Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
Biroq bu fillarni minib borayotgan filbonlar orasida keksa La’l Chandning tarbiyasini 
olgan, uning o‘g‘li Bhishanga do‘st bo‘lgan, shu tufayli Akbarga zimdan yon bosadigan 
hind mahavatlari bor edi. Ular mast fillarning yo‘l tanlamasdan botqoqlik orqali hujumga 
borayotganini sezsalar ham, o‘zlarini sezmaganga soldilar. Oldingi fillar botqoqqa botib 
yurolmay qoldilar. Orqadagilari boshqa yoqqa burilib, to botqoqlikni aylanib o‘tgunlaricha 
Pirmuhammad atka va Aliqulixonlar Valibekni ham, Bayramxonning boshqa yuzlab bek-u 
navkarlarini ham qirib tashladilar. Bayramxon qolgan qutgan ozgina odami bilan tog‘ 
tomonga chekindi va qoyatosh ustiga qurilgan Tilvor qal’asiga kirib, uning darvozasini 
bekittirdi. 
Qasoskor Pirmuhammad atka qal’ani uch ming qo‘shin bilan o‘rab oldi. Agrada 
boshlangan suv toshqini go‘yo shu tog‘largacha ko‘tarilib kelganday bo‘ldi. Qal’a nochor, 
zahira yo‘q, Bayramxonning elliktagina odami qolgan. Pirmuhammad atka boshliq 
qo‘shin bu qal’aga selday yopirilib kirishi va Bayramxonni halok etishi yoki asir olib, 
qo‘lini orqasiga bog‘lab chiqishi muqarrar edi... 
Bu dahshali toshqinni boshlagan Akbar uni chindan idora etolmay qoldi-yu, uzoqdan 
turib, Bayramxonga yana yordam qo‘lini cho‘zdi. 
Oq bayroq ko‘targan elchi Akbarning qisqagina maktubini qal’aga olib kirib, 
Bayramxonga topshirdi. Xatning boshidagi: 
«Xonbobo! — so‘zi Bayramxonga mas’ud kunlarini eslatib, vujudiga nurli bir harorat 
berganday bo‘ldi.— Ishoning, xonadonimizga qilgan avvalgi yaxshiliklaringizni men 
keyingi dilsiyohliklarning barchasidan baland qo‘ygaymen. Sizning qoningizga tashna 
qasoskorlar borligi rost. Menga imkon bering, sizni ularning tajovuzidan qutqaray. Ne 
shartingiz bo‘lsa, ayting, faqat endi adovatni bas qilaylik, boshqa qon to‘kilmasin. Bu 
farmon emas, balki iltimos!» 
Bayramxon Akbar cho‘zayotgan qo‘lni bu gal qaytarolmadi. Akbar uni faqat vaqtincha 
qutqarishi va himoya qilib turishi mumkin, Bayramxon buni bilardi. Ammo lashkarboshi 
bo‘lib olgan Pirmuhammad atka Bayramxonni yo‘q qilmaguncha tinchimasligi aniq edi. 
Javob xatida Bayramxon Akbarga faqat bittagina iltimosini aytdi: «Pirmuhammad atka 
mendan iloji boricha uzoqda yursin. Munimxon, xolisroq odam kelib meni huzuringizga 
olib borsa, qaytishga rozimen». 
Oradan ikki kun o‘tgach, Tilvor qal’asini qamal qilib yotgan qo‘shin Akbarning farmoni 
bilan Agraga qaytarildi. Oltmish yashar nuroniy mo‘ysafid Munimxon Bayramxonni 
Tilvordan olib chiqqanda suv toshqini go‘yo bosilgan, hammayoq tinchib qolgan edi. 
______________ 
* D u o b a — ikki suv oralig‘i. 
* E l l i k m i l — sakson kilometrga yaqin.
* * * 
Bir vaqtlar Humoyunning Komron bilan yarashgan paytini ko‘rgan Akbar, saroyga 
Bayramxon qaytadigan paytda oyoq tagiga chiroyli poyandoz to‘shatdi. Bayramxon shu 
poyandoz oldiga kelib otdan tushdi-yu, Akbarning taxti qo‘yilgan joygacha yuz qadam 
masofani qirmizi poyandoz ustidan yurib bordi. Akbarga yaqinlashganda bir tizzasini 
yerga qo‘yib yukunmoqchi bo‘ldi. Shunda Akbar unga peshvoz chiqib, qo‘lidan oldi-da, 
o‘rnidan turg‘azdi, unga quchoq ochib: 
— Xonbobo! — dedi. 
Bu qadar iliq munosabatni kutmagan Bayramxon Akbarni bag‘riga olib, yuzini uning 
yelkasiga bosdida, yig‘lab yubordi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish