Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
Arabistonlarga borib haj qilib kelgan Beka begim Hamida bonuga Sinay tog‘i etagida 
eshitgan bir rivoyatini aytib berdi: 
— Bora-bora urush yo‘qolar emish-u odamlar qilichdan ham omoch yasar emishlar! 
— Koshki o‘sha zamonlarni biz ham ko‘rsak, Hoji begim! — dedi Hamida bonu. 
Bir vaqtlar kundosh bo‘lgan bu ikki ayol hozir inoq bo‘lib qolishgan. Endi ularning bir-
birlaridan qizg‘anadigan erlari yo‘q. Mana bu maqbara qurilishidagi ishlar esa ikkoviga 
ham yetib ortadi. 
Hoji begim bog‘ me’morchiligini yaxshi bilar, maqbara atrofidagi o‘ttiz jariblik* ichki-
tashqi bog‘ning yo‘lkalari, gulzor va daraxtzorlari uning nazorati ostida qilinmoqda edi. 
Mirzo Humoyun maqbarasining ichki-tashqi bog‘ o‘rtasiga qurilayotgani va bu bog‘ning 
o‘zi me’morchilik asaridek maxsus loyiha asosida bunyod etilayotgani — Dehli va Agrada 
hali tajribadan o‘tkazilmagan yangilik edi. Mavlono Mirak ham, begimlar ham bunday 
maqbaralarni Hirot va Mashhadda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan, Samarqanddagi Amir 
temur maqbarasi shu tarzda qurilganini bilishar edi. Endi ular Movarounnahr va Eron 
me’morchiligining shu an’anasini Hindiston sharoitiga tadbiq etmoqda edilar. Qiyinchilik 
shunda ediki, Samarqand va Hirot obidalariga bezak tarzida ishlatiladigan rangdor ko-
shinlarni bu yerda ishlatib bo‘lmasdi — Hindistonning issiq iqlimi va sernam yomg‘ir fasli 
koshinlarni tez ishdan chiqarardi. Shuning uchun maqbaraga ishlatiladigan barcha 
ziynatlar toshdan yo‘nilib, marmarga sayqal va zeb berib qilinmoqda edi. Mirzo 
Humoyun maqbarasi o‘zining bo‘y-basti va barcha ishi sangtaroshlikka asoslanganligi 
bilan Hirot va Samarqand obidalariga nisbatan ham takrori yo‘q bir yangilik bo‘lishi 
kerak edi. 
Juma kunlari qurilishda ish to‘xtar, hammayoq suv quyganday jimjit bo‘lib qolar edi. 
Faqat ahyon-ahyonda Humoyun qabrini ziyorat qilishga kelganlarning tilovatlari mungli 
ohang bilan atrofga taralar edi. 
Muslimalik odatiga binoan begimlar Humoyun qabriga ertalab oftob chiqmasdan kelishar, 
bunday paytda boshqa ziyoratchilar deyarli bo‘lmas edi. Bu juma hoji begim isitmalab 
ziyoratga kelolmadi-yu, Hamida begim tong payti, yolg‘iz o‘zi keldi. 
Muvaqqat marmar sag‘aning atrofi o‘ralgan va usti yaxshilab yopilgan. Ichkari 
nimqorong‘i. Begim ikki shoxali shamdonning shamlarini yoqib, qabrning bosh tomoniga 
qo‘yayotganda kimdir pichirlab tilovat qilayotganini eshitdi. Orqasiga o‘girilar ekan, 
qabrning oyoq tomoniga cho‘kka tushgan soqoli uzun mo‘ysafidni ko‘rdi. Begim boshiga 
ko‘tarib qo‘ygan harir pardani tez yuziga tushirib cho‘nqaydi va tilovat tugaganda 
mo‘ysafidga qo‘shilib yuziga fotiha tortdi. 
Mo‘ysafid hassasiga tayanib o‘rnidan turdi-da, titroq tovush bilan: 
— Hazrat begim, kechikib bo‘lsa ham, sizga hamdardlik bildirgani keldim! — dedi. 
Ovozi, ko‘zlari behad tanish, ammo bo‘liq oq soqol bekitib turgan yuzi begona, turkiy 
so‘zlarni hindcha talaffuz bilan aytishi ham kimnidir eslatadi. Lekin katta oq sallasi va 
egnidagi malla xirqasi shayxlarnikiga o‘xshaydi. 
— Minnatdormen, taqsir, — dedi Hamida begim ham o‘rnidan ko‘tarilib. 
— Humoyun hazratlari bilan... og‘a-ini tutingan edik, — so‘zida davom etdi mo‘ysafid. — 
Qabrlarini ziyorat qilgani har yili kelurmen. Ammo sizni birinchi uchratishim... 
Hamida begim birdan Jamna bo‘yida o‘tgan qizaloq paytini, Nizom eshkakchining 
qayig‘ini, uning o‘tli ko‘zlarini va shirali tovushini esladi-yu, vujudi larzaga kelib so‘radi: 
— Siz?.. Nizom?.. Sohib Nizom... 
— Ha, baxtsizlikka uchrab Salim nomini olgan Nizom — men! 
— Nahotki? Ko‘zlarimga ishonmaymen! — deb Hamida begim Nizom tomonga talpindi. 
Yigirma uch yilda odam shunchalik o‘zgarar ekanmi? Hali ellikka kirmagan Nizom — 
hassa suyangan oppoq soqolli qariya! 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish