Ёғларни доғлаш ускуналари
Режа:
1.Дезодаризация жараёни ва унинг қўлланилиши.
2.Даврий ва узлуксиз усулда ишлайдиган дезодораторлар. Ускуналарнинг техник тавсифи.
3.Де-Смет дезодаратори. Деаэратор. Сепаратор-томчийиггич.
Dezodoratsiyaning muhim belgisi bo‘lib, berilayotgan ochiq bug‘ va dezodoratsiya vaqti hisoblanadi. Bu omillar o‘z navbatida dezodoratordagi bosimga, dezodoratsiyalanayotgan moyning miqdoriga, hamda hid beruvchi moddalarning boshlang‘ich va oxirgi konsentratsiyalariga bog‘liq. Ochiq bug‘ qurilmaga barbatyor, aralashtirgich va boshqa bug‘ taqsimlagich moslamalar orqali beriladi. Bu suyuqlikni intensiv aralashtirishni ta’minlaydi, o‘ta qizib ketishni kamaytiradi. Mayda pufakcha ko‘rinishida haydalgan bug‘ yog‘ bilan bug‘ yog‘li ko‘pik holidagi aralashma hosil qiladi. Shu sababli hidli moddalar yog‘ tomchisidan uning yuzasiga diffuziyalanadi va suv bilan aralashadi. Natijada dezodoratsiya jarayoni tezlashadi va osonlashadi. Ko‘pgina dezodoratorlarda hidli moddalarni yo‘qotish jarayoni plyonkali qatlamda olib boriladi. Dezodoratsiyada bosimni kamayishi bilan hid beruvchi moddalarning qaynash harorati va ochiq bug‘ sarfi kamayadi. Chuqur vakuum otilib chiqayotgan bug‘ pufakchalarini maydalanish imkonini beradi; bunda pufakcha ishchi yuzasining oshishi bilan uning hajmi kengayadi. Natijada bug‘lanish koeffitsienti oshadi. Vakuum dezodoratsiyalash davomiyligiga, yog‘ sifatiga va bug‘ sarfiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tayyor mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan boshqa omillardan biri dezodoratsiya jarayonining borish sharoiti va qurilmani konstruksiyasi hisoblanadi. Har bir moy va yog‘ turi uchun alohida optimal dezodoratsiyalash harorati mavjud. Bu narsa hid beruvchi moddalar tarkibiga bog‘liq. Tarkibida past molekulyar massali hid beruvchi moddalar bo‘lgan kokos, palma yadro va shunga o‘xshash moylarni haydash harorati kungaboqar moyi, salomas va boshqa yog‘larnikiga nisbatan past bo‘ladi.
Dezodoratorlar albatta izolyasiyalangan bo‘lishi kerak, chunki hid beruvchi moddalar bug‘lari kondensatsiyalanmasligi va dezodoratsiyalangan moyga qaytmasligi kerak. Yog‘larni oksidlanishini kamaytirish uchun dastlab yuqori bo‘lmagan haroratda deaeratsiya qilinadi.
Dezodoratsiyalangan yog‘ni barqarorligini oshirish uchun unga anti- oksidantlar yoki sinergistlar, asosan limon kislotasi qo‘shiladi. Ular metallarni aktivligini kamaytiradi va katalizator kabi oksidlashini oldini oladi.
Ba’zi xollarda hid va ta’mni yog‘da qaytadan paydo bo‘lishi kuzatiladi. Agar dezodoratsiya jarayoni texnologik rejimga to‘la rioya qilgan holda olib borilsa, hid va ta’mni qaytadan paydo bo‘lishi yuz bermaydi. Barcha sharoitlar to‘g‘ri olib borilganda dezodoratsiyalangan yog‘ benuqson organoleptik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi.
Yog‘lardagi individual uchuvchan moddalarning va erkin yog‘ kislotalarining miqdori aniq bo‘lmaganligi uchun hisoblashda, suyuqlik fazasi (yog‘) ikkita komponentdan tashkil topgan deb qabul qilinadi, ya’ni uchglitserid va erkin stearin kislotasi. Shuning uchun stearin kislotaning kamayishi bo‘yicha dezodoratsiya jarayoni nazorat qilinadi. Tajribaga qaraganda dezodoratsiya qilingan yog‘da stearin kislotasini miqdori 0,02 % -gacha bo‘lsa, u holda yog‘ hidsizlangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |