Jo`rayeva A


 Prokariotlarda oqsillar biosintezining boshqarilishi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

13.2. Prokariotlarda oqsillar biosintezining boshqarilishi.
Birinchi marta 
mikroorganizmlarda oqsil biosintezining boshqarilish sxemasi 1961 yilda Jakob va 
Mono tomonidan kashf etilgan. U ichak tayoqchasining laktozali operoni ishi 
misolida ko`rib chiqilgan edi. Oqsil biosintezini bakteriyalardagi turli xil 
transkripton (operon)larning faolligini nazorat qilib boshqarish mumkin. Bunday 
boshqarilishning mexanizmi quyidagicha boradi. Bakteriyalarda repressorlar deb 
ataladigan oqsillar turi mavjud bo`lib, ular turli operonlar – transkriptsiyasini 
nazorat qiladilar. Repressor strukturasini belgilab beruvchi DNK ning ma’lum bir 
qismi gen-regulyator yoki sistron-regulyator deb ataladi. U promotor bilan yonma-
yon joylashmasdan bakteriya xromatini DNK sining boshqa qismida joylashgan 
bo`lishi mumkin. 
Hamma repressorlar operonning operator qismi bilan bog`lanadi va ma’lum 
mRNK ning transkriptsiyasini, ular bilan esa shu oqsilning sintezini ham 
blokirlashi mumkin. Operator bilan bog`lanish qobiliyati faol yoki faol bo`lmagan 
repressorning konformatsiyasiga bog`liq. Repressor faqat faol shaklda operator 
bilan kuchsiz bog` hosil qilishi va mRNK hamda oqsil sintezini blokirlashi 
mumkin; faol bo`lmagan shaklda u operator bilan bog`lana olmaydi. Repressorning 
faolligini yo`qotadigan moddalar induktorlar, ularni faol bo`lmagan holatdan faol 
holatga o`tkazuvchi moddalar esa – korepressorlar deb ataladi. Demak, repressor 
korepressor va induktor bilan bog`lanuvchi qismlarga ega. Oziq moddalar, 


107 
moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari kabi hujayrada oqsil biosintezini 
oshirish yoki pasaytirish to`g`risidagi repressor orqali xabar beruvchi moddalar 
korepressorlar va induktorlar bo`lib hisoblanadi.
Induktsiya mexanizmini laktozani o`zgarishida ishtirok etuvchi 3 ta ferment 
(

-galaktozidaza, 

-galaktozidpermeaza va 

-galaktozidatsetilaza) strukturasi 
to`g`risida axborot tashuvchi laktoza operonining transkriptsiyasini boshqarilishi 
misolida ko`rib chiqamiz. Hujayraga kiradigan laktoza induktor bo`lib hisoblanadi. 
U laktoza operonining repressori bilan bog`lanadi va uni operator bilan bog`lana 
olmaydigan – faol bolmagan shaklga o`tkazadi. Buning hisobiga operator bilan 
bog`lanishi natijasida promotorning tutashtiruvchi qismini qisman yopgan 
repressor RNK-polimerazaning promotorga birikishiga va o`z navbatida 
transkriptsiyaga ham xalal bermaydi. Repressorlar transkriptsiya va oqsilning 
salbiy boshqaruvchilariga misol bo`ladi. Ammo repressor mavjud bo`lmaganda 
ijobiy boshqaruvchilar kerak, ular RNK-polimerazaning promotor bilan 
bog`lanishiga va transkriptsiya boshlanishiga yordam beradi. Laktoza operoni va 
glyukoza katabolizmini boshqaruvchi boshqa operonlar uchun ijobiy boshqaruvchi 
vazifasini sAMF bajaradi. sAMF katabolik faollovchi oqsil – KFO (BAK) deb 
nomlangan maxsus oqsil bilan bog`lanadi. sAMF KFO kompleksi promotorga 
RNK-polimeraza bog`lanadigan joyga yaqin qismiga birikadi va u struktura 
genlarining transkriptsiyasini boshlanishini yengillashtiradi. Ribosomalar o`sha 
zahotiyoq mRNK bilan bog`lanadilar va laktoza katabolizmi uchun zarur bo`lgan 
uchta fermentni sintez qiladilar. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish