10.5. RNK ning posttranskripstion o`zgarishlari. Yadroda RNK ning
hamma o`tmishdoshlari posttranskriptsion yetilish yoki protsessing bosqichini
o`tadi. Protsessing natijasida pre-RNK dagi axborot saqlamaydigan “ortiqcha”
qismi olib tashlanadi va “yetilgan” – ma’lum vazifani bajaradigan RNK hosil
bo`ladi.
Protsessingda uch amal bajariladi:
1) pre-RNK dagi axborot saqlaydigan qismlar kesib, ajratib olinadi;
93
2) axborot saqlovchi “uzilgan” genlarning birikishi – splaysing;
3) RNK ning 5¹→ 3¹ -uchki qismlarining modifikatsiyasi.