Jo`rayeva A


Oqsilning translyatsiyadan keyingi o`zgarishlari



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

11.3. Oqsilning translyatsiyadan keyingi o`zgarishlari. 
Translyatsiya 
borishi jarayonidayoq oqsillar uchlamchi strukturaga ega bo`la boshlaydilar va 
sintezlangan oqsil ribosomadan ajralib chiqqandan keyin shakllanish oxirigacha 
yetadi. Bir qism oqsillar oldbirikmalar (o`tmishdoshlar) shaklida sintezlanadi. Ular 
hujayra sitoplazmasida chegaralangan darajada proteolizga uchraydi. Polipeptid 
zanjiri oqsilning o`ziga xos biologik faol konformatsiyasini olish uchun avval 
protsessing, ya’ni translyatsiyadan keyingi modifikatsiya davrini o`tishi kerak. Bu 
modifikatsiyalar turli oqsillarda turlicha o`tadi va polipeptid zanjirining turli 
qismiga tegishli bo`lishi mumkin. Ma’lumki, prokariot hujayralarda barcha 
polipeptidlar sintezi N-formilmetionindan, eukariotlarda esa metionin qoldig`idan 
boshlanadi. Lekin bu aminokislotalar polipeptid zanjidan maxsus fermentlar 
ta’sirida chetlatiladi va to`la shakllangan oqsil molekulasida bo`lmaydilar. Ba’zan 
N-uchki aminokislotalarning aminoguruhi atsetillanadi, ba’zilarida C-uchki 
aminokislota o`zgarishlarga uchraydi. Modifikatsiyaning boshqa turlari ba’zi 
polipeptidlarning N-uchida bo`ladigan 15-30 aminokislotalardan iborat signal 
qatorni chetlatish, gidroksiaminokislotalar – serin, treonin va tirozinni ATF 
yordamida fosforlash (masalan kazeinda), aspartat va glutamat kislotalar 
qoldiqlariga qo`shimcha dikarbon kislotalarni qo`shish, ayrim aminokislotalar, 
masalan, lizinni metillash bilan bog`liq. Bu shakldagi modifikatsiyalar ko`pincha 
oqsil zarrachasining zaryadini o`zgartiradi, boshqa komponentlar bilan o`zaro 
ta’sirini kuchaytiradi, oqsil molekulasiga xos spetsifik sifatni belgilaydi. 
Glikoproteidlarning tuzilishida polipeptid zanjirining ma’lum qismlariga aspartat 
kislota yoki serin va treonin qoldiqlariga uglevod zanjirlari fermentlar yordamida 
birikadi. Ko`p oqsillarda sistein qoldiqlari orasida disulfid bog`lar tuzilib, 
polipeptid zanjiri ichida yoki zanjirlar orasida ko`ndalang bog`larning paydo 
bo`lishi ham translyatsiya tugagandan keyingi o`zgarishlar oqibatidir. 
Mana shu shaklda yetilgan ba’zi oqsillar hujayra sitozoliga o`tib, o`z 
joylarini oladilar, boshqalari hujayraning turli organellalariga yo`naladilar va 
ularning strukturasiga kiradilar, uchinchilari hujayradan ajralib (sekretsiya), boshqa 
joylarga transport qilinadi, masalan, gormonlar. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish