Jo`rayeva A


 - ma’ruza mavzusi: Modda va energiya almashinuvining umumiy



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

14 - ma’ruza mavzusi: Modda va energiya almashinuvining umumiy 
tavsifi. Katabolizm va anabolizm. Mitoxondriyaning tuzilishi. 
Reja: 
14.1. Moddalar almashinuvi va uning asosiy bosqichlari. 
14.2.Biokimyoviy reaktsiyalar energetikasi (organizmda energiya 
almashinuvi). 
14.3. Yuqori energiyali birikmalar. 
14.4. Oziq moddalardan energiya ajralish bosqichlari. 
14.5. Biologik oksidlanish. 
14.6. Mitoxondriyaning tuzilishi. 
 
14.1. Moddalar almashinuvi va uning asosiy bosqichlari.
Tiriklikning 
asosiy xususiyatlaridan biri – tashqi muhit bilan modda almashinuvidir. Biologik 
kimyo esa buning negizida yotuvchi kimyoviy jarayonlarni o`rganadi. 
Organizmning tashqi muhit bilan modda almashinuvida murakkab biokimyoviy 
jarayonlar kechadi va buning natijasida ozuqa mahsulotlari – oqsillar, uglevodlar 
va yog`larga kimyoviy ishlov berilib, organizmning energetik va plastik 
ehtiyojlarini qoplashga ishlatiladi. 
Organizmda asosiy ozuqa mahsulotlarining o`zgarishi 4 bosqichda boradi: 
1.
Ovqatlanish va ovqat mahsulotlarining hazm bo`lishi. 
2.
Hazm bo`lgan mahsulotlarning so`rilishi. 
3.
To`qima metabolizmi yoki ozuqa mahsulotlarining hujayradagi 
o`zgarishlari. 
4.
Metabolizmning oxirgi mahsulotlari (suv, karbonat angidridi, ammiak, 
siydikchil, kreatinin, siydik kislotasi) ning ajratilishi. 
Organizmning moddalar almashinuvi ikki xil bo`ladi: 1) tashqi almashinuv – 
hujayradan tashqaridagi moddalarning kirishi va chiqishi yo`llaridagi almashinuv; 
2) oraliq almashinuv – hujayra ichida boradigan jarayonlarga bo`linadi. Oraliq 
moddalar almashinuvi yoki metabolizm deganda tirik hujayraning hamma 
kimyoviy reaktsiyalari yig`indisi tushuniladi. 
Metabolizmning quyidagi asosiy vazifalari mavjud: 

kimyoviy moddalarning parchalanishidan hosil bo`lgan energiyani to`plash 
yoki yorug`lik yutish; 

zarur molekulyar komponentlar (monomerlar, makromolekulalar) sintezi uchun 
energiyadan foydalanish va osmotik, elektr, mexanik ishlarni amalga oshirish; 

hujayraning yangilanadigan komponentlarining parchalanishi; 

maxsus ahamiyatga ega bo`lgan biomolekulalar (gormonlar, mediatorlar, 
gormonoidlar, kofaktorlar) ning sintezi va parchalanishi.
Kimyoviy reaktsiyalar zanjiri metabolik yo`llar yoki sikllarni hosil qiladi va 
ularning har biri ma’lum bir vazifani bajaradi. Metabolik yo`llarni markaziy va 
maxsus metabolik yo`llarga ajratish mumkin. Asosiy makromolekulalarning
parchalanishi va sintezi uchun umumiy bo`lgan yo`llar markaziy metabolik yo`llar 
hisoblanadi. Ular tiriklik dunyosining istalgan bir vakili uchun juda o`xshash 
bo`ladi. Maxsus yo`l, ya’ni sikl esa individual monomerlar, makromolekulalar, 
kofaktorlar sintezi va parchalanishi uchun xos. 


115 
Moddalar almashinuvi bir-biriga uzviy bog`liq va qarama-qarshi ikkita katta 
jarayonni o`z ichiga oladi. Bu katabolizm va anabolizm.
Katabolizm – yirik organik molekulalarning mayda molekulalarga 
parchalanishi va ularning oxirgi mahsulotlari: suv, karbonat angidridi, ammiak, 
siydikchil, kreatinin, siydik kislotasi va boshqalarga aylanishi. 
Anabolizm – oddiy molekulalardan murakkablarining sintezi, ya’ni bu 
jarayon murakkab kimyoviy jarayon bo`lib, buning natijasida tashqi muhitdan 
kirgan organik va anorganik moddalardan organizmning o`ziga xos bo`lgan 
oqsillar, nuklein kislotalar, yog`lar, uglevodlar va boshqa moddalar hosil 
bo`lishidir. Bu jarayon organizmning o`sishini, rivojlanishini, yangilanishini 
ta’minlaydi. 
Katabolizm energiya ajralishi bilan boradigan jarayon bo`lib, undan ajralgan 
energiya ATF ko`rinishida to`planishi mumkin. Anabolik jarayonlarda esa ATF 
sarflanib, undan ADF va H
3
PO
4
hosil bo`ladi. Aytish mumkinki, ATF 
metabolizmning ikkita yo`lini bog`lovchi energetik bo`g`indir. Lekin ATF 2 ta 
yo`lni tutashtiruvchi yagona komponent emas, undan tashqari boshqa 
makromolekulalar va monomerlar katabolizmida oddiyroq metabolitlar hosil 
bo`lib, ular anabolizm, ya’ni moddalar sintezi uchun boshlang`ich material sifatida 
ishlatiladi. Moddalarning parchalanishi va sintetik yo`llarini birlashtiruvchi bu 
bog`lovchi yo`l yoki siklga amfibolik yoki ikki tomonlama deb aytiladi. Demak, 
katabolik va anabolik yo`llar faqat ATF-ADF energetik sistemasi bilan emas, balki 
umumiy metabolitlar orqali ham bog`langan. Biosintez uchun kerak bo`lganda 
oddiy oraliq moddalardan foydalaniladi va bunday holatlarda ularning tashqaridan 
kirishiga zarurat qolmaydi. Amfibolik yo`l moddalarning terminal yoki oxirgi 
oksidlanish sistemasi bilan bog`liq bo`lib, unda bu moddalar ko`p miqdorda 
energiya hosil qilgan holda oxirgi mahsulotlar – karbonat angidrid va suvgacha 
parchalanadi. Bulardan tashqari aminokislotalar va nukleotidlar almashinuvining 
maxsus reaktsiyalarida hosil bo`ladigan siydikchil va siydik kislotasi ham 
metabolizmning oxirgi mahsulotlari hisoblanadi. 
Katabolik va anabolik jarayonlar borishi natijasida hujayraning molekulyar 
komponentlari yangilanib boradi. Shuningdek, katabolizm va anabolizm 
yo`llarining mustaqilligini ham ta’kidlash lozim. Agar bu yo`llar faqatgina 
yo`nalishi bilangina farq qilganda edi, unda moddalar almashinuvida foydasiz 
sikllar yuzaga kelgan bo`lar edi. Bunday sikllar patologiyada mavjud bo`lib, unda 
metabolitlarning foydasiz aylanishi amalga oshishi mumkin. Bunday holatlar 
bo`lmasligi uchun hujayradagi moddalarning sintezi va parchalanishi avvalo 
chegaralar 
bilan 
ajratilgan. 
Masalan, 
yog` 
kislotalarning 
oksidlanishi 
mitoxondriyalarda, ularning sintezi esa mitoxondriyadan tashqarida, ya’ni 
mikrosomalarda amalga oshadi.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish