Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
to‘sishga ulgurishgan edi. Bhiradan Shamsiddin atka odami bilan Akbarga kelib qo‘shildi. 
Sharqdagi Kalpidan kelgan Aliqulixon janubdagi Malvadan chaqirilgan Bahodirxonlar ham 
Akbar tomoniga o‘tganligi ma’lum bo‘ldi. Bayramxon yakkalanib qoldi. «Panjobda 
hamma bizga qo‘shilib isyon qilgay!» degan karomatlar yolg‘on chiqdi. 
To‘rt kun qattiq issiqda shosha-pisha yo‘l yurishdan xotinlar va bolalar urinib, kasallanib 
qolishdi. Bundan narida xavf-xatar behisob. Shuning uchun Bayramxon Salima begimni, 
Noziya bibini, to‘rt yashar Abdurahim va boshqa bola-chaqalarini Sirhindda qoldirdi-da, 
o‘zi mingdan ortiq sodiq kishilari bilan janubi sharqdagi Bikanirga yo‘l oldi. 
Orqadan Akbarning to‘rt sarkardasi birlashib, Bayramxonnikidan uch barobar katta 
qo‘shin bilan ta’qib etib kelmoqda. Shu orada choparlar Bayramxonga Akbarning yana 
bir maktubini keltirib berishdi. 
«Bizning saroyimiz ham, dilimiz ham siz uchun hamon ochiq, — deb boshlanardi 
Akbarning maktubi.— Siz zamonaning eng buyuk donishmand siymosi bo‘lganingiz 
uchun biz sizni xonbobo deb ulug‘lar edik. O‘sha ehtiromimiz hali ham yo‘qolgan emas. 
Kuchlar nisbatini ko‘rib turibsiz. Agar siz yengilsangiz, men uchun ham bu qora kun 
bo‘lg‘ay. Chunki ota-boladay odamlarning bir-biri bilan jang qilib, qon to‘kishini xudo 
ham kechrimagay, tarix ham. Ochiq aytay: men siz bilan urushishni istamaymen. 
Birinchi bo‘lib o‘q otmaslik haqida farmon berganmen. Sizdan iltimos, adovat yo‘lidan 
qayting. Bir vaqtlar mening hazrat otamni inilari bilan yarashtirgan paytlaringizni eslang. 
Og‘a-ini adovatiga astoydil qarshi turgan mas’ud damlaringizni menga so‘zlab 
berganlaringiz yodimda turibdir. Hajga borgingiz kelmasa saroyga qayting, biz sizni eng 
yuksak e’zoz bilan kutib olgaymiz, barcha unvonlaringizni tiklagaymiz». 
Bu maktub ta’sirida Bayramxonning Akbar bilan ota-boladay yaqin bo‘lgan paytlardagi 
iliq tuyg‘ulari uyg‘ondi. «O‘zim elchi bo‘lib, o‘rinsiz adovatlarni bartaraf qilib yurgan 
edim-ku, endi menga ne bo‘ldi?» deb dilidagi kuduratni bosishga urindi. 
Ammo bek-u a’yonlarini mashvaratga chaqirib, ularning fikrlarini eshitgan sari yana 
avzoyi o‘zgara boshldai. 
— Biz taslim bo‘lsak, Pirmuhammad atka qasos olmaguncha tinchimagay! — dedi 
Valibek. — Akbarga bildirmay o‘ldirib yuborish iliklaridan kelmagaymi? 
Shayx Gadoyi so‘z oldi: 
— Bu maktubni ham Pirmuhammadga o‘xshagan ayyor tulkilar yozgan! «Adovat yo‘lidan 
qayting» emish. «tarix ham, xudo ham kechirmagay» emish! Yosh yigit otasidan katta 
Bayramxonga bundoq aql o‘rgatgani kulgili emasmi? 
Yaqin odamlarining bu gaplari ham Bayramxonga asosli tuyuldi. Akbar o‘zi Hisor Feruz
degan joyda turgani ma’lum. U Bayramxon bilan urushishni o‘ziga ep ko‘rmayotgani rost 
bo‘lishi mumkin. Lekin hozir Akbarning qo‘shiniga Pirmuhammad atka boshchilik 
qilmoqda. Bayramxon Akbarga yozgan javobida: «Siz menga qarshi turgan to‘g‘onlarni 
ochib yubordingiz, endi bu toshqinni o‘zingiz ham idora etolmagaysiz! — dedi. — Men 
Pirmuhammad atka kabilarga taslim bo‘lib, xor-zorlikda o‘lgandan ko‘ra jang maydonida 
mardona halok bo‘lishni afzal ko‘rgaymen». 
Akbar bu javobni olgandan so‘ng, oldingi safga Pirmuhammadni emas, Shamsiddin 
atkani qo‘ydi va «iloji boricha urushmang!» deb farmon berdi. Pxilaur degan joyda 
Shohquli mahram boshliq qizilboshlar Shamsiddin atkaning qo‘shiniga to‘satdan hujum 
qildi. Shamsiddin atka Akbarning buyrug‘iga bo‘ysunib, o‘q otmadi va chekindi. Ammo 
«yog‘iy mag‘lub bo‘lib chekindi» deb ruhi ko‘tarilgan Shohquli mahram hujumni yanada 
kuchaytirdi. Gunakur degan joyda Shamsiddin atkaga Pirmuhammad va Aliqulixonlar o‘z 
qo‘shinlari bilan yordamga yetib keldilar. Ular Shohqulibekni uch tomondan qurshab olib, 
qilich bilan chopib tashladilar. Bayramxon boshqa sodiq kishilarini qutqarish uchun yov 
otliqlariga qarshi ellikta mast filni jangga soldi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish