Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
— Amirzodam!.. O‘sha ming otliq arava.. meni olib qochib ketgan ekan... Keyin bildim... 
— O‘tgan ishga salavot! — dedi Akbar va atroflarini o‘rab turgan bek-u a’yonlariga 
yuzlandi. — Janoblar, bugundan e’tiboran otalig‘imizning xoni xonon unvonlari qayta 
tiklandi. Hammangiz xoni xonon janoblarini bizning ma’naviy otamiz o‘rnida ko‘rib, 
munosib ravishda e’zozlagaysizlar! 
Ertasi kuni shu ma’noda maxsus farmon yozilib, barcha viloyatlarga yuborildi. So‘zda 
Bayramxonning avvalgi mavqeyi tiklandi. Lekin amalda Bayramxonning raqiblari 
Akbarning pinjiga kirib olishgan. 
Mavqeyi baland Pirmuhammad atka Bayramxon bilan yakkama-yakka duch kelib qolsa 
achchiq kinoyalar qiladi: 
— Xoni xonon janoblari bizni bir piyola suv kabi chimchiloqlari bilan to‘kib-sochib 
yubormoqchi edilar... Lekin taqdir ekan, aksi bo‘ldi!.. 
Bayramxonni hokimiyat hovliqtirgan paytida chindan katta ketib aytgan gaplari endi uni 
o‘sal qiladi-yu, atkaning bu kinoyalariga daf’atan, javob topolmaydi. Ammo uyga 
qaytganda, dardini qog‘ozga to‘kib she’r yozadi: 
Bayramxonga base g‘ariblik kor etdi, 
G‘urbat ani xor-u zor-u bemor etdi. 
Yo rabki, balolarga giriftor o‘lsun 
Har kimki ani g‘amga giriftor etdi. 
Dushmanlari saroyda yana uning ustidan kulmoqchi bo‘lganlarida Bayramxon shu o‘tkir 
satrlarni ularga go‘yo nayza qilib otdi. she’riy nayza Bayramxonni xor-u zor qilib 
alamdan chiqayotgan Pirmuhammad atkaning qulog‘iga yetganda uning joni chiqib 
ketdi: 
— Bu — qarg‘ish-ku! — dedi atka va she’rni yaxshilab ko‘chirtirdi-da, Mohim enagaga 
eltib ko‘rsatdi: — Qarang, biz Bayramxonni amalidan tushirganimiz uchun hammamizni 
«balolarga giriftor bo‘linglar!» deb qarg‘abdir! 
— Faqat bizni emas, podshohni ham qarg‘agan! — dedi Mohim. — Axir Bayramxonni 
hokimiyat tepasidan ag‘darib g‘amgin qilgan eng ulkan odam Akbarshoh emasmilar?! 
— Naqadar donosiz, Mohim! Podshohimizni bu she’rdan o‘zingiz ogoh qiling, otalig‘ining 
chayonday chaqishini bilib qo‘ysinlar! 
Mohim enaga hozir Akbarning eng ishongan kishisi bo‘lib qolgan edi. Bayramxonning 
she’ri saroyda qanaqa gap-so‘zlarga sabab bo‘layotganini Akbarga aytib berdi: 
— Bayramxonga shuncha yaxshilik qilsangiz ham, qarg‘ishini qo‘ymaydilar! Ilohim siz-u 
bizga tilagan balolari o‘ziga ursin! 
Akbar Mohim enagaga bolaligidan ishonib o‘rgangan. Enaganing shu izohi ta’sirida 
Bayramxonning she’ri unga ham qarg‘ishday tuyuldi. Otalig‘i o‘zining boshiga o‘zi kulfat 
keltirganini nega o‘ylamaydi? Agar uyida Salima begim ham Bayramxonni g‘amga 
giriftor qilayotgan bo‘lsa, buni nega o‘zidan ko‘rmay, boshqalarga yomonlik tilaydi? 
Shu gaplar ta’sirida Akbar bilan Bayramxonning orasiga yana sovuqlik tushdi. 
Bayramxonni hajga jo‘natish haqidagi gap qayta qo‘zg‘aldi. Akbar bu gapga na «ha», na 
«yo‘q» demas, lekin uning sukuti — rizolik alomati ekanini ko‘pchilik sezadi. Bayramxon 
fisq-u fasodga to‘lgan saroydan ketmasa bo‘lmasligini sezdi-yu, odamlariga ko‘ch 
yig‘ishtirishni buyurdi. Jo‘nashiga bir kun qolganda Akbarning xonayi xosiga kirdi. 
Akbar uning g‘amgin va kasalmand yuziga qarab o‘ng‘aysizlandi. 
— Nahotki bizni butunlay tark etmoqchi bo‘lsangiz? Axir biz... sizning ko‘magingizdan... 
yaxshi maslahatingizdan umidvor edik. 
— Maslahatgo‘ylaringiz yetarli, amirzodam. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish