A G R A
NIZOM TAQDIRINING TEBRANISHLARI
Humoyun daryo o‘pqonlaridan omon chiqqan bo‘lsa ham, Ganga bo‘yidagi
Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov
www.ziyouz.com kutubxonasi
45
mag‘lubiyatning yomon oqibatlari yanada dahshatliroq o‘pqonlar va girdoblarga aylanib,
uni o‘z qa’riga torta boshladi. Ganga va Karamnasada suvga cho‘kib o‘lganlarning soni
yetti mingdan ortiq, Sherxon askarlari bilan jang qilib halok bo‘lganlar va asir tushganlar
esa besh mingga yaqin. Malomat ustiga qo‘shilgan baxtsizlik tufayli Humoyunning
xotinlari Beka begim va Chand bibi, Qizi Aqiqa begim, ishongan sarkardasi Bayramxon
ham Sherxon tomonidan asir olingan edi.
Bu shum xabarlar butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan sari Humoyunning el orasidagi
obro‘si tushib ketdi. Suvga g‘arq bo‘lib o‘lgan marhumlardan har birining otasi, onasi,
yaqin qarindoshlari bor. Ular loaqal o‘z jigarbandlarining jasadlarini topolmaganidan,
toshqin daryolar ko‘p o‘liklarni benom-u nishon yo‘qotib yuborganidan jizg‘anak bo‘lib
kuyar edilar. Achchiq alam va musibat ichida qovurilgan azadorlar Humoyundan ixlosi
qaytib qichqirishardi:
— Humoyun eplasa podsholik qilsin-da!
— Daf bo‘lsin bunday noshud sarkarda!
— Kelgindi temuriyzodadan to‘ydik!
— Yo‘qolsin Humoyun!
— Daf bo‘lsin!!
— Ketsin yurtiga, kelgindi!!!
Agra atrofida g‘ulu ko‘targan olomonning achchiq gaplarini Ganga bo‘yidan qaytayotgan
Humoyunning o‘zi ham eshitdi. Kunduz kuni poytaxt aholisiga ko‘rinishga yuzi
chidamagani uchun Agradagi Hasht Bihisht bog‘iga kechasi qorong‘ida kirib keldi.
Bu yerda uni Xonzoda begim, Gulbadan va boshqa yaqinlari kutib turgan edilar. Xonzoda
begim qorong‘ida Humoyunning o‘zini ko‘rib ulgurmasidan shirador ovozini eshitdi-yu,
yuragi hapriqib ketdi. Humoyunning ovozi otasi Boburnikiga shu qadar o‘xshar ediki,
begim noxosdan uning tovushini eshitsa inisi tirilib kelayotganday hayajonga tushar edi.
Hozir ham to Humoyun bek-u mulozimlardan ajralib, ayvonda muntazir turgan ayollar
oldiga kelguncha begim o‘z yuragining gursillab urganini eshitib turdi.
Humoyun ilgarigidan hiyla ozg‘in va xipcha ko‘rindi. Yarador o‘ng yelkasi hali
tuzalmagan, to‘nining bir yengi bo‘sh. U ayollarga chap yelkasini tutib ko‘rishdi. Boshiga
kasaba ro‘mol o‘ragan, iyagiga lachak tutgan singlisi Gulbadanni tezda tanimadi.
— Ie, Gulbadan senmiding? — deb u bilan keyin ko‘rishdi. — Ilgari toqida yurar eding.
Endi lachak tutadigan bo‘libsan! Zo‘rg‘a tanidim!
Humoyun o‘zini tetik ko‘rsatish uchun shu gaplarni aytdi-yu, keyin Xonzoda begim bilan
xonayi xosda yolg‘iz qolganda lablari pir-pir uchib o‘pkasi to‘lib gapirdi:
— Xatolik o‘zimdan o‘tdi, hazrat amma! O‘zim noshudlik qildim! Qancha vaqtim kayf-u
safo bilan o‘tdi! Shon-shuhratnnig ketidan quvib, peshonamga Ko‘hinur olmosini taqib
yurganlarim!.. Xudo bandasini jazolamoqchi bo‘lsa avval uni hovliqtirib aqlini olar ekan.
Men ham aqlimni yo‘qotib qo‘yganimni endi bilmoqdamen!
Humoyun hamma dardini aytib ko‘nglini bo‘shatsin uchun Xonzoda begim uning so‘zini
bo‘lmay toqat bilan jim tingladi. U butun aybni boshqalarga to‘nkab, o‘zini oppoq qilib
ko‘rsatadigan mayda odamlardan emasligi begimga zimdan tasalli berdi.
— Humoyunjon, otangiz ham qanchalik og‘ir mag‘lubiyatlarni boshdan kechirganini bir
eslang. Siz-ku shu vaqtgacha faqat g‘alaba zavqini surib yurdingiz. Mag‘lubiyat qanday
bo‘lishini endi ko‘rmoqdasiz. Lekin Samarqandda Shayboniyxon bizni besh oy qamal
qilganda ne balolarni boshdan kechirmadik!
Xonzoda begim xon asoratida o‘tgan umrini eslab og‘ir «uh» tortdi. Shu «uh» bilan u
go‘yo Humoyunning dard-u g‘amini o‘ziga olganday bo‘ldi. Oltmish ikki yashar Xonzoda
begim shuncha azoblarni sabr-bardosh bilan yengib o‘tgan bo‘lsa, Humoyun ham yana
yaxshi kunlarga yetishishi mumkindir. Shu o‘y bilan Humoyun o‘zini xiyol bosib olganda
Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov
Do'stlaringiz bilan baham: |