Jo`rayeva A


Genetik kod va uning xossalari



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

11.4. Genetik kod va uning xossalari. 
tRNK ning adaptorlik vazifasini 
tadqiq etish natijasida bu yuksak darajadagi mexanizmning poydevori bo`lgan 
genetik(biologik) kod, ya’ni aminokislota, oqsil kodi tushunchasi va uning ishlash 
usuli haqida juda samarali yangi bir soha dunyoga keldi. Genetik kod deganda 
kodonlarning ma’lum bir aminokislotaga mos kelishi tushuniladi. Genetik kod 64 
ta nukleotid yordamida yozilgan matnni 20 ta aminokislota yordamida yozilgan 
oqsil matniga tarjima qiluvchi o`ziga xos lug`atdir. Oqsilda uchraydigan boshqa 
aminokislotalar 20 ta aminokislotadan birining o`zgarishidan hosil bo`ladi. 
Genetik kod quyidagi xossalarga ega: 
1. Tripletlik – har bir aminokislotaga uchta nukleotid mos keladi. 4³ = 64 ta 
kodon mavjud bo`lib, ulardan 61 taasi ma’noli va 3 tasi ma’nosiz (terminirlovchi) 
kodonlardir. 


101 
2. Ortiqchaligi – aminokislotalar bir nechta kodonga ega. Ma’lum 
bo`lishicha 20 ta aminokislotadan 18 tasi bittadan ortiq (2,3,4 va 6) kodonga mos 
kelar ekan. Bu holat kodni ayniganligi deb belgilanadi. U axborotni to`g`ri 
o`qishga xalal bermaydi, balki replikatsiya yoki transkriptsiya jarayonida paydo 
bo`lishi mumkin bo`lgan xatolarni chetlatishga yordam beradi. 64 ta tripletdan 
uchtasi UAA, UAG, USA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjir 
sintezi tugaganidan xabar beadi, ular terminatsiya (tugash) signalini beradilar. 
Agar aminokislotani bir nechta kodon kodlasa, aksari bu kodonlar uchinchi 
harf, ya’ni 3¹-uchidagi nukleotid bo`yicha farq qiladi. Masalan, alaninni GSU, 
GSS, GSA va GSG kodonlari kodlaydi; ko`rinib turibdiki, ularning hammasida 
birinchi turgan ikki harf bir xil, farq faqat uchinchi nukleotiddadir. Demak, har bir 
kodonning spetsifikligi asosan birinchi tartibda keladigan ikki harf bilan 
belgilanadi, 3¹-uchidagi nukleotidning spetsifikligi nisbiydir. 
3. Qoplanmaganligi – genetik matnning har bir tripleti bir-biridan mustaqil 
ravishda joylashgan bo`ladi. Keyingi vaqtdagi ma’lumotlarga asosan ba’zi hollarda 
kodlar bir-birini qoplagan bo`lishi ham mumkin ekan. 
4. O`ziga xosligi – har bir aminokislotaga faqat ma’lum bir kodonlar mos 
keladi va bu kodonlar boshqa aminokislotalar uchun foydalanilmaydi. 
5. Kolienarligi – mRNK dagi kodonlar qatorining ketma-ketligini oqsildagi 
aminokislotalarga mos kelishi. 
6. Universalligi – genetik kodning yuqorida sanab o`tilgan xossalari hamma 
tirik organizmlar uchun xos. Hamma organizmlarda eukariotlarda, prokariotlarda 
va viruslarda ham barcha kodonlar uchun birday belgilardan foydalaniladi. 
Binobarin, genetik kod dunyoda paydo bo`lganidan beri o`zgarmay hukmronlik 
qilmoqda. Ammo keyingi yillarda bu dogmaga bir oz o`zgartirish kiritishga to`g`ri 
keldi. Mitoxondriyalarning genetik sistemasi ma’lum biologik kodga to`la mos 
kelmaydi. Uning DNK si (15669 nukleotid) ning ayrim genlari nukleotid tartibini 
polipeptidlarning aminokislota tartibi bilan solishtirilganda koddan chetlashishlar 
mavjud ekanligi aniqlandi.


102 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish