet tilidagi muloqot uchun unga mos muhitni hosil qilishga
qaratilgan hamda tuzilishi va dars olib borish texnologiyasi bir xil bo‘lishi
mumkin. Faqat nutqiy tayyorgarlikning bir muhim, zarur belgisi mavjud- uning
materiali (so‘z, model) doimo dars materiali bilan bog‘liq: uni o‘quvchilar yodiga
solish muvaffaqiyatli ish uchun zarurdir.
Leksik birliklarning semantizatsiyasi
Semantizatsiya so‘z ma’nosini ochish jarayonining o‘zidir. Semantizatsiya
usullarini arab tili misolida ko‘rib chiqamiz:
1.
Sinonim va antonimlar.
Usul birtillikdir. So‘zni bilishni shart qilib qo‘yadi, shuning uchun boshlang‘ich
bosqichda biroz noqulaylik tug‘diradi. Arab tili sinonimlarga boy til bo‘lganligi
sababli, bu usulni oson qabul qilish mumkin.
2.
Definisiya. So‘zning ma’noga tegishli, tushunarli tabiatini birinchi
bosqichda ochib berish juda zarurdir.
3.
Kontekst. Tarjimani o‘z ichiga oladi, agar tekst bir tillik bo‘lsa, so‘z
ma’nosini tushunish aniqligini ta’minlaydi. So‘zlarni iboralarda, nutqda ko‘rsatadi.
Topqirlikni rivojlantiradi. So‘zlar orasidagi assorts o‘rnashishiga yordam beradi.
4.
Illyustrativ ko‘rgazma (naglyadnost)dan foydalanish(.) Tarjima qilishdan
voz kechish imkoniyatini beradi, so‘zlar yodda qolish, shuningdek, so‘zlar bilan
uning tasviri orasidagi aloqaning shakllanishiga imkon beradi (ga layoqatni
oshiradi).
5.
Ona tiliga tarjima qilish. Ancha eskirgan, keng tarqalgan usul bo‘lib,
aftidan uning sodda va qulayligi bilan bayon etiladi.
6.
Tushunchalar ifodasi. (tolkovanie)
7.
Bu til o‘rganuvchilar tilida mavjud bo‘lmagan bir qancha tushunchalarni
ochish uchun qulay usul hisoblanadi.
Asosiy diqqatni harakatga keltiruvchi mustahkamlashga qaratish lozim. Yodda
saqlab qolish doskadan ko‘chirish bilan emas, balki diktant orqali amalga
oshirilishi juda muhim. Bunday ishlashning afzalligi quyida ko‘rinadi:
A) Barcha nutq analizatorlarlari (eshitish, qaytarish, yozib olish, o‘qish)
ishlaydi
B) Audirovanie rivojlanishi kuzatiladi
29
V) Ongli tushunish, iroda va xotira.
II Leksik birliklarning avtomalashuvi
Avtomatizatsiya leksik malakaning shakllanish, nutqda va nutq uchun
so‘zlarning o‘zlashish jarayoni hisoblanadi. So‘zlarning avtomatizatsiyasi so‘zlarni
yaxshi bilish (layoqatining) malaka darajasiga yetib borishini ko‘zda tutadi (so‘zni
yodga olish va boshqasi bilan solishtirish).
Asosiy qiyinchilik leksik birliklarni nutq va vaziyatga moslab qo‘llashda
ko‘rinadi.
Nutq jarayonida so‘zlovchi so‘zlarni birlashtirishda o‘z harakatilarini o‘ylab
olishga vaqt topmaydi. Shuning uchun:
A) So‘zlar orasidagi assotsiativ aloqa
B) O‘rganuvchida leksika va yuzaga kelib turgan vaziyat orasidagi aloqani
shakllantirish lozim bo‘ladi.
Birinchi bosqichda “.. ni qo‘ying”, “...ni tuzing” kabi va shunga o‘hshash
mashqlarni bajarish lozim qilinadi. Ishda leksik malakani shakllantirish uchun
quyidagi stadiyalarni lozim tutish mumkin:
1.
So‘zni nutqdagi funksiya jarayoninida qabul qilish
2.
So‘z ma’nosi (semantizatsiya) ni anglash, uqish
3.
So‘zni nutqda qo‘llash (imitatsiya)
4.
Ifodalash (narsani nutqiy zarurlik (nutqda lozim bo‘lgan vaziyat)da eslay
olish
5.
Kombinatsiya qilish (avval o‘zlashtirilgan so‘z bilan yangi so‘zni
umumiylashtirish)
6.
(Amalda) qo‘llash
Cheksiz birlashish imkoniyatiga va birlashishni cheklangan imkoniyatga ega
so‘zlar mavjud.
1. Uhlamoq, ko‘cha, bugun مويلا عراش مان
2. Tanishmoq, uchrashmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |