86
axborot to`liq o`tkazilmaydi, uning ayrim qismlarigina ko`chiriladi. Transkriptsiya
natijasida hamma turdagi RNK lar: asosiy (mRNK, tRNK, rRNK) va minor RNK
lar hosil bo`ladi.
Bundan kelib chiqadiki, DNK sistronlari faqat polipeptid zanjirining
strukturasi to`g`risida emas, balki tRNK, rRNK va minor RNK strukturalari
to`g`risida ham axborot saqlaydi.
Transkriptsiya to`g`ri – DNK dan RNK ga va teskari – RNK dan DNK ga
bo`lishi mumkin. Teskari transkriptsiya birinchi bo`lib onkornavirus deb ataluvchi
shish hosil qiladigan RNK li viruslarda aniqlangan bo`lib, ular xo`jayin-
hujayraning DNK sida teskari transkriptsiya yo`li bilan joylashib oladilar. Virus
RNK sining nusxasi - DNK ning begona qismi hujayrada shishli
transformatsiyaga olib keladi. Balki, teskari transkriptsiya faqat hujayraning shishli
transformatsiyasida
emas, ularning me’yoriy hayot faoliyatida yoki
differentsiyallanish jarayonida ham ahamiyatga ega bo`lishi mumkin. Teskari
transkriptsiya mRNK dan boshqa barcha turdagi RNK lar uchun bo`lishi mumkin.
3. Genetik axborotning makromolekulalarning turli sinflari o`rtasida, ya’ni
mRNK dan oqsilga o`tkazilishi translyatsiya yoki tarjima deb aytiladi. Genetik
axborot ko`chirilishining bu turida nuklein kislotalarda yozilgan axborotni oqsillar
sintezida aminokislotalar tartibiga o`tkazilishidir. Bunda faqat mRNK translyatsiya
qilinadi. rRNK va tRNK translyatsiyada yordamchi vazifasini bajaradi.
Translyatsiya faqat to`g`ri – mRNK dan oqsilga tomon bo`ladi va u orqaga
qaytmaydi.
Hujayrada genetik axborotning ko`chirilishi uzluksiz jarayon bo`lib, uni
quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
DNK ↔ DNK ↔ RNK → oqsil
Hozirgi zamon biologiyasining asosiy postulati DNK RNK ni yaratadi, RNK
oqsilni, DNK ning o`zi axborot xazinasi, u oqsil biosintezida bevosita ishtirok
etmaydi. Demak, genlar ta’sirida ikki turdagi makromolekulalar birlamchi
mahsulot sifatida hosil bo`ladi. Bular avvalo oqsil va RNK ning rRNK, tRNK va
minor RNK kabi ba’zi turlaridir.
Genetik axborot uzatilishining hamma turlari matritsa (qolip) mexanizmiga
asoslangan. Bu esa ularning har biri uchun qolip zarurligini bildiradi.
Replikatsiyada DNK ning bir zanjiri (viruslarda RNK), transkriptsiyada – DNK
ning bir qismi (to`g`ri transkriptsiya yoki teskari transkriptsiya, translyatsiyada esa
– mRNK, ya’ni faqatgina nuklein kislota qolip bo`lishi mumkin. Qolip hujayradagi
genetik axborotning juda aniqlik va tejamkorlik bilan o`tkazilishini ta’minlaydi.
Nuklein kislotali qolipdan mos keluvchi aniq nusxani olish nukleotidlarning azotli
asoslarini to`g`ri komplementarligini, ya’ni unga asosan A bilan T (RNK da U
bilan) va G bilan S ning juftlashishini ta’minlaydi. Shu sababli har bir yangi
polinukleotid zanjirida nukleotidlar qolipga mos tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: