Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
Hamida bonu qisqagina maktubini tugatib, o‘rnidan turganda Humoyunning munshisi 
ayvonga ta’zim qilib kirdi. Hamida boya xat yozganda ko‘tarib qo‘ygan harir pardani 
yana yuziga tushirdi. Munshining qo‘lidagi sopol idishda xiyol bug‘lanib turgan issiq 
surg‘ich bor edi. 
— Maktubni yozib bo‘ldingizmi, bonu? — so‘radi munshi. — Hazratim menga 
surg‘uchlashni buyurdilar. 
Humoyun Hamidani alohida joyda yolg‘iz qoldirib, istaganicha erkin maktub yozishga 
imkon bergani va maktubini hech kim o‘qiyolmaydigan qilib darhol surg‘uchlatgani 
qizning unga bo‘lgan ehtiromini yanada oshirdi. Hamidani ko‘pdan beri ezib yurgan ichki 
dard endi og‘ir toshday dilidan ko‘chib go‘yo qog‘ozga tushdi va shu bilan ruhiga katta 
bir yengillik berdi. 
Bu orada Humoyun ham maktubini yozib bo‘lgan ekan, munshi uni ham surg‘uchladi. 
Shu orada Javhar oftobachi filbon La’l Chandni boshlab keldi. Humoyun har ikkala 
maktubni munshining qo‘lidan oldida, Hamida bonuni o‘zining xonayi xosiga boshlab 
kirdi. So‘ng La’l Chandning bir o‘zini chaqirtirdi. 
_____________ 
* K i s a — xaltacha, bugungi tilda — sumka. Keyinchalik kisa — kiyimga tikiladigan kissa nomini olgan.
* * * 
Bundan o‘ng to‘rt yil avval G‘ozixonning qutqusi bilan Bobur askarlarini o‘rmonda 
adashtirib halok qilmoqchi bo‘lgan La’l Kumar keyinchalik La’l Chand nomi bilan 
Humoyun xizmatiga kirgan edi. Gujaratda Bahodirshoh bilan bo‘lgan janglarda La’l 
Chand mingan jangovar fil dushman fillarining birini o‘mrovi bilan urib va ikki oyoqlab 
tepib qulatganini, ikkinchisini tishlari bilan urib qochirganini Humoyun o‘zi ko‘rgan edi. 
Shundan beri La’l Chandni o‘ziga xos filbon qilib olgan, Ganga bo‘yida Chausada ham bu 
odam uning Sherxon asoratidan qochib qutulishiga yordam bergan edi. La’l Chandning 
tabib akasi Bayju o‘g‘il-qizlari va nevaralari bilan Agra atroflarida istiqomat qilardi. 
Sakkiz oydan beri Humoyun bilan birga musofirotda yurgan La’l Chand jigarbandlarini 
juda sog‘ingan, ulardan xabar olib kelish uchun «hali shoshmang, vaqti-soati kelganda 
sizni o‘zim chaqirtirgaymen», degan edi. 
Hozir podsho chaqirtirganidan umidga to‘lib shosha-pisha yetib kelgan La’l Chand qo‘lini 
juftlab boshi uzra qo‘yganicha ta’zim qildi-da: 
— Buyuring, hazratim! — dedi. 
— Sohib Chand, siz Agraga borib kelmoqchi edingiz. Biroq Agrada hozir Shershoh 
hukmron. Yo‘llar xatarli... 
— Xatarni endi ko‘rmoqdamizmi, hazratim! Men Laxo‘rga borib yurmasdan, Ajmirga 
o‘tib, undan agraga bormoqchimen. Savdogar qiyofasiga kirib filimga bozorgir mollardan 
yuklaymen. 
— Sahro orqali yursangiz balki fildan ko‘ra tuya ma’quldir? 
— Mening filim sahroda ham yaxshi yurgay! Hozir salqin, tuyadan ko‘ra filda tezroq 
borish mumkin. 
— Taxminan necha kunda borib qaytgaysiz? 
— Bu yerdan Agragacha Ajmir orqali salkam besh yuz mil. Har kuni o‘ttiz-qirq mildan 
yurganimda... nari-berisi bilan... bir oyda kelurmen. 
Humoyun yelkasiga olayotgan yuki benihoya og‘ir ekanini birdan sezib qolganday 
gavdasi mayishib: 
— O‘h! — dedi va yordam kutganday Hamida bonuga mo‘ltirab qaradi. «Nahotki bir 
oygacha filbonning yo‘liga qarab, bir-birimiz bilan uchrasholmay yurgaymiz?» degan 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish