Jo`rayeva A



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

13.5. 
Eukariotlarda 
oqsil 
biosintezining 
boshqarilish 
sxemasi. 
Eukariotlardagi oqsil sintezining boshqarilishi transkriptsiya va translyatsiya 
darajasida amalga oshadi. Transkriptsiya darajasida turli xil boshqaruvchilar ayrim 
genlarga tanlab ta’sir qiladi, bu esa ularga mos oqsillar to`plamini belgilab beradi. 
Translyatsiya darajasida boshqarilish ularning tarkibi emas, balki ribosomalarda 
ayrim oqsillarning sintezlanish tezligida namoyon bo`ladi. 
Induktorlarning ta’sir etish mexanizmi quyidagicha boradi. Induktorlar
masalan, gormonlar yadroga kiradi va transkriptsiyani boshqaruvchi molekulalar 
bilan o`zaro ta’sirlashadilar yoki ularning modifikatsiyasini faollaydilar. Shu bilan 
birga turli xil induktorlar gistonlarning repressor ta’sirini inaktivatsiyalash yoki 
giston bo`lmagan oqsillarni modifikatsiyalash, vektor RNP bilan o`zaro 
ta’sirlashish yo`llari bilan xromosomaning turli qismlariga “o`zining” genlarini 
kiritishi mumkin. Bunday mexanizmlardan istalgan biri RNK-polimerazaning 


109 
promotor bilan bog`lanishi va transkriptonning RNK li nusxasining hosil bo`lishini 
yengillashtiradilar.
Oqsil sintezining induktorlari, masalan gormonlar ta’sirida rRNK va tRNK 
genlarining transkriptsiyasi spetsifik oqsillar strukturasi to`g`risida axborot 
saqlovchi DNK ning qismlaridan transkriptsiyasiga nisbatan ilgarilab ketadi. 
Bunda o`ziga xos maqsadga muvofiqlik mavjud: oldin oqsil sintezi uchun kuchli 
apparat (tRNK, rRNK va ribosomalar) yig`iladi, keyin esa oqsil sintezini amalga 
oshirish uchun mRNK sintezlanadi. 
Induktor ta’siri tugaganidan keyin gistonlardan modifikatsiyalovchi guruhlar 
ajralishi ro`y beradi va gistonlar yangidan DNK bilan bog`lanib, transkriptsiyani 
to`xtatadilar. 
Prokariotlardan farqli ravishda eukariotlarda transkriptsiyaning blokadasi 
oqsil sintezining to`xtashini anglatmaydi. Eukariotlarda mRNK molekulalari ancha 
turg`un bo`lib, prokariotlarda ular tez gidrolizlanadi. Eukariotlardagi mRNKning
yangi nusxalarini hosil qilish blokirlangan taqdirda ham undan matritsa sifatida 
ribosomalarda oqsil sintezi uchun foydalanish imkonini beradi. 
Translyatsiya darajasida oqsil sintezini boshqarish ribosomalarda initsiatsiya, 
elongatsiya va terminatsiyani nazorat qiluvchi oqsil faktorlarga va ribosomaning 
turli xil funktsional qismlariga ta’sir etish usullari bilan amalga oshishi mumkin.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish