Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
ushalmay kelayotgan orzulariga yetkazishi, katta amal va mulk in’om etishi mumkin. 
Muborizxon Bayramxonning eng ishonchli xizmatkorlari qatorida safarga birga chiqdi. 
Adhamxon unga Ahmadoboddan naridagi Patan shahrining kutvali Musaxon Pulodiy bilan 
yashirin aloqa bog‘lashni buyurdi. Patan Gujarat podshosiga qarar, bu yerda Akbarning 
hukmi o‘tmas edi. Adhamning oshnasi Musaxon esa Agrada Bayramxon bilan 
chiqisholmay, poraxo‘rlikda ayblanib, to‘rt yil burun Patanga ketib qolgan, ammo 
Adhamxon bilan haligacha maktub yozishib turar edi. Endi Adhamxon bilan Pirmu-
hammad atka Bayramxonni Patanda o‘ldirish rejasini shu Musaxon bilan til biriktirib 
tuzdilar. Muborizxon ikki orada maxfiy vositachi vazifasini o‘tadi. 
Rejani bevosita amalga oshiradigan qotillar — bundan besh yil oldin Sirhinddagi jangda 
buyruqni bajarmagani uchun Bayramxon tomonidan qatl ettirilgan Muzaffar Lohanining 
qarindoshlari orasidan tanlandi. Bayramxon hajga boradigan mo‘ysafidlar kabi oq so‘f* 
rido kiygan, qurol-yarog‘i yo‘q. Uning shuhrati butun Hindistonga tarqagan, Ajmir va 
Ahmadobod orqali Patangacha bo‘lgan bir oylik yo‘l davomida Bayramxonni yaqindan bir 
ko‘rishga, uning ikki og‘iz so‘zini yoki biron bayt she’rini eshitishga ishtiyoqmand 
odamlar to‘da-to‘da bo‘lib atrofini o‘rab olishar edi. 
To‘planganlar orasida, albatta, uning boshiga tushgan kulfatlar va mag‘lubiyatlarni ham 
eshitgan, «hokimiyatdan quvilgan katta amaldorning ahvolini bir ko‘rib qo‘yaylik!» deb 
sovuq sinchkovlik bilan tikiladigan noxayrixohlar ham yo‘q emas. Bayramxon ayniqsa 
shularni yomon ko‘rardi. U shon-shuhratning og‘ir yukidan ham bezgan, iloji bo‘ganda 
yolg‘iz sayr qilgisi, yangi she’rlar va dostonlar haqida o‘y surgisi kelardi. Patan kutvali 
Musaxon Po‘lodiy eski xafagarchiliklarni unutganday bo‘lib, Bayramxonni go‘yo iliq qarshi 
oldi, unga shahar chetidagi ko‘kalamzor va xilvat o‘rmonzorlarni ko‘rsatdi. 
Shimoliy o‘lkalarda qish chillasi boshlangan bo‘lsa ham, Patanda havo xuddi ko‘klam 
paytidagidek, so‘lim, g‘arb tomonda uncha uzoq bo‘lmagan dengizdan sarin shabada 
esib turardi. 
Bayramxon mana shu gashtli havoda o‘rmon ichida yolg‘iz sayr qilishga chiqdi. Jamol va 
boshqa qo‘riqchi yigitlariga javob berib yubordi. Bayramxonning yonida faqat 
«sadoqatli» Muborizxon qoldi. U esa Muzaffar Lohanining o‘g‘li Muborak bilan yashiriqcha 
uchrashib til biriktirib qo‘ygan edi. 
Serbarg jamn* va amalbed* daraxtlari orasidan yigirma-o‘ttizta odam chiqib kela 
boshlaganda Bayramxon: «Sinchkov tomoshabinlar shu yerda ham tinch qo‘yishmaydi-
ya!» — deb xiyol ranjidi. Ammo atrofini o‘rab kelayotgan odamlarning vajohati 
qo‘rqinchli ekanini ko‘rib seskanib ketdi. 
— Muborizxon! — deb hamrohini chaqirdi. 
Biroq Muborizxon uni xundor dushmanlariga tutib berib, o‘zi allaqachon g‘oyib bo‘lgan 
edi. Bayramxon yigitlardan birining qo‘lida sovuq yiltiragan ikki uchli xanjarni ko‘rdi. 
«Jamudxar» deb ataladigan bu dahshatli xanjarning sopi qaychinikiga o‘xshar, ikki uchi 
badanga sanchilgach, har ikki dastasi barmoqlar bilan qisilar va a’zolarni qaychiday 
qirqib, qiymalab, odamni til torttirmay o‘ldirardi. Bayramxonning sarosimali xayolida 
Panipatdagi chodirda o‘ldirilgan Turdibek gavdalandi. Uning ham biqiniga mana shunaqa 
ikki tig‘li xanjar sanchilganda, bechora ko‘zlari kosasidan chiqqudek qiynalib, ingrab jon 
bergan edi. 
Ammo hozir ikki uchli jamudxar baland bo‘yli mo‘ylovdor afg‘on yigiti Muborak 
Loxanining qo‘lida edi. 
— Mening otamni sen Sirhindda qilich bilan chopdirgan eding, qotil! — deb Muborak 
jamudxar tutgan qo‘lini baland ko‘tardi. — Endi qasos qaytgay! 
Bayramxonning nazarida, ikki tig‘ uning ikki ko‘ziga sanchiladigandek ko‘rindi. 
Bayramxon qo‘llari bilan yuzini to‘sdi-da, ketiga tisarildi. Orqadan bostirib kelgan yigitlar 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish