Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
— Afzalbek degan xushmo‘ylov ilonni men umrbod unutmagaymen. Adhamxon Sekri 
tomonlarga borganda uning yonida yurgan sersoqol bir bekni ko‘rdim. Qosh-ko‘zi o‘sha 
Afzalbekni eslatdi. Yaqinda adhamxon bilan Mohim enaga unga podshodan jogir olib 
berganmish, mingboshi lavozimiga ko‘targanmish. 
— Oti hali ham Afzalbek ekanmi? 
— Oti boshqa, eslab qololmadim. 
— Koshki xoinlarni fosh qilishda siz ham Akbarjonga yordam bersangiz, sohib! Unga 
mudom sizday beg‘araz kishilar yetishmaydir. 
— Yomonlarning birini yo‘qotsangiz, boshqa undan uddaburonrog‘i kelur. Mutlaq 
hokimiyat bor joyda hiyonat ham, aldamchilik ham, adolatsizlik ham bo‘lmay iloji yo‘q, 
begim! 
Nizomning gapida jon borligini o‘z achchiq tajribasidan ham biladigan Hamida begim 
diltang bo‘lib so‘radi: 
— Nahotki bu balolarning hech bir balogardoni bo‘lmasa? 
— Balogardoni bor. Barcha shahar-u qishloqlarni kim qurgan? Barcha kiyimliklar-u 
yeguliklar kimning mehnati bilan barpo bo‘lmoqda? Mana bu maqbarani kim tiklamoqda? 
Barcha saroylar, toj-u taxtlarni kim yelkasida tutib turibdir? Xalq! El-ulusning faqat 
kichik bir qismi podsho qo‘shinida navkar bo‘lib, janglarda unga balogardonlik qilur. 
Ammo boshqa qismlari amaldor-u mansabdorlarning oyog‘i ostida ezilib yotibdir. Ularni 
jabr-u zulmdan qutqaradigan odil rahbar bo‘lsa edi, xalq ham bunday rahbarga 
balogardon bo‘lmog‘i mumkin edi. 
— Akbarning eng zo‘r orzusi — odil bo‘lishdir. Lekin uning donishmand bir rahnamosi 
yo‘q. Siz... 
— Men ham ojiz bir odammen, begim. Rahnamolik qo‘limdan kelmagay. Lekin butun 
xalq bir haqiqat atrofiga birlashib, yakdil bo‘lsa, eng qudratli kuchga aylangay. Ustozimiz 
Mo‘yiniddin Cheshti aytganlar: «Inson, sen haqni osmondan emas, o‘z dilingdan izla». 
Kabir aytgan... Nizom Kabirning she’rini hindcha aytib, forschaga tarjima qilmoqchi edi, 
Hamida begim: 
— Tushundim! — dedi. 
— Siz hindicha o‘rganmishsiz? 
— Ha, bemalol so‘zlashurmen! — dedi begim hindchalab. 
— Unday bo‘lsa endi bizning dilimizga yo‘l topishingiz osonroq bo‘lgay. 
— Akbarjon ham hindiychani suvdek bilur. Faqat uning atrofida... odamni buzadigan 
yomonlar ko‘p. 
— Biroq asil odam yomonlar orasida ham o‘z fazilatlarini yo‘qotmasligi mumkin ekan. 
Kabirning bir she’rida «Xushbo‘y sandal daraxtiga zaharli ilon o‘ralib olsa ham bu daraxt 
muattar hidingi yo‘qotmagay» deyiladi. Begim, hozir siz bilan gaplashganim sari ana shu 
olijanob sandal daraxtini qayta-qayta eslamoqdamen... Men eshitdimki, podshoh 
o‘g‘lingiz Umarqutda tug‘ilganda siz bir hind ayolini ham enagalikka taklif etgan ekansiz. 
Rostmi? 
— Rost. Roja Virsalning qarindoshi Ruparani Akbarjonga oq sut bergan enagalarning biri. 
— Buning qanchalik ulug‘ ma’nosi borligini hali o‘zingiz ham sezmasangiz kerak. 
Kabirning ham bir onasi hind, bir onasi muslima bo‘lgan, hayotida, qalbida, she’rlarida 
hindi bilan musulmon yaktan-u yakdil bo‘lib birlashgan. Kabir o‘lganda hindlar uni o‘z 
odatlari bo‘yicha olovda kuydirib kulini Gangaga sochmoqchi bo‘lganlar. Musulmonlar 
esa, «yo‘q, Kabir bizniki» deyishib, uni o‘z odatlari bo‘yicha yerga dafn etmoqchi 
bo‘lurlar. Ikki tomon munozara qilib, uning jasadi o‘rab qo‘yilgan pardani ko‘tarsalar, 
Kabir yo‘q. Uning jasadi o‘rnida bir dasta gul yotgan emish. Hindlar bilan musulmonlar 
bu gullarni teng bo‘lib olishibdir... Bu rivoyatning ma’nosini o‘zingiz tushunarsiz, begim. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish