13.6. Molekulyar patologiya. Fermentli va fermentsiz proteinopatiya.
13.1. Oqsil biosintezining boshqarilishi.
Oqsillar hujayraning hayot
faoliyatini belgilab beradi. Shu sababdan hujayra faqatgina oqsil sintezini emas,
balki oqsil turini ham boshqarishi kerak.
Doimiy sintez qilinadigan oqsillar konstitutiv, sharoitga qarab sintezlanish
tezligi keskin o`zgaradigan oqsillar adaptiv oqsillar deyiladi. Hujayradagi
konstitutiv oqsillar ehtiyoj bo`lishidan qat’i nazar doimiy miqdorda bo`ladi.
Oqsil miqdorining oshishi bilan boradigan oqsil biosintezining
stimulyatsiyasiga – induktsiya, oqsil sintezining pasayishiga repressiya deb
aytiladi. Hujayralarda hujayraning ichida yoki organizmda metabolizmning holati
to`g`risida signal beruvchi moddalar bo`ladi. Bu moddalar oqsil sintezini boshlashi
yoki to`xtatishi mumkin. Prokariotlarda bunday moddalar hujayraga kiradigan oziq
moddalar, metabolitlar va ayrim hujayra ichki boshqaruvchilari (siklik
nukleotidlar)
bo`lishi
mumkin.
Ko`p
hujayralilarda,
asosan
murakkab
tuzilganlarida oqsil sintezining avtonom hujayra ichki regulyatorlaridan tashqari
hujayraning tashqi regulyatorlari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |