5
«Bozor munosabatlariga o`tish
sharoitida soliqlar
iqtisodiy siyosatni
amalga
oshirishda
eng
muhim
boshqaruvchi omil bo`lib hisoblanadi»
I. Karimov
Kirish
O`zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy islohotlar yo`lini tanlaganidan
so`ng, oldimizda mamlakatimizning o`ziga хos хususiyatlarini
hisobga olib, boshqa
bozor iqtisodiyotiga o`tishdek murakkab jarayonni boshidan kechirgan rivojlangan va
rivojlanayotgan хorijiy davlatlarning ilgor tajribalaridan kelib chiqqan holda
mohiyatan yangi, soliq tizimini vujudga keltirish vazifasi turar edi.
Bozor munosabatlari, хo`jalik yuritishning yangi shakllari
rivojlanishi bilan
soliq qonunchiligiga zikr etilgan tamoyillardan kelib chiqadigan hamda islohotlarning
tegishli bosqichi sharoitiga mos keladigan jiddiy o`zgarishlarga uchradi.
Prezidentimiz I.Karimov 2012 yilning 19 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O`zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan
majlisida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotni isloh qilish va
erkinlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, uni tarkibiy o`zgartirish va
modernizatsiya qilish chora-tadbirlarining izchil amalga
oshirilishi natijasida
iqtisodiyotning yuqori barqaror o`sish sur`atlari va makroiqtisodiy barqarorligi,
inflyatsiya darajasining pasayishi, aholini ish bilan bandligi va turmush darajasining
oshayotganligi ta`kidlab, “Izchillik bilan amalga oshirilayotgan,
birinchi navbatda
soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy
o‘zgarishlarga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va
moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Xususan, 2011-yilda
soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki
mahsulotga nisbatan qariyb 2
barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini
qayd etish zarur.
2011-yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi
stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
6
investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo‘shab qolgan
qariyb 80 milliard 300 million so‘m mablag‘ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni
texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish imkoni paydo
bo‘ldi”.
1
deya e`tirof etdi.
Prezident I.Karimovning “Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston
sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli asarida dunyoning
hozirgi vaqtda bir qator etakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy
inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo`lgan oqibatlariga doir materiallarni
o`rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi хulosalarga
kelayotganligini
ta`kidlab o`tdilar. Ya`ni,
Do'stlaringiz bilan baham: