Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
— E-voh, bizni ham sadrlar suduri lavozimidan bekor qildilar! — deb titrab-qaltirab 
xabar berdi. — Sunniyparastlar meni «rofiziy» deb toshbo‘ron qilishlariga sal qoldi. 
Shayx Ansoriy sunniylarni bizga qarshi qo‘zg‘atib, o‘zi g‘oliblardek tantna qilmoqda! Bu 
ne bedodlik, janobi Bayramxon?! Sizni Akbar vakili saltanat lavozimidan olib tashlaganini 
Ansoriy masjidda yigirma ming namozxonga e’lon qilganda, dushmanlaringiz: «O-o! 
Xudoga shukur!» deb yubordilar. 
Shohquli mahram ham barcha imtiyozlaridan mahrum etilganligi haqida farmon oldi-yu, 
uni yirtib-yirtib oyoqlari bilan tepkiladi: 
— Mana, mana, Akbarning farmoni! Biz uning o‘zini taxtdan ag‘dargaymiz! O‘rniga 
boshqa temuriyzoda topilgay! 
Shohquli mahram Komronning o‘g‘li Abulqosimni izlay boshladi. Shunda Bayramxon 
Abulqosimni Akbar Dehliga olib ketganini esladi... 
Zimdan puxta tayyorlangan bu to‘ntarish Bayramxonni esankiratib qo‘ydi. Selday 
yopirilib kelayotgan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan ahvolda emas, nuqul kuyib yonadi. 
Atrofidagilar esa butun aybni Akbarga to‘nkab, olovga moy sepganday isyonkor gaplar 
qilishadi: 
— Bu quturgan amirzodaning jazosini bermoq kerak! 
— Hajga o‘zi borsin! 
— Axir haj yo‘lida o‘ldirilganlar ozmi? 
Bayramxon barcha yaqinlariga va oila a’zolariga darhol ko‘ch yig‘ishtirishni buyurdi. 
Muhtasham ko‘shklarda, Hasht Bihisht bog‘ining chamanzorlari orasida davron surib 
yurgan mingdan ortiq odam bugun xuddi uy-joylarini suv bosayotganday shitob bilan 
Agradan ko‘cha boshladilar. 
Bayramxon Akbardan xat keltirgan Adhamxonni chaqirdi va unga o‘zining qisqagina 
javobini tutqazdi: 
«Amirzoda! Men haj yo‘lida halok bo‘lishni istamaymen. Otangiz Qandahorda ekanida 
inilari uni hajga jo‘natmoqchi bo‘lishganini onangiz Hamida begim yaxshi eslatsalar 
kerak. Siz o‘shanda beshikda edingiz. Otangiz hajga borishning o‘lim bilan tugashini 
bilgani uchun hatto beshikdagi yolg‘iz o‘g‘lini tashlab, Qazvinga ketgan va o‘sha yoqlarda 
jon saqlagan edi. Uni hajga quvmoqchi bo‘lganlar — oxir-oqibatda o‘z qilmishlarining 
jazosini olganlari sizga ma’lum. Bu achchiq saboqni unutib bo‘lmagay. Men sizga 
mehrimni berdim, farzandimdan ziyod ko‘rdim. Oqibat shu bo‘ldimi?» 
Bayramxon xatining oxiriga alamli bir ruboiysini ilova qildi: 
«Avval meni xizmatingga mahram qiding, 
Bazming aro hamzabonu hamdam qilding, 
Oxir yana iltifotni kam qilding 
Rasvoyi tamomi ahli olam qilding». 
* * * 
Adhamxon ko‘ka bu javobni dehliga yetkazib borganda Bayramxon Jamna va Ganga 
oralig‘idagi duoba* yo‘llari bilan Laxo‘rga qarab ketmoqda edi. Uning odamlari: 
— Siz Laxo‘rga kirishingiz bilan Laxo‘rning bek-u navkarlari Akbarga qarshi bosh 
ko‘tarurlar! — deb ishontirgan edilar. Savr oyining isiq kunlarida salkam oltmish yoshli 
Bayramxon har kuni otda ellik mildan* yo‘l bosib, to‘rt kunda Sirhindga yaqinlashdi. 
Bu orada Akbar va Pirmuhammad atkalar Dehlidan yo‘lga chiqishgan ekan. Laxo‘rga 
Dehli yaqinroq bo‘lgani uchun ular Sirhindga oldinroq yetishgan va Laxo‘rning yo‘lini 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish