106
It ustidagi tajribada kuch jixatdan xar xil shartli reflekslarni vujudga keltiradigan
xar xil shartli ta`sirlovchilar kun sayin kat`iyan muayyan tartibda kullanilsa,
hayvonning katta yarim sharlar pustlogida ta`sirotlarning butun shu sistemasiga
kursatiladigan reaktsiyalarning muayyan stereotipi vujudga keladi. Kandaydir
tajribada shartli ta`sirlovchilardan fakat birontasini takror ta`sir ettirib, bunga ishonish
mumkin. SHartli ta`sirlovchi kuchli, kuchsiz yoki tormozlovchi ta`sirlovchi urnida
kullanilishiga karab, effekti kuch jixatidan xar xil bo`ladi. Miya pustlogi signalga
muayyan andaza bilan, xosil bulgan dinamik stereotipga yarasha reaktsiya ko’rsatadi.
SHartli signal yakka ta`sirlovchi sifatida emas, balki muayyan signallar sistemasining
avvalgi va keyingi ta`sirotlar bilan boglangan bir elementi sifatida idrok etiladi.
Miya pustlogining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga shartli refleks yuli bilan
kuchishi. Organizm yashaydigan tabiiy sharoitda ta`sirotlarni miya pustlogida analiz
va sintez qilish jarayonlarida miya pustlogining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga
shartli refleks yuli bilan kuchishi muxim rol’ uynashini e.A. Asratyan aniklandi.
Buning moxiyati shundan iboratki, shartli ta`sirlovchining effekti shu ta`sirlovchi
kullanilayotgan sharoitga muayyan darajada bog’liq bo’iib kolishi mumkin.
Masalan, tovush chiqaruvchan biron agent, masalan, minutiga 120 marta
tebranadigan metronomni jaranglatish bilan birga ertalab hayvonga ovqat berilsa,
kunduzi esa oyogiga elektr toki bilan ta`sir etilsa, bunday ta`sirlovchi shartsiz ta`sirot
bilan bir necha marta mustaxkamlangach, kun vaqtiga (ertalabki yoki kunduziga)
karab xar xil signal axamiyatining kasb etadi – ertalab ovqatlanish shartli reaktsiyasini,
kunduzi esa ximoyalanish reaktsiyasini vujudga keltiradi. Kun vaqti shartli reaktsiya
xarakterini belgilab beruvchi, miya pustlogini bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga
kuchiruvchi omil bo’iib chiqadi.
Eksperiment sharoiti yoki eksperimentatorning uziga alokador turli-tuman
ta`sirlovchilar shunday kuchiruvchi omillar (pereklyuchatellar) bula olishi
tajribalardan ma`lum. Pereklyuchatellar kanday bo’lmasin ruy-rost effektni yuzaga
chikarmaydi, ular miya pustlogining xolatini fakat spetsifik ravishda uzgartiradi: ba`zi
vaqtincha
alokalarni
tormozlaydi
va
boshqa
vaqtincha
alokalarning
ko`zgaluvchanligini oshiradi. Tadkikotning turli sharoitida bir ta`sirlovchining uzi
(masalan, gudok tovushi) gox shartli signal bo’iib, gox tormozlovchi signal bo’iib
ta`sir etishi mumkin. Miya pustlogi bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga kucha olgani
uchun organizm muttasil uzgaruvchi tashqi muxitga mukammalrok moslashadi.
Odamning oliy nerv faoliyatida miya pustlogining bir faoliyatdan ikkinchi
faoliyatga kuchishi ayniksa katta axamiyatga egadir. Odam uyida, ishxonasida,
mexmondorchilikda, teatrda, yulda va boshqa joylarda ekanligiga karab, bir xil
ta`sirlovchilarga (bir suzning uziga, bir narsaning uziga) turlicha reaktsiya kursatish
misollari kundalik xayotda son-sanoksiz.
Ma`ruzani ta`minlanishi
Ko`rgazmali materiallarni ta`minlash uchun mul’timedia texnikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: