K O B U L, B H I R A KUYGAN KO‘ZLAR Bu hodisalar xabari Kobulga javzo oyida yetib bordi. Kunlar isib, Kobul atrofidagi
tog‘larning qori erigan sari faqat daryolardagina emas, buloqlarda ham suv ko‘payib
ketdi. Shohi Kobul tog‘ining etaklaridan chiqadigan chashmalar suvi Gulkina mavzeidan
nariga o‘tib, baland tepalik ustiga joylashgan arkning yon-veridagi maysazorlarga ham
jildirab yetib keldi.
Qishda Qandahordan olib kelingan Akbar enagalari bilan shu arkda qattiq nazorat ostida
saqlanar edi. Daryo bo‘yidagi Bog‘i Navro‘ziyda turadigan Xonzoda begim Akbarni o‘z
dargohiga olib ketmoqchi bo‘ldi, ammo Komron mirzo ruxsat bermadi.
— Arkda soqchilar ko‘p, bu yer bola uchun bexatarroq, — deb vaj ko‘rsatdi.
Lekin arkda Afzalbek va Qorachaxonga o‘xshagan Humoyunning g‘animlari bor, ular
bolaga zimdan yomonlik qilishlari mumkin. Xonzoda begim ikki yarim yashar Akbarni
quchog‘iga bosib, qulog‘iga shivirladi: — Anu amakilarning ilkidan hech narsa olmagin,
Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov