110
devorlarining qarshiligini va qorin bo'shlig'idagi organlar qarshiligini engadi. Nafas
olish fazasi tugab, nafas muskullari bo'shashgach xozirgina aytilgan kuchlar ta'sirida
qobirg'alar pastga to'shadi va diafragma gumbazi picha ko'tariladi. Shuning natijasida
ko'krak qafasining hajmi kichrayadi. Shunday qilib, nafas chiqarish akti (ekspirasiya)
odatda passiv ravishda, muskullar ishtirokidan tashqari ro'yberadi.Tez-tez nafas
chiqarish paytida boya aytilgan kuchlarga (bo'lar ko'krak qafasining hajmini
kichraytiradi) qobirg'alararo ichki qiyshiq muskullarning, orqadagi ichki tishli
muskullarning va qorin muskullarining qisqarishi qo'shiladi.
Qobirg'alararo ichki muskullar qobirg'alararo tashqi muskullarning tolalariga qarama-
qarshi yo'nalgan, ya'ni oldindan va yuqoridan orqaga va pastga yo'nalgan tolalardan
tuzilgan. Shuning uchun bu muskullar qisqarganda qobirg'alar pastga to'shadi.
Qorin muskullari qisqarganda qorin bo'shlig'idagi organlar va diafragma gumbazi
yuqorigako'tariladi.
Plevra bo'shlig'idagi manfiy bosim
. Ko'krak bo'shlig'idagi manfiy bosimning
vujudga kelish mexanizmini o'zgartirilgan Donders
modelidaravshanbilibolishmumkin. Xayvonning ko'krak qafasi sig'adigan shisha idish
tanlab va ichiga shu xayvon o'pkasini o'rnashtirgach xavosi tortib olinsa, o'pka
idishning deyarli butun hajmini egallaydi. Ayni vaqtda idish devori bilan o'pka
orasidagi yoriqsimon bo'shliq mavjud bosim atmosfera bosimidan picha past bo'ladi.
Buning sababi shuki, yozilgan elastik o'pka to'qimasi siqilishga intiladi. Elastik o'pka
to'qimasining siqilish kuchi – o'pka to'qimasining elastik tortish kuchi – atmosfera
bosimiga qarshi ta'sir etadi.
O'pkaning elastik tortish kuchi ikki faktordan
:
1) Alveolalar devorida bir talay elastik tolalar borligidan;
2) Alveolalar devorining yuza tarangligidan kelib chiqadi.
O'pkaning elastik tortish kuchidan 2/3 qismi Alveolalar devorining yuza tarangligiga
bog'liq ekanligini Neyergard 1929 yildayok ko'rsatib berdi. O'pkaning elastik to'qimasi
elastin fermenti bilan parchalangandan so'ng o'pka o'zining elastiklik xossalarini
saqlab qolishini ko'rsatuvchi yangi ma'lumotlar Neyergard ma'lumotigamos
keladi.Turli alveolalarda yuza taranglik kuchlari turlicha bo'lgani uchun, ulardan bir
qismi nafas chiqarish paytida boshqa Alveolalarning cho'zilgan xolicha turishi
hisobiga bujmayishi, puchayishi mumkin. Biroq alveolaning ichki yuzasini suvda
erimaydigan, yupqa monomolekulyar, surfaktant (surface – yuza, satx degan ingliz
so'zidan olingan) deb atalgan modda qoplaganligi uchun bu xodisa ro'y bermaydi.
Surfaktant yuza tarangligi kam bo'lib, Alveolalarning butunlay bujmayishiga tusqinlik
qiladi va ularning kattaligini bir xilda saqlab turadi. Yangi tug'ilgan bolalarda
surfaktant bo'lmasa o'pka yozilmay qoladi (atelektaz). Surfaktant alfa-lesitindir. U
alveolyar epiteliy xujayralarining mitoxondriyalarida hosil bo'ladi, deb faraz qilishadi.
Adashgan nervning ikkalasi qirqibtashlangach surfactant ishlanishituxtaydi .Yangi
tug'ilgan bolaning plevra bo'shlig'idagi bosim nafas chiqarish paytida atmosfera
bosimiga teng ekanligi va nafas olish paytidagina manfiy bo'lib qolishi shu bosimni
o'lchab aniqlandi.
Plevra bo'shlig'ida manfiy bosimning paydo bo'lishiga sabab shuki, yangi tug'ilgan
bolaning ko'krak qafasi o'pkasiga qaraganda tezroq usadi, shu sababli o'pka to'qimasi
doim (xatto nafas chiqarish paytida xam) cho'zilib turadi. Plevra bo'shlig'ida manfiy
bosim hosil bo'lishida plevra varaklarining suruvchanligi xam axamiyatli. Shuning
uchun plevra bo'shlig'iga kiritilgan gaz biroz vaqtdan keyin so'rilib ketadi va plevra
bo'shlig'iga yana manfiy bosim vujudga keladi. Shunday qilib, plevra bo'shlig'ida
manfiy bosimni aktiv ravishda saqlab turuvchi mexanizm bor.
Do'stlaringiz bilan baham: