فرعت لباق
Avval so‘zlarni o‘qib chiqish, yozib olish, tekshirish (analiz qilish), solishtirish.
So‘ng imkon doirasidagi so‘z birikmalari bilan puxta egallash, jadval tuzish.
م ! دحاو ناسنلاا !
ارخؤ
دق ! ديدجلا دلبلا ! تفرعت
نامز نم ! ةلولدلا !
So‘ng ona tilidan tarjima qilish, jumlalar tuzish. Nihoyat, savollarga javob
berish. Quyidagi tarzda davom etish:
So‘z—so‘z birikmasi—gap—nutq.
Jadvaldan foydalanib, o‘quvchi so‘zlarni bir-biriga bog‘lab gapirib berishi yoki
savollarga javob berishi mumkin.
Demak, arab tilini o‘rganishda leksik jihat ustida ish olib borganda
quyidagilarni: (demak arab tilini leksik jihatdan o‘rganishda quyidagilar:
1.
Og‘zaki ilgarilash (ketma-ketlik) prinsipini e’tiborga olish: leksik
malakani tekst ustida ishlashga qadar shakllantirish.
2.
Alohida bir so‘z ustida emas, kontekst ustida ishlash.
30
3.
Leksik birliklarning o‘zaro muvofiqligiga alohida e’tiborni qaratish.
4.
Har bir so‘zni analizatordan o‘tkazish.
5.
O‘quvchi yoshidan kelib chiqib maqsadni anglagan holda
illyustrativ va til ko‘rgazmalaridan foydalanish.
6.
Qo‘yilgan masadga munosib mashqlarni aniq tanlash.
7.
Leksik
birliklar
kombinatsiyalashiga
va
maksimal
qaytariluvchanlikka erishish
8.
So‘zlarni bilish darajasini tekshirish savol-javob bilan emas,
o‘qituvchi bilimiga ko‘ra amalga oshirish.
9.
Bir dars davomida (ko‘pma’noli) so‘z ma’nosini o‘zlashtirish lozim
bo‘ladi.
O‘qituvchining yangi leksikani tushuntirishga tayyorgarligi quyidagiga olib
keladi:
1.
Yangi
leksikaning
(shakli,
ma’nosi,
qo‘llanishidagi)
qiyinchiliklarini tekshirish maqsadida analiz (tekshiruv) va shunga muvofiq tarzda
qiyinchilikka ko‘ra guruhlashtirish o‘tkaziladi;
2.
Yangi so‘zlar dozirovkasi va ular bilan tanishtirishni
tashkillashtirish shakli aniqlanadi;
3.
Leksikaning semantizatsiyalash usullari va uni induktiv yoki
preduktiv bayon etish yo‘li aniqlanadi;
4.
Har bir alohida so‘zga izoh beriladi va illyustriv material
tanlanadi;
5.
birlamchi (dastlabki) mashq uchun mashq va mavzu turi
aniqlanadi.
Savollar:
1.
Yangi so‘zlarni kiritishning qanday metodalarini bilasiz?
2.
Yangi so‘zlarni mustahkamlashda nimalarni yodda tutish lozim?
3.
Nutqiy tarbiya va nutqiy tayyorgarlik deganda nimani tushunasiz?
4.
Leksik birliklarni semantizatsiyalash va avtomatizatsiyalash deganda
nimani tushunasiz?
Adabiyotlar:
1. Ye. I. Passov “Osnovi metodiki obucheniya inostrannim yazikam”, M.,
1977. str. 144-148
2. B. Z. Xalidov «Uchebnik arabskogo yazika»
3. J.Jalolov «Chet tilini o‘qitish metodikasi». T. 1996. 128-148-betlar.
31
Ma’ruza № 6
Arab tili darslarida yangi
pedtexnologiya usullaridan foydalanish
Darsning o‘quv maqsadi: yangi pedtexnologiyning ta’limdagi roli va
hamiyati, ilg‘or pedagog olimlarning yangi pedtexnologiya haqidagi fikrlari, yangi
pedtexnologiyning paydo bo‘lish tarixi, innovatsoin – o‘qitishga hos bo‘lgan
yangicha yodoshuv, yangi pedtexnologiya usullarini arab tili darslari jarayonida
qo‘llashning o‘ziga hos hususiyatlari, pedtexnologiya usullarining samaradorligi,
ochiq dars o‘tish metodikasi haqida ma’lumot berish.
Tayanch iboralar:
1) yangi pedtexnologiya predmeti;
2) yangi pedtexnologiya ta’rifi;
3) o‘yin uslubi;
4) texnologik karta.
Asosiy savollar:
1) yangi pedtexnologiya tushunchasi;
2) yangi pedtexnologiya tushunchasi haqoda rus olimlarining fikrlari;
3) innovatsiya usuli izofa;
4) “Ochiq dars” ga qo‘yiladigan talablar;
Hozirgi paytda yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi, mazmuni va
vazifalari haqida ko‘p olimlar izlanishlar olib bormoqdalar. Chunki u progressiv
g‘oyaning tarafdorlari uning mohiyatga katta baho beryaptilar va unga barcha
o‘quv muassasalarida talab va ehtiyoj borligi haqiqat. Nafaqat Yevropa va
AQShda, balki respublikamiz olimlari ham mentalitetimiz ruhiga mos texnologik
uslublar ishlab chiqaryaptilarki, ularning bu sohadagi yutuqlarini chet ellik olimlar
ham tan olayaptilar. Quyida rus pedagog olimlarining pedagogik texnologiya
haqidagi fikrlarini keltiramiz:
Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik
natijalarga erishish uchun pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga
aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida
belgilanadi.
“Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy
texnikasi” (B.P.Bezpalko).
“Pedagogik texnologiya – rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishish
jarayoni tavsifi” (I.P.Volkov).
“Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, malakasi
va metodlar yig‘indisi” (V.M.Shepel).
“Pedagogik
texnologiya
–
pedagogik
maqsadlarga
erishishda
foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodolik vositalarda amalda
bo‘lishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi” (M.V.Klarin).
32
“Pedagogik texnologiya – o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha
ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi”
(G.K.Selevko)
V.M.Monaxovning
ta’rificha, pedagogik texnologiya – talaba va
o‘quvchilarning ularga zarur sharoit yaratish orqali o‘quv jarayonini
loyihalashtirish, tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha pedagogik faoliyatining har
tomonlama o‘ylangan modelidir. Bu satrlar muallifi haq. Yaratilgan va
yaratilayotgan yangi pedagogik usul-uslublar imkoniyatlaridan unumli foydalanib
har bir o‘qituvchi dars berishni hamda, talabalarga bilim berishni o‘zi
loyihalashtirishi, tashkil etishi lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiya qotib
qolgan, o‘zgarmas g‘oya emas, u doim rivojlanishda, yangilanishda va boyib
boradi. O‘qituvchilar uchun hozirgi fan texnika davri o‘z ustida ishlash, izlanish,
o‘z malakasini oshirib borish borasida katta imkoniyatlar yaratib berayapti. Bu
imkoniyatlardan unumli foydalanib dars berishning yangi samarali yo‘llarini izlab
topish – davr talabidir.
Hozir eslaganimizdek, yangi pedagogik texnologiyaning rivojlanishi, uning
boyib borishi har bir o‘qituvchi shaxsiy intilishiga bog‘liq. Agar o‘qituvchi
pedagogik tajribasiga tayangan holda izlansa, yangicha usul va uslublar topsa,
uning zamonaviy texnologik metodlarga qo‘shgan hissasi bo‘ladi.
Biz faqat iste’molchi o‘qituvchi bo‘lib qolmasdan balki boshqalarni ham
pedagogik izlanishimiz natijasi bo‘lmish – yangi usul va uslublar bilan ta’minlab
turishimiz lozim. Buning uchun XX asrning 60 – yillarida G‘arbiy Yevropa va
AQSh olimlari tomonidan yaratilgan yangi pedtexnologiya mazmuni va maqsadini
obdon tushunib olishimiz, ularning mohiyatiga e’tibor berib o‘rganishimiz kerak
bo‘ladi. Kim bu sohada ko‘p o‘qib o‘rgansa, unda yangi usullar yaratishga
imkoniyat tug‘iladi, o‘qitishning yangi qirralarini ochib berishga ilhom
bag‘ishlaydi.
Aslini olganda, yangi pedtexnologiya – bu o‘qishga o‘ziga xos bo‘lgan
yangicha (innovatsiya) yondoshuvdir. Pedtexnologiyani yaxshi o‘zlashtirgan
pedagoglar uchun bu usulning an’anaviy usulga ko‘ra samarali ekanligi ma’lum.
Shunday ekan, pedagoglar uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda
pedtexnologiyani o‘zlashtirish va uni amalda qo‘llash zarurligini bildiradi. Tarbiya
jarayonining texnologik muammolarini yechishda har bir tarbiyachi o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadiga erishish yo‘lini o‘tashi, vaqti-vaqti bilan dolzarb bosqichlar
orasida faoliyatini nazorat qilib, kuzatishlar kiritib borishi zarur. Dolzarb nuqtalar
orasida har bir pedagog muayyan sharoitda, bor imkoniyatlardan foydalanib, ijodiy
faoliyat olib borishi talab etiladi.
Yangi pedtexnologiya imkoniyatlaridan unumli foydalanish birinchidan,
o‘qituvchiga katta mas’uliyat yuklasa, ikkinchidan, dars mavzuini tushuntirishda
o‘qituvchiga ko‘p qulayliklar yaratadi. O‘qituvchi yangi pedtexnologiyaning
mazmuni, mohiyati va uning maqsadini yaxshi tushuna bilishi va uning usullarini
dars jarayoniga olib kirishi hamda uni mavzularni tushuntirishda qo‘llay bilishi va
tadbiq qilishi muhimdir.
Biz quyida arab tili darslarida yangi pedtexnologiya vositalaridan foydalanish
usullaridan namunalar beramiz.
33
Yangi pedtexnologiya usullarini arab tili darslari jarayonida qo‘llash o‘ziga xos
xususiyatlariga ega. Bu narsa arab tilining fonetik, morfologik va sintaktik o‘ziga
xosligidan kelib chiqadi. Shuning uchun arab tili darslarida yangi pedtexnologiya
usullarini tatbiq etish uchun yaratilgan chizma, jadvallar, tarqatma didaktik
materiallar o‘zining qo‘llanilishiga ko‘ra boshqa tillardan farq qiladi. Masalan,
arab tilida ikkita jinsning mavjudligi, kelishiklar sonining faqat uchtaligi, ikkilik
sonining mavjudligi, birlikdagi so‘zlarni ko‘plikka aylantirishda so‘zning jonli
(shaxs) yoki jonsiz (narsa-predmet) bo‘lishligini alohida e’tiborga olish zarurligi
ko‘rgazmali qurollar yaratishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Biz yaratgan quyidagi chizma, jadvallar va didaktik materiallar turlicha bo‘lib,
ularni o‘quvchilarga berishdan avval kitobdagi mazkur materialning ko‘chirma
nusxasi (kserokopiyasi) olinib keyin o‘quvchilarga tarqatiladi. Ba’zi jadvallarni
katta qog‘ozga yirik harflar bilan yozib, undan doim foydalansa bo‘ladi.
Ko‘rgazmali qurollar namuna sifatida 4-5 so‘z bilan boshlab qo‘yilgan. Uning
davomini o‘qituvchilarning o‘zlari to‘ldirib, so‘ngra uni o‘quvchilarga tarqatadilar.
Ba’zi jadvallarda yangi so‘zlar ko‘p berilgan. Ulardan foydalanishdan avval
o‘qituvchi undagi noma’lum so‘zlarni o‘quvchilarga yod oldirishi lozim. Bunda
kitobning oxiriga ilova qilingan arabcha-o‘zbekcha lug‘atdan foydalanish lozim.
Masalan, “Sinonim, antonim so‘zlarni toping”, mashina, elektr asboblari,
mutaxassisliklar, hayvonlar, uy jihozlari, qushlar haqidagi jadvallardan
foydalanishda ana shu uslubni qo‘llash kerak. Yoki “Arab mamlakatlarining davlat
rahbarlari, poytaxtlari, pul birligi” haqidagi ko‘rgazmani dars jarayonida
qo‘llashdan avval o‘quvchilarga 22 ta arab mamlakatlari geografik o‘rni, poytaxti,
davlat tuzumi, davlat rahbarlari, pul birligi kabi ma’lumotlar o‘quvchilarga
yetkazilgan bo‘lishi lozim. Shundagina o‘qituvchi foydalanayotgan vositalar naf
beradi. O‘qituvchilarning yangi texnologik usul-uslublardan to‘g‘ri foydalanib dars
o‘tishlari oson bo‘lishi uchun, biz ba’zi mavzularning “Texnologik karta”sini
tavsiya etdik. Unda dars jarayonining barcha etaplari bayon etilgan. Har bir
o‘qituvchi dars o‘tishdan oldin o‘tmoqchi bo‘lgan mavzusining “Texnologik
karta”sini tayyorlashi lozim va uni maktab ilmiy ishlar bo‘lim mudiriga ko‘rsatib
tasdiqlatib olishi kerak. Agar dars “ochiq” deb e’lon qilingan bo‘lsa
5
, “Texnologik
5
Замонавий технологик услубларни дарсга татбиқ этиш жараёни бошланиши билан энди мазкур янгича
усуллардан дарсда фойдаланиш борасида “очиқ дарслар” ўтказиш одат тусига кириб бораяпти. Шунинг
учун биз қуйида ана шундай дарсларга тайёргарлик кўриш, унинг вазифаси ва ундан кўзланган мақсад
ҳақидаги мулоҳазаларимизни билдирмоқчимиз. Аслини айтганда, очиқ дарс ҳам оддий-ҳар сафаргидек дарс.
Лекин у кундалик дарслардан баъзи томонлари билан фарқ қилади. Очиқ дарсда мазкур соҳанинг у ёки бу
йўналиши бўйича янги усул ва услубларни дарсга татбиқ этишни намойиш қилишга бағишланади. Бу билан
биринчидан, ўқитувчи замонавий методикадан қай даражада маълумотга эга эканлигини кўрсатади.
Иккинчидан, унинг очиқ дарсига кузатиш учун кирган ўқитувчилар учун ҳам фойдадан ҳоли эмас. Айниқса,
ёш ўқитувчилар бундай дарслардан анча методик малакага эга бўлиб чиқадилар. Учинчидан, дарс
ўтказилган синф ёки курс ўқувчи-талабалари янги-прогрессив методика бўйича билим олиб фойда
кўрадилар. Мазкур очиқ дарсга алоҳида тайёргарлик кўриш керак бўлади. Чунки бу дарсни бошқа
ўқитувчилар атайин кузатгани кирадилар. Улар яхши ният билан бу дарсдан бирор методик янгилик, наф
олгани кирадилар. Дарсга тайёргарлик кўриш жараёнида қуйидагиларга алоҳида эътибор бериш керак:
1.
дарс этапларини тўғри тақсимлаш;
2.
ҳар бир дарс этапларини нимага бағишлашни аниқ билиш керак;
3.
ўтилган мавзуни сўраш учун кўргазмали воситаларнинг тайёрлиги (тарқатма-дидактик материаллар,
янги педтехнологик усуллар, технологик ўйинлар);
4.
ўқувчи-талабалар фаолиятини активлаштириш учун воситаларнинг ҳозирлиги;
34
karta” har bir darsga kuzatish uchun kirgan o‘qituvchilarga tarqatib beriladi.
Mazkur texnologik kartada darsning etaplari berilgan. Undagi “Maqsad, vazifalar”
qismiga o‘qituvchi mavzuni o‘tishdan maqsadi, bu mavzuni o‘tishda o‘quvchiga
nimani taqdim etajagini, uni o‘zbek tili bilan qiyoslab o‘rganish haqidagi fikrni
bayon etadi. “O‘quv jarayonining mazmuni” xonasiga yangi mavzuning asosiy
qoidalari misollar bilan beriladi. “O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi”
qismida mavzuni tushuntirishda o‘qituvchi qaysi zamonaviy pedtexnologiya
uslublaridan foydalanishi va uni dars jarayoniga tatbiq etish yo‘llari bayon etiladi.
“Kutiladigan natijalar” qismida shu mavzuni o‘tishdan talabalar nima oladilar,
qanday naf ko‘radilar, ya’ni darsni mustahkamlash etapida mazkur yangi mavzu
yuzasidan berilgan savollarga tinglovchilardan javoblar kutadi. Va nihoyat,
“Kelgusi rejalar” xonasiga o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni tahlil
qilishlariga, mavzu haqidagi ularning shaxsiy mushohadalari va xulosalari haqida
fikrlarni yozib qo‘yadi.
TEXNOLOGIK KARTA
Mavzu:
“So‘z turkumlari”
Maqsad, vazifalar
Arab tilida “So‘z turkumlari”ni bilib olish. So‘zlar
asosan nechta turkumga bo‘linishini va ularning arab
tilidagi nomlarini bilish.Ism va fe’l turkumidagi
so‘zlarning grammatik kategoriyalarini bilish.
O‘zbek tilidagi so‘z turkumlari bilan qiyoslash.
O‘quv jarayonining
mazmuni
Arab tilida so‘zlar uchga bo‘linadi. Fe’lning
barcha zamonlari va mayllari, nisbatlari bo‘lishli va
bo‘lishsiz shakllari – “Fe’l” turkumiga kiradi; aniqlik
artikli, predloglar, yuklamalar, yordamchi so‘zlar –
“Harf” turkumiga; qolgan so‘zlar – “Ism” turkumiga
kiradi.
O‘quv jarayonini
amalga oshirish
texnologiyasi
Metod: “Charxpalak” va “Loyiha” texnologiyasi.
Shakli: Leksiya, suhbat, mustaqil ish:
Yakka holda va guruxda.
Vosita: Tarqatma materiallar, doska, marker,
multimediya...
5.
ўқитишнинг техник воситаларининг тахтлиги;
6.
ўтилган мавзунинг янги мавзу билан узвий боғлиқлигини кўрсатиш;
7.
доскадан унумли фойдаланиш;
8.
уй вазифасини беришда талабаларнинг мустақил таълимини кўзда тутиш ва унинг ижобий
бажарилишига эътибор бериш;
9.
дарснинг охирида ўқувчи-талабалар жавобларини шарҳлаб баҳолаш, уларни рағбатлантириш
Очиқ дарсни кузатувчилар нималарни кўришни хоҳлайдилар?
- ўқувчи - талабаларда ўқув-предмети бўйича билим, кўникма – малакалар қай даражада шаклланган ва
уларни амалдаги вазифаларни ечишга қўллай олишлари;
- ўқувчи – талабаларнинг мустақил фаолиятлари;
- турли хил метод ва шаклларнинг қўлланиши( метод ва шаклларни мақсадга мувофиқ танланганлиги);
- дарс жараёнида ўқувчи – талабалар фаолиятини ўзгариб туриши, хилма – ҳиллиги;
- дарс жараёнидаги ишларнинг жадаллиги;
- предметлараро боғлиқлик;
- ўқитувчининг аудиториядаги мухитни ва вазиятни бошқара олиши
35
Usul: Aktiv va interaktiv.
Nazorat: Samaradorligini nazorat qilish va o‘z –
o‘zini nazorat qilish.
Baholash: 5 – ballik reyting.
Kutiladigan natijalar
Talabalar mavzuni tushunib so‘z turkumlarini
ajrata olishlariga erishish, keyingi mavzularga
mustahkam asos bo‘lishi, shu fanga bo‘lgan
qiziqishlarini so‘ndirmasdan, uni yanada oshirishga
harakat qilish.
Kelgusi rejalar
(Tahlil, o‘zgarishlar)
Kelgusida shu mavzuni yanada yoritib
kategoryalarga to‘xtalib, ularni tushuntirishda
innovasion texnologiyalardan foydalanish.
Arab tilida “Ismiy jumla” mavzusini o‘tish texnologik kartasi quyidagicha:
Mavzu:
“Ismiy jumla”
Maqsad va
vazifalar
Ularni og‘zaki va yozma ishlata olish. Arab tilidagi ismiy
jumlaning o‘zbek tilidagi ot-kesimli gapga o‘xshashligi va
tafovutlarini tushuntirish. Ismiy jumlaning turlari, ega va kesim
qoidalari haqida ma’lumot berish.
O‘quv
jarayonining
mazmuni
Arab tili darsligidan yangi so‘zlarni yodlash, tekstni o‘qish
va tarjima qilish, savollarga javob berish. Arab tilidagi
gazetadan maqola tarjima qilish. Yangi mavzuni
o‘zlashtirilishiga e’tibor berish.
O‘quv
jarayonini
amalga oshirish
texnologiyasi
Metod: “Charxpalak” va “Loyiha” texnologiyasi
Shakli: Leksiya, suhbat, mustaqil ish. Yakka holda va
guruhda.
Vosita: Tarqatma materiallar, doska, marker, ko‘rgazma
vositalari...
Usul: aktiv va interaktiv
Nazorat: Samaradorligini nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat
qilish
Baholash: 5 ballik reyting.
Kutiladigan
natijalar
Talabalarda og‘zaki nutqni o‘stirish ko‘nikmalarini hosil
qilish, o‘qish va tarjima qilish mahoratini oshirish. Yangi
mavzuni keyingi darsda tushuntira olish.
Kelgusi
rejalar (tahlil va
o‘zgarishlar)
O‘tilgan tekst va maqolalarni gapirib berish, o‘tilgan
mavzuni mustahkamlash va to‘g‘ri ishlata olish.
Asosiy adabiyot manbalari:
4.
J. Jalolov. “chet tilini o‘qitish metodikasi”, “O‘qituvchi” nashriyoti.
1996. 14-bet
36
5.
N. I. Gez: M. V. Lyaxovskiy: A. A. Mirolyubov “Metodika obucheniya
ni. Yaz. V sredn. shkole”: M, 1982. 4-21-bet.
6.
Gurevich P. B. “ K voprosu o spesifike metodiki prepodavaniya in. Yaz-
kov kak nauki” - in. Yaz. V shkole, 1967, №3
Savollar:
1) rus pedagog olimlarining yangi pedtexnologiya haqidagi fikrlarini aytib
bering;
2) yangi pedtexnologiyani arab tili darslarida qo‘llash yo‘llarini ayting‘
3) darsning “texnologik kartasi to‘g‘risida” gapiring;
4) “Ochiq darsni” siz qanday o‘tkazasiz?
Ma’ruza № 7
Arab tili darslarida o‘quv o‘yinlaridan foydalanish
Darsning o‘quv maqsadi: arab tili darslarida o‘quv o‘yinlaridan foydalanish,
o‘quv o‘yinlarining darsdagi o‘rni va vazifasi, pedagogig olimlarining o‘quv
o‘yinlari haqodagi fikr-mulohazalari, o‘yinlarni o‘tkazish prinsiplari, o‘yinlarning
tarbiyaviy vazifasi, o‘yinning didaktik maqsadi, o‘yin davomiyligining bosqichlari,
o‘yinni guruhlarda yashkil etish, o‘yinda eksperementga e’tibor berish kabi
tushunchalarni shakllantirish.
Tayanch iboralar:
1) o‘quv o‘yini;
2) didaktik maqsad;
3) o‘yinning funksiyalari;
4) kommunikativlik;
5) tashhis;
6) o‘yinning maqsadi.
Asosiy savollar:
1) o‘yinlarning tarbiyaviy vazifasi;
2) shaxsning o‘zini-ozi nomoyon qilishida o‘yinlarning vazifasi;
3) o‘yinning didaktik maqsadi;
4) o‘yinga ehtiyoj.
Bolalar yoshligidan turli o‘yinlar bilan shug‘ullanib keladilar. O‘yin –
bolalarning hayotiy ehtiyojiga aylangan soha desak xato qilmagan bo‘lamiz,
chunki o‘yinning bola tarbiyasidagi o‘rni, uning tarbiyaviy ahamiyati katta. O‘yin
yosh tanlamaydi, deyiladi. Haqiqatan ham, qaysi yoshdagi kishiga biror o‘yin tak-
lif etilsa, imkoni boricha unga qatnashish xohishini bildiradi. O‘yin – faqat
o‘yinning o‘zginasi emas. O‘yin ta’lim – tarbiyada juda boy imkoniyatlarga ega
vosita hamdir.
O‘yinni yangi pedagogik texnologiyaning eng samarali usullaridan biri sifatida
tan olinishi ham uning muhim usul ekanligidan dalolat beradi. Hozirda o‘yinli
texnologiyalar haqida ko‘p ma’lumotlar bor. Ko‘plab olimlarning bu sohadagi
37
asarlari chop etilgan. Bu kitoblarda o‘yinli texnologiya imkoniyatlaridan ta’lim–
tarbiya sohasida keng foydalanishning metodikasi ishlab chiqilgan. Ayniqsa,
fanlarni maktabda va oliy o‘quv yurtlarida o‘quvchi – talabalarga tushuntirishda
uning cheksiz imkoniyatlari borligi ta’kidlanayapti.
O‘yinli texnologiyadan foydalanishning asosini talabalarni faollashtiruvchi va
jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi.
O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra, mehnat va o‘qish bilan birgalikda
faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari
shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi
boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga
tayanadi.
O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda
faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxs o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va
takomillashadi.
D.N. Uznadzening ta’rificha, o‘yin shaxsga xos bo‘lgan ichki immanent psixik
(ruhiy) xulqi shaklidir.
L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni
o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
A.N. Leont’ev o‘yinga shaxsning hayolotidagi amalga oshirib bo‘lmaydigan
qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta’kidlaydilarki, o‘yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga
bog‘liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi.
O‘yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag‘ishlangan bo‘ladi. Ular
quyidagilar:
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
davolovchilik;
tashxis;
millatlararo muloqot;
ijtimoiylashuv;
Tadqiqotchilar nazariy aspektda o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi
sifatida qaraydilar.
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga
oshirish, natijalarni taxlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’kt sifatida o‘z
imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish
shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish
ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab
oladi.
o‘ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
38
predmetlarni, ya’ni haqiqiy narsalarni shartli, o‘yin narsalari o‘rnida
qo‘llash;
o‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida
tashkil etiladi. O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik,
tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi.
o‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy
faoliyatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va
ko‘nikmalarni
rivojlantirish,
mehnat
ko‘nikmalarini
rivojlantirish
va
kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi.
A.Tyukov fikricha, har qanday o‘yin qay tarzda loyihalashtirilishidan qat’iy
nazar, ularning har biri quyidagi talablarni bajarishi lozim:
kasbiy doira imitatsiyasi yaxlitligi, o‘yin imitatsiyasiga taalluqli bo‘lgan
tuzilma va jarayonlar asosiy voqelikni aks ettiruvchi umumiy syujet yoki asosiy
mavzuga ega bo‘lishi lozim;
mustaqil tashkil etishga yo‘nalganligi;
o‘qitishning muammoligi.
A.A. Tyukov o‘yin davriyligining quyidagi bosqichlarini qayd qiladi:
vaziyatni va muammolashtirishni tahlil qilish asnosida o‘yinning asosiy
syujet mavzusi bo‘yicha o‘yin ishtirokchisining sermahsul mustaqil ijodiy ishi;
amaliy guruhlarning ish natijalarini umumiy tanqidiy muhokama qilish;
o‘yin jarayoni va ishtirokchilar hatti-harakatlarini reflektiv tahlil qilish;
yechimni tashkil qilish bosqichi.
Ya.S. Ginzburg va N.M Koryak o‘yinning quyidagi sotsial-psixologik
xususiyatlarini farqlaydi:
guruh xarakteri;
yaratuvchilik, shartlilik;
ramziylik, utilitar bo‘lmaslik xarakteri.
Har qanday o‘yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi
yotishi kerak. O‘quv o‘yinlarini yaratish murakkabligini hisobga olgan holda har bir
yaratilgan o‘quv o‘yini barcha arab tili o‘qitiladigan maktab, litsey, institutda qo‘llash
uchun mos bo‘lishi kerak. O‘quv o‘yinlaridagi materiallar mazkur kurs rejasiga to‘g‘ri
kelishi kerak hamda o‘sha kurs darsligi mazmuniga mos tushishi kerak. O‘quv
o‘yinlariga o‘quv predmetlari asos qilib olinishi kerak.
O‘quv o‘yinlarini tayyorlashda darslikdagi ma’lumotlar o‘yin shakliga
keltiriladi. O‘quv o‘yinlari talabalarning darsda olgan nazariy bilimlarini amaliy
ko‘rinishdagi varianti deb aytsa bo‘ladi. Bu “sinov maydoni”da sinash va
sinalishga tayyor bo‘lish uchun talaba o‘tilgan barcha o‘quv mavzularini
mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. O‘quv o‘yinlari jarayonida talaba oddiy
darsga qaraganda bu o‘yinga qiziqibroq yondoshadi va bemalol faoliyat ko‘rsatadi.
Har bir oliy o‘quv yurtida talabalarga qo‘yiladigan asosiy talab –
mutaxassisligidan ularda malaka va ko‘nikma hosil qilishdir. Ayni o‘quv o‘yinlari
ana shunday malaka va ko‘nikma hosil qilish vositasi, payti hisoblanadi.
Qidiruv ekspedisiyasida shunday naql bor: “Ryukzakka ishlatiladigan – asqotib
qoladigan narsani emas, balki usiz biror ish bitmaydigan narsalarni ol!” (Beri v
39
ryukzak ne to, chto mojet prigoditsya, a to, bez chego sovershenno nevozmojno
oboytis!). Tibbiyot institutida o‘quv o‘yinlari jarayonida talabalar mulyaj
shaklidagi “kasal”ni xohlaganlaricha “operatsiya” qilib, uning ustida turli tajribalar
– eksperimentlar o‘tkazishlari mumkin.
6
Lekin tilni o‘rgatishda talaba eksperement
qiladigan mulyaj yo‘q. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan talaba o‘yin
talablariga javob bera olmaydi va u bu o‘yinni ijobiy yakunlanishiga putur
yetkazishi mumkin. Pedagogik tajribalar har qanday ta’lim usulini ilmiy asosga
ko‘taradi. Unga fikrlashning ob’ektiv baholash usuli deb qarash mumkin.Shuning
uchun pedagog eksperiment qilish yo‘llarini egallashi muhim vazifadir. Alohida
ta’kidlash lozimki, o‘yin avvalo o‘qitishning bir usulidir. U talabalarni nazorat
qilish quroli, imtihon yoki talabalar uchun jazo emas.
Xuddi shu ma’noda o‘yinni yaratuvchi va olib boruvchi o‘qituvchini
shogirdlarini murakkab musobaqalarga tayyorlovchi murabbiy-trenerga qiyos qilsa
bo‘ladi. U o‘z shogirdlarini kelajakdagi musobaqalarda uchrashi mumkin bo‘lgan
maksimal qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatadi. Ustoz talabalarda shunday ko‘-
nikmalarni tarbiyalagandagina ular har qanday sinovlarda yaxshi natijalarga
erishishlari mumkin. O‘qituvchining talabalarda keyinchalik har qanday kasbiy
qiyinchiliklarni yengib o‘tishdek malakalarni tarbiyalashi kelgusida yaxshi
mutaxasis bo‘lib yetishishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (“Mashqda qiyin
bo‘lsa, jangda yengil bo‘ladi” maqoliga asosan).
O‘yinda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talaba albatta unga tayyorgarlik ko‘rish
etapini o‘tishi lozim. O‘yinga ekspromt usulida birdaniga kirishib bo‘lmaydi.
Tajriba shundan dalolat beradiki, har qanday tayyorgarlik ko‘rilmay o‘tkazilgan
o‘yinda uning ishtirokchilarining malakasi va yoshidan qat’iy nazar ular o‘ng‘aysiz
holatga tushib qoladilar. Shuning uchun o‘yinni o‘quv amaliyotiga tadbiq qilishdan
avval quyidagi pedagogik-psixologik masalalar hal etilishi zarur. Har bir talaba
o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotganda quyidagilarni bilishi lozim:
- o‘yinning maqsadini;
- o‘yinning vazifasini;
- o‘yinning rejadagi qaysi mavzuga taalluqliligini;
- avvalgi o‘yinlarda shakllangan malaka va ko‘nikmalarni keyinggi o‘yinlarda
ham qo‘llay olishi.
O‘quvchi va talabalar uchun shunday texnologik o‘yinlar yaratish kerakki, ular
shogirdlarda qiziqish uyg‘otsin, ularning ehtiyojlarini qondirsin, ularga tezda
singadigan bo‘lishi lozim. Har qanday o‘yinni o‘quvchilar ko‘rigidan muvofaqiyatli
chiqishi maqsad qilinadigan bo‘lsa, albatta eksperiment-tajriba, kuzatish olib borilishi
zarur. Bunday jarayonda qaysi o‘yin o‘quvchilar talablariga mos kelgan, kelmaganligi
aniqlanadi. O‘quvchilar e’tiborini qozonaolmaydigan “sun’iy o‘yinlar” shogirdlar vaq-
tini behudaga olmasligi kerak. Shuning uchun muayyan talabalar guruhi yoqtiradigan
o‘yinlarni, ularning yuraklarini haqiqiy jizzillatadigan o‘yinlar topmoq lozim. Bu
mezonga to‘g‘ri keladigan o‘yinlar darajasini o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladigan
tajribalar aniqlab beradi. Sinab ko‘rilmaguncha o‘yinning talabalarga mos yoki mos
emasligini aniqlab bo‘lmaydi. Har bir o‘qituvchi muayyan o‘yinlardan
6
Наумов Л.Б. Учебные игры в медицине. –Т. 1986.
40
foydalanayotganida tanlash erkinligiga ega ya’ni, shu o‘yinga o‘xshatish yoki butunlay
boshqa variantini izlab topish huquqiga ega. Bu esa o‘qituvchining harakatiga bog‘liq .
Quyida ana shunday o’yinlardan namunalar keltiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |