Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
Tilagim shulki, o‘g‘lingiz Akbar ham ikki tomonni barobar ko‘rsa, ham muslimlar, ham 
hindlar diliga Kabir kabi yo‘l topa olsa... Ana o‘shanda butun xalqning qudrati unga 
kelgan balolarga balogardon bo‘lg‘ay. Agar o‘g‘lingiz xalqning diliga chuqur ma’naviy 
ildiz otolmasa, navbatdagi dovullar uni ham sug‘urib olib ketmog‘i mumkin. Otasining 
boshiga tushgan quvg‘inlar Akbarning boshiga tushmasin deb men shu gapni 
aytmoqdamen! 
Hamida begim o‘zini qiynab yurgan eng mushkul ma’naviy jumboqlarga shu donishmand 
mo‘ysafid yordamida javob topishi mumkinligini, yoshlikdagi mehr endi beg‘araz, sof bir 
ma’naviy yaqinlikka aylanayotganini sezdi. 
— Saroyga kelmasangiz... balki... Akbarjon o‘zlari borarlar... Sizni qaerdan qidirib 
topsin? 
— Men bir faqir odammen, begim. Podsho meni qidirib borishiga ko‘zim yetmaydir. 
Ammo sizga aytmog‘im mumkin. Sekridan o‘n chaqirim berida o‘rmon chetida kulbam 
bor, ozgina yerimda dehqonchilik bilan ro‘zg‘or tebraturmiz. Sherxon davrida nomimni 
o‘zgartirib yashirinib yurganimdan xabardorsiz. Besh yil darvesh bo‘ldim. Salim Cheshti 
degan nom bilan tanildim. Hozir ko‘pchilik meni shu nom bilan ataydi. Nizom degan 
avvalgi nomim endi unutilgan. Odamlar oldida shayx Salim deb atashingiz ma’qulroq 
bo‘lgay. 
Muslima ayol bilan begona erkakning sof niyatda uchrashib gaplashishi uchun pir va 
murid munosabatlari qulayroq bo‘lishini Hamida begim ham sezdi. 
— Xo‘p, men sizni minba’d o‘zimning ma’naviy rahnamom deb bilurmen! 
Salim ota Hamida begimga yaqin keldi. Ikkovlarining orasida Humoyunning marmar 
qabri turibdi. Rahnamoga qo‘l berish odatiga binoan, Hamida begim Salim otaga nafis 
panjasini cho‘zdi. Begim erining ruhi guvohligida tuzayotgan bu ma’naviy ittifoq 
beg‘araz, pok bir imon ishi ekanini sezgan Salim ota marmar qabr osha qo‘lini uzatib, 
Hamida begimning barmoqlarini sekin kaftiga oldi-da, ko‘zlariga surdi. 
Ular yana uchrashadigan bo‘lib xayrlashdilar. Salim ota hassasini qo‘ltig‘iga olib, vazmin, 
ammo mustahkam odimlar bilan uzoqlashar ekan, Hamida begim uning hali ellikka ham 
kirmaganini yana bir esladi. Ko‘rinishdan nuroniy mo‘ysafid bo‘lsa ham, mehnatda 
pishgan tanasi chayir ekanini sezdi va Sekrigacha piyoda bora olishiga ishondi. Eng 
muhimi, bu odam begimning diliga ulkan bir chiroq yoqib ketganday bo‘ldi. 
____________ 
* J a r i b — bir ming ikki yuz kvadrat metrga teng. 
* Tarjimasi: Sa’diyo, bo-yu badavlat va mansabdor bo‘lgandan ko‘ra, yo‘qchilikka ko‘nib, haqparast bo‘lish afzaldir.
* * * 
Akbar aqlini tanib Hindistonga qaytgandan beri bu mamlakatdagi g‘aroyibotlar unda 
bitmas-tuganmas bir hayrat uyg‘otardi. Bolaligida bahaybat fillar uni lol qoldirgan, 
zaharli ilonlarni nay navosiga raqs qildiradigan morbozlar yana bir taajjubga solgandi. 
Yerga tiriklay ko‘mib qo‘yilgan, o‘n kun yotib ham o‘lmaydigan, kavlab olinganda tirilib 
yurib ketadigan faqirlar (yoglar) Hindistonning sehr-u jodusi ko‘pligiga uni yana bir 
ishontirgan edi. 
Akbar o‘n uch yoshida filbonlar orasida mahavatlikni mashq qilib yurgan paytida hind 
tilini o‘rgangan, urducha ham bemalol gapira olardi. Filbonlarning suyukli qahramonlari 
Rama va uning go‘zal sevgilisi Siti Akbarning dilidan doimiy joy olgan edi. U Ramaday 
qahramonliklar ko‘rsatishni va o‘z Sitisini topib, unga yetishishni orzu qilgan paytlari 
ko‘p bo‘lgan. Hozir yigirma yoshga kirgan paytida ham, ajoyib hind qizlarini uchratsa, 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish