Pre-mRNK ning protsessingi. Pre-mRNK dagi axborot saqlamaydigan
qismlar ekzo- va endonukleaza deb ataluvchi ribonukleazalar yordamida amalga
oshadi. Ular 5¹ -uchidan boshlab fosfodiefir bog`larini gidrolizlaydilar va pre-
mRNK dan tayyor mRNK ning zarur qismini qoldiradi. Agar pre-mRNK tarkibida
uzilgan genlardan iborat transkriptondan olingan bo`lsa, unda pre-mRNK ning
ichki qismida joylashgan intron (axborot saqlamaydigan qism) kesib tashlanadi.
Qolgan ekzonlar esa maxsus RNK-ligazalar yordamida bitta zanjirga tikiladi.
Natijada transkriptsiyadan keyingi polipeptid zanjirni kodlovchi uzluksiz genlar
qayta tiklanadi. Keyin shu yerda, ya’ni yadroning o`zida hosil bo`lgan mRNK
ning 5¹- va 3¹- uchlarining modifikatsiyasi amalga oshadi. mRNK ning 5¹ - uchiga
“qalpoq” yoki “KEP” deb nomlanadigan oligonukleotid ulanadi. Bu “qalpoq” 2
yoki 3 ta metillangan nukleotiddan iborat. Bunday metillangan “qalpoq” mRNK ni
5¹-ekzonukleza ta’siridan himoya qiladi.
Eukariotlarda mRNKning 3¹- uchiga taxminan 200 nukleotiddan iborat
poliadenilli fragment – poli (A) birikadi. Birikish poli (A)-polimeraza yordamida
amalga oshadi. Bu poli (A) – fragment mRNK ning yadrodan sitoplazmaga
o`tkazilishi uchun zarur.
Pre-rRNK ning protsessingi. Pre-rRNK rRNK ning transkriptoni joylashgan
yadrochada hosil bo`ladi. Protsessing natijasida pre-rRNKning yarmidan sal
ko`prog`i qoladi. rRNK ning bir qism nukleotidlari asoslarning metillanishi
natijasida modifikatsiyaga uchraydi. Yetilgan rRNK sitoplazmadan kelgan
ribosoma oqsillari bilan yadroda ribosomaning kichik va katta subbirliklarini hosil
qiladi.
Pre-tRNK ning protsessingi. Pre-tRNK xromosoma DNK sining turli
joylarida hosil bo`ladi va yetilgan tRNK ga nisbatan taxminan 40 tacha ko`p
nukleotid tutadi. Ribonukleazalar yordamidagi protsessingda ortiqcha nukleotidlar
ajratiladi va shundan so`ng tRNK asoslarining metillanishi amalga oshadi.
Metillanish tRNK ning nukleazalar ishtirokida parchalanishdan saqlaydi. Oxirgi
yetilgan tRNK maxsus uchta nukleotid (aktseptor zona) – SSA bilan maxsus RNK-
polimeraza ishtirokida birikadi.
Yetilgan RNK larning yadrodan sitoplazmaga o`tishi. Prokariotlardan farqli
ravishda eukariotlarda yadroning membranasi mavjud bo`lib, oqsil sintezi
bo`ladigan joy sitoplazmaga u orqali tayyor RNKlarni yetkazish zarur bo`ladi.
Hamma yetilgan RNK lar yadrodan sitoplazmaga oqsillar bilan kompleks holatida
o`tkaziladi va bu oqsillar RNK ni zararlanishdan himoya qiladi hamda tashilib
o`tishini amalga oshiradi. mRNK o`ziga xos “axborot tashuvchi” ma’nosini
beradigan informofer oqsili bilan bog`lanadi. Bu oqsil bilan birga RNK
aminokislotalardan oqsil sintezlanadigan yoki translyatsiya boradigan sitoplazma
ribosomalariga yetkazilib beriladi.