Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot


Mustaqil tayorlanish uchun savollar



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Mustaqil tayorlanish uchun savollar 
1.
SHartsiz reflekslar. Biologik motivatsiyalarni axamiyati. 
2.
SHartli reflekslar, ularni axamiyati. 
3.
SHartsiz va shartli reflekslarni klassifikatsiyasi. 
4.
Vaqtincha alokani xosil bo’lish mexanizmlari. 
5.
Miya pustlogining analitik-sintetik faoliyati. 
6.
Dinamik stereotin va uning axamiyati. 
 
 
 
 
 
 


107 
AMALIY MASHG’ULOT № 1. 
 
MAVZU:
 
Nafas fizilolgiyasi. Qonda gazlarni tashilishi.
 
Nafas mexanizmi. Gazlar 
transporti. 
Ta’lim berish texnologiyasining modeli.
Mashg’ulot vaqti -2 soat. 
Talabalar soni : 15nafar. 
O`quv ashg’ulot shakli. 
Kirish, vizual ma`ruza 
Mashg’ulot rejasi. 
Tashqi nafas ahamiyati. 
Nafas olish va chiqarish mexanizmi. 
Plevra ichi bosimi. 
Pnevmotoraks. 
Nafas hajmlari va sigimlari. 
Gazlarning parsial bosimi va tarangligi. 
O2 va CO2 tashilishi 
O’quv mashg’ulot ining 
maqsadi: 
Nafas olish va chiqarish mexanizmlarini o`zlashtirish.Plevra ichi 
bosimini mohiyatini tushinish.Tashqi nafasning hayot uchun muhim 
bo`lgan ko`rsatkichlarini(O`TS va o`pka ventilatsiyasini) 
aniqlash.Spirometr yordamida o`pkani tiriklik sig`imni aniqlashni 
o`rganish.
Ta’lim berish usullari 
Multimedia, «Asalari uyasi» usuli 
Ta’lim berish shakllari 
Jamoaviy. 
Ta’lim berish vositalari 
O’quv-ishlanma , kompyuter,tajriba o`tkazish uchun anjomlar yig`indisi. 
Ta’lim berish sharoiti 
Metodik jihatdan jihozlangan auditoriya. 
Monitoring va baholash 
Oqzaki va yozma nazorat nazorat:savol-javob 
Amaliy Mashg’ulot ning texnologik kartasi 
Ish bosqichlari va 
vaqti. 
Ta’lim beruvchi 
Ta’lim oluvchilar 
Tayyorlov bosqichi 
(5 daqiqa) 
1.Auditoriya tozaligini nazorat qiladi. 
2.Talabalarni mashg’ulot ga tayyorgarligini tekshiradi. 
3.Davomatni nazorat qiladi. 
Mashg’ulotga tayyor 
bo’lish 
1. O’quv 
Mashg’ulot iga 
kirish bosqichi 
(20 daqiqa) 
1. . Mavzuga oid bo’lgan boshlangich bilimlar darajasini 
aniqlash 
2. , «Asalari uyasi» usulni mohiyatini tushuntirish 
3, «Asalari uyasi» usulida mavzu tahlili. 
Qatnashadilar. 
Tinglaydilar va 
savollarga javob 
beradilar 
2 – asosiy bosqich 
(30 daqiqa) 
1.Mavzuga oid amaliy k o’nikmalarni bajarish 
1.Gazlar aralashmasida O2 va CO2 parsial bosimini 
aniqlash. 
2.Spirometriya. 
Tomosha qiladilar va 
yozib oladilar. 
3-asosiy bosqich 
(20 daqiqa) 
1.Mavzu bo’yicha vaziyatli masala va testlarni mustaqil 
ravishda yechish. 
Yechadilar 
Yozadilar. 
4-yakuniy bosqich 
(5 daqiqa) 
1. Yakunlovchi hulosa qiladi. 
2. Mustaqil ish beradi.3. Uyga vazifa beradi. 
Tinglaydi. 
Yozib oladi. 
Jami: 2 soat 


108 
Integrastiyasi: Gistologiya, anatomiya, biohimiya. 
Mavzuning asosiy savollari quyidagilardan iborat: 
Tashqi nafas.
1. Nafasning asosiy etaplari.
2. Tashqi nafas. 
3. Nafas olish va chiqarish mexanizmlari. 
4. Plvera ichi bosimi.
5. O'pkaning nafas xajmlari. Nafas tiplari. 
6. Alveolyar havo organizmning ichki muhiti sifatida. 
7. Gazlarning parsial bosimi haqida tushuncha.
Mashg’ulot bayoni: 
Nafas – bir qancha prosesslar yig'indisi bo'lib, natijada organizm kislorod iste'mol 
qiladi va karbonat angidrid ajratib chiqaradi. 
Odam va yuksak xayvonlarning nafasi quyidagi prosesslarni o'z ichiga oladi:
1) tashqi muhit bilan o'pka alveolalari orasida xavo almashinishi (tashqi nafas, yoki 
o'pka ventilyasiyasi);
2) alveolyar xavo bilan o'pka kapillyarlaridan o'tayotgan qon o'rtasida gaz 
almashinishi (o'pkadagi gazlar diffuziyasi);
3) gazlarning qon bilan tashilishi;
4) to'qima kapillyarlarida qon bilan to'qimalar o'rtasida gaz almashinuvi 
(to'qimalardagi gazlar diffuziyasi);
5) xujayralarning kislorod iste'mol qilishi va karbonat angidrid ajratib chiqarishi 
(xujayralardagi nafas).
Bu prosesslardan to'rt guruxini, ularning boshqarilish mexanizmi va turli sharoitda 
o'tish xususiyatlarini nafas fiziologiyasi o'rganadi. Xujayradagi nafasni asosan 
bioximiya o'rganadi, u to'qimalardagi oqsidlanish prosesslarini tekshiradi, ana shu 
prosesslarda xujayradagi energiyaga boy moddalar parchalanib ichidagi yashirin 
energiyani yuzaga chiqaradi.
Organizmda o'pkaning asosiy vazifalaridan biri gazalmashinuvi.
Bundan tashqari o'pka bir qator boshqa funksiyalarni xam bajaradi:
1. Ayiruv – suv, asiton, etanol, efir, etilmerkaptanlarni chiqarishi. 
2. Biologik aktiv moddalarni ishlab chiqarish: geparin, tromboqsan V2, 
prostaglandinlar, tromboplastin, qon ivishini VII va VIII faktorlari, gistamin, 
serotonin, monoaminooqsidazalar, glikoziltransferazalar, metiltransferazalar. 
3. Biologik aktiv moddalarni inaktivasiyalash. 80% bradikinin bir marta o'pkadan qon 
o'tganda parchalanadi, 90-95% E va F gruppasidagi prostaglandinlar, angiotenzin I va 
II. 
4. Himoya funksiyasi. Antitelalar hosil bo'ladi, fagositozda ishtirok etadi, lizosim, 
interferon, laktoferon, immo'noglobo'linlar ishlanadi. 
5. Termoregulyasiya – o'pkada juda ko'p issiqlik hosil bo'ladi. 
6. Tovush hosil bo'lishi uchun o'pka xavo rezervuari hisoblanadi. 
Tashqi nafas 
Tashqi nafas, ya'ni o'pka alveolalari bilan tashqi muhit o'rtasida xavo almashinishi, 
ko'krak qafasining ritmik harakatlari natijasida yuzaga chiqadi. Nafas olinganda 
ko'krak qafasi va ichidagi o'pka hajmi kattalashadi, ayni vaqtda ulardagi bosim 
pasayadi va xavo yo'llari orqali o'pka Alveolalariga xavo kiradi. 
Nafas chiqarilganda ko'krak qafasining hajmi kichrayadi, o'pka qisman puchayadi, 
ichidagi bosim ortadi va xavo o'pkadan tashqariga chiqadi. 
Alveolalarda al`veolyar xavo bilan qon o'rtasida gazlar almashadi. Alveolalarga 
chirmashgan kapillyarlardagi qon alveolyar xavo kislorodini yutadi, kapillyarlardagi 
qon dan alveolyar xavoga esa karbonat angidrid ajralib chiqadi. Nafas olish va 


109 
chiqarish prosessida Alveolalardagi qonning tarkibi betuxtov yangilanib turadi. Nafas 
olish paytida kislorodga boy xavo alveolalarga kiradi, nafas chiqarish paytida esa 
karbonat angidridga boy xavo alveolalardan chiqib ketadi. Alveolyar xavo bilan qon 
dagi karbonat angidrid va kislorod shu tarika ma'lum miqdorda saqlanib turadi. 
Nafas olish mexanizmi 
Nafas olish akti (inspirasiya) ko'krak bo'shlig'ining hajmi uchta – vertikal, sagittal va 
frontal yo'nalishlarida kengayishi tufayli ro'y beradi. Qobirg'alarning ko'tarilishi va 
diafragmaning pastga to'shishi natijasida ko'krak bo'shlig'i kengayadi. 
Qobirg'alar to'sh suyagiga tog'aylar bilan birikkan, umurtqa pog'onasiga esa ikki 
nuqtada: qobirg'a boshi – umurtqa tanasiga, qobirg'a bo'rtigi umurtqaning yonbosh 
o'simtasiga birikkan. Nafas chiqarish paytida qobirg'alar pastga to'shadi; nafas olish 
paytida esa yuqoriga ko'tarilib, gorizontal vaziyatni oladi. Bunda to'sh suyagining 
pastki qismi oldinga yo'naladi, shuning uchun ko'krak qafasining kundalang kesimi 
ikki yonga va oldindan orqaga qarab kengayadi. 
Qobirg'alararo tashqi muskullar (mm. intercostales externi) bilan tog'aylararo 
muskullar (mm. intercartilaginei)ning qisqarishi natijasida qobirg'alar yuqoriga 
ko'tariladi. qobirg'alararo tashqi muskullar bir qobirg'adan ikkinchisiga orqadan va 
yuqoridan oldinga va pastga qarab qiyshiq yo'nalishda boradi. 
Qobirg'alar aylanish nuktasi ularning umurtqa pog'onasi bilan tuzgan bug'imlarida 
joylashgan ikkinchi xil richaglardan iborat. Qobirg'alararo tashqi muskullar qisqargan 
vaqtda qobirg'alarni bir-biriga yakinlashtirish kerak edi, biroq muskullar yopishgan 
joyning pasti kuch momenti yuqoridagisiga nisbatan kattaroq bo'lgani uchun 
muskullar qisqarganda qobirg'alar ko'tariladi. 
Nafas olish paytida diafragmaning muskul tolalari qisqaradi, natijada diafragma 
yassilanib, pastga to'shadi; qorin bo'shlig'idagi organlar pastga, ikki yonga va oldinga 
itariladi; ko'krak bo'shlig'i ayniqsa vertikal yo'nalishda kengayadi. 
Turli nafas muskullarini elektrofiziologik usullar bilan tekshirish bioelektr 
tebranishlari (Harakat potensiallari)ning avval diafragmada, keyin esa qobirg'alararo 
muskulda paydo bo'lishini ko'rsatdi. 
Tug'ilishdan keyingi dastlabki oylarda nafas harakatlari asosan diafragmaning 
qisqarishi hisobiga yuzaga chiqadi. Shuning uchun mushuk bolasining nn. phrenici-ni 
qirqish yo'li bilan diafragmasi falaj qilinsa, u o'lib qoladi.
Turli odamlarning yoshiga va jinsiga, kiyimiga va mexnat sharoitiga qarab nafas 
olish yo qobirg'alararo muskullar hisobiga – qobirg'a, yoki ko'krak bilan nafas olish 
tipi – yo bo'lmasa diafragma hisobiga – diafragma, yoki qorin bilan nafas olish tipi – 
yuzaga chiqadi.
Nafas olish tipi mo'tlaq doimiy bo'lmay, shu paytdagi sharoitga moslanishi mumkin. 
Masalan, odam ancha yuk orqalab ketayotganda ko'krak qafasi yuk uchun tayanch 
bo'lib xizmat qiladi, shuning uchun xam uni tana muskullari va qobirg'alararo 
muskullar umurtqa pog'onasi bilan birgalikda qimirlatmay ushlab turadi; faqat 
diafragma harakatlari tufayli nafas olinadi va chiqariladi. Xomilador ayollarda 
diafragmaning pastga siljishi qiyinlashadi, shuning uchun ularda qobirg'alar bilan 
nafas olish tipi usto'n turadi.
Tez-tez nafas olishda, masalan xalloslashda bir qancha qo'shimcha yoki yordamchi 
nafas 
muskullari: 
yuqoridagi 
qobirg'alarni 
ko'taruvchi 
muskullar 
(mm. 
sternocleidomastoidei, mm. scaleni), elka kamarini va orqaga tortilgan elkalarni 
qimirlatmay turuvchi muskullar (mm. trapecii, mm. rhomboidei, mm. levatores 
scapulae) nafas olish fazasida qatnashadi.
Yordamchi nafas muskullariga: mm.pectorales major et minor, mm. serati anter. 
kiradi, bo'lar xam qobirg'alarni ko'tara oladi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish