Jo`rayeva A


 Genetik kod va uning xossalari



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

11.4. Genetik kod va uning xossalari. 
11.1. Rekognitsiya. Ribosomalarda oqsil biosintezi. 
Translyatsiya – 
tarjima qilishda mRNK ning irsiy matnini oqsil polipeptid zanjiridagi 
aminokislotalar ketma-ketligiga o`tkaziladi. Translyatsiyaning mahsuloti o`ziga 
xos oqsil bo`lganligi uchun bu jarayonni oqsil biosintezi deb atash mumkin.
Translyatsiya jarayonini hujayraning turli qismlarida boradigan ikki 
bosqichga bo`lish mumkin: rekognitsiya, ya’ni aminokislotalarning tanilishi va 
oqsil biosintezining o`zi. Bunda rekognitsiya gialoplazmada, oqsil biosintezi esa 
ribosomalarda amalga oshadi. 
Aminokislotalar tanilish jarayonining mohiyati aminokislotalarning o`zini 
tRNK siga birikishidan iborat. tRNK strukturasi “tarjimonlik” sifatlariga ega, ya’ni 
bir molekulada “nukleotidli matnni o`qish” (tRNK ning antikodoni mRNK ning 
kodoni bilan mos kelishi kerak) va o`zining aminokislotasini tashish (aktseptorlik 
uchi) qobiliyatlari mujassamlashgan. Ammo tRNK o`zining aminokislotasi bilan 
birika olmaydi. Bu maqsadda hujayra shirasida tRNK ning o`zini aminokislotasini 
tanishini ta’minlaydigan, “tarjimon” vazifasini bajaruvchi maxsus fermentlar 
mavjud. Bu fermentlar aminoatsil-tRNK-sintetazalar (qisqacha ARS azalar) deb 
ataladi. Proteinogen aminokislotalarga mos ravishda kamida 20 turdagi ARS 
azalar bor. ARSazalar – yuqori molekulali (100000-240000) bo`lib, to`rtlamchi 
strukturaga ega. Ular tRNK va aminokislotani o`ziga xos ravishda taniydi va 
quyidagi reaktsiya bo`yicha ularning birikishini ta’minlaydi:

ARSazalar
| | 
R-CH-COOH + HO-tRNK + Mg²
+
∙ ATF → R-CH-C~O-tRNK+AMF+H
4
P
2
O
7
| |
NH
2
NH
2
Bu jarayon uchun ATF (Mg²+ kofaktor vazifasini bajaradi) zarur bo`lib, 
uning energiyasi aminoatsil-tRNK da makroergik bog`lar hosil bo`lishida 
ishlatiladi, ya’ni reaktsiyada bir vaqtning o`zida aminokislotalarning karboksilli 
uchidan faollanishi va tRNK li aktseptor uchi (SSA) ning adenozinidagi 3¹-OH 
gidroksiliga bog`lanadi. Hujayrada 20 ta emas, balki taxminan 40-60 ta tRNK 
mavjud bo`lib, ayrim aminokislotalar o`zlari uchun xos bo`lgan bir nechta 
tRNKdan foydalanadi. Bundan kelib chiqadiki, ARSazalar bir aminokislota uchun 
tRNK ni tanishda tanlash qobiliyatiga ega ekanlar, ya’ni tanish jarayonida 
aminokislota yetakchilik vazifasini bajaradi, unga esa o`zining tRNK si borib 
bog`lanadi. 


96 
Shundan so`ng tRNK oddiy diffuziya yo`li bilan o`ziga birikkan 
aminokislotani ribosomaga o`tkazadi va u yerda turli xil aminoatsil-tRNK lar 
ko`rinishida kirgan aminokislotalardan oqsil yig`ilishi amalga oshadi. 
Ribosomalarda oqsil biosintezi.
Oqsil biosintezi uchun (transkriptsiyaning II 
bosqichi) quyidagilar zarur bo`ladi: 
1) mRNK – genetik matritsa sifatida; 
2) aminoatsil tRNK – mRNK “matni”ni o`qish va oqsil yig`ilishida
aminokislotalar manbai sifatida; 
3) ribosomalar – mRNK dasturiga mos holda aminokislotalarni polipeptid 
zanjirida ketma-ket birikishi uchun molekulyar mashina sifatida; 
4) GTF – ribosomalarda oqsil sintezi uchun energiya manbai sifatida; 
5) oqsilli “faktor”lar - ribosomalarda oqsil yig`ilishining turli davrlarida 
yordam beradi; 
6) ayrim ionlar (Mg²
+
, K
+
va h.k.) – kofaktor sifatida. 
Ribosomalar o`zi qanday tuzilishga ega? Prokariotlar va eukariotlarning 
ribosomalari deyarli bir xil tuzilgan. Ular faqat molekulyar massalari bilan farq 
qiladi. Eukariotlarda ribosomalar – 80 S, prokariotlarda esa – 70 S. Ribosomalar 
katta va kichik ikkita subbirlikdan tashkil topgan. Ularning har birining skeletini 
oqsil bilan o`ralgan rRNK tashkil etadi. Ribosomalar tarkibida 60 dan ortiq 
oqsillar mavjud bo`lib, ularning ko`pchiligini vazifalari hali aniqlanmagan. Lekin, 
ribosomalar faqat to`liq yig`ilgandagina faol bo`lishi mumkinligi aniqlangan. Oqsil 
sintezida ishtirok etmaydigan ribosomalar osongina parchalanib ketadilar. 
Hujayrada ribosomalar hujayra shirasida erkin holda yoki endoplazmatik to`rning 
membranasi bilan bog`langan holda bo`ladi. Ribosomaning hujayrani turli 
qismlarida joylashishi yoki ularning turli joylarida endoplazmatik retikulum 
membranasi bilan bog`langan bo`lishi sintezlanadigan oqsilni hujayraning kerakli 
qismi uchun yig`ish imkonini beradi.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish