- Davlatning iqtisodiyotdagi roli
- Yuqoridagi chizmada davlat tomonidan soliq stavkasi oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tasvirlangan.
- Siz soliq stavkasi kamaytirilgan holatda mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni taxmin qiling va sharhlang.
- Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini ma’muriy yo‘l bilan emas, balki bozor mexanizmi orqali amalga oshiradi.
- Jumladan, davlatning budjet-soliq (fiskal) va pul-kredit (monetar) siyosatlarini farqlash qabul qilingan. Ma’lumki, davlat budjetining daromad qismi, asosan, soliqlardan, xarajat qismi davlat ehtiyojlari uchun zarur tovar va xizmatlar sotib olish xarajatlari va aholiga to‘lanadigan transfert xarajatlaridan iborat bo‘ladi.
- Davlatning budjet-soliq (fiskal) siyosati asosida xuddi shu soliqlar, davlat xarajatlari va transfert to‘lovlari miqdorini o‘zgartirish yordamida yalpi talab va yalpi taklif hajmiga ta’sir qilish yotadi.
- Masalan, agar soliqlar oshirilsa, aholi va firmalar ixtiyorida kamroq pul qoladi.
- Bu holatda tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab kamayadi. Bu holat tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning kamayishiga, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasining pasayishiga olib keladi.
- Aksincha, agar soliqlar kamaytirilsa, aholi va firmalar ixtiyorida ko‘proq pul qoladi. Bu holatda tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning ko‘payishiga, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasining oshishiga olib keladi.
- Xuddi shu kabi, agar davlat soliqlarga tegmasdan o‘z xarajatlarini yoki transfert to‘lovlarini oshirsa, tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talabi oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning ko‘payishiga, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasining oshishiga yoki in fla tsiya da rajasining oshishiga olib keladi.
- Aksincha, agar soliqlar o‘zgarishsiz qolib, davlat xarajatlari yoki transfert to‘lovlari kamaytirilsa, tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab kamayadi.
- Bu esa tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning kamayishiga, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasining pasayishiga yoki inflatsiya darajasining pasayishiga olib keladi.
- Ko‘pchilik hollarda, davlat bir vaqtning o‘zida ham davlat xarajatlarini, ham soliqlar stavkasini o‘zgartirish bilan iqtisodiyotni barqarorlashtirishga urinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |