104
kuyidagi faktlar yakkol ko’rsatadi. It miyasining kulrang moddasini kesib, yarim
sharlar pustlogining turli qismlari ajratib kuyilsa, shu qismlardagi xujayralar o’rtasida
vaqtincha alokalar vujudga kelaveradi (E.A.Asratyan). Odam miyasining orqadagi
markaziy pushtasi (birinchi somatosensor zona) oldingi markaziy pushta (motor zona)
dan ajratib kuyilsa, shu soxalar o’rtasidagi barcha gorizontal nerv alokalari batamom
uzilganiga karamay, xarakat malakalari buzilmaydi. Kadoksimon tana qirqib
kuyilganda xam, odamning xarakat malakalari jiddiy ravishda buzilmaydi (U.Penfild).
Bularning xammasida yarim sharlar pustlogining turli soxalari kuyidagicha uzaro ta`sir
etadi. SHartli signal ta`sirida kelib chikkan afferent impul’slar talamus va retikulyar
formatsiya orqali miya pustlogining sensor zonasiga boradi; impul’slar shu erda kayta
ishlangach, tushuvchi yullar orqali pustlok ostidagi spetsifik va nospetsifik
tuzilmalarga kaytadi, bu erdan esa yana miya pustlogiga – shartsiz refleksning
pustlokdagi vakillik zonasiga boradi.
Hozir aksari tadqiqotchilar shartli refleksning vujudga kelish mexanizmida
dominanta xodisasi muxim rol’ uynaydi, deb faraz qilishadi. SHartsiz ta`sirot vaqtida
tegishli analizatorning pustlokdagi xujayralari ko`zgaluvchanligi keskin darajada oshib
ketadi, shu tufayli bu xujayralar miya pustlogidagi boshqa soxalarning ko`zg’alishiga
reaktsiya ko’rsatadigan bo’iib koladi. Natijada indifferent va shartsiz ta`sirotlar birga
kullanilsa, ular yuzaga chikaradigan ko`zg’alishlar uzaro kushiladi, I.P.Pavlov ta`biri
bilan aytganda, summatsiya refleksi ruy beradi.
SHartli reflekslarning biologik axamiyati. SHartli reflekslar organizmning
moslanishi uchun juda katta axamiyatga egadir. Ular organizmning xayot jarayonida
tashqi muxitga moslanishini ta`minlaydi va uzgaruvchan xayot sharoitida
organizmning mukammalrok orientirovkasi uchun zarur bo`ladi. SHartli reflekslar
xosil bo’lishi natijasida organizm bevosita shartsiz ta`sirotlargagina emas, shu
ta`sirotlarning organizmga ta`sir etish imqoniyatiga xam reaktsiya ko’rsatadi;
reaktsiyalar shartsiz ta`sirotdan bir necha vaqt ilgari paydo bo`ladi. Organizm shu
vaziyatda qiladigan ish-xarakatlariga shartli reflekslar yordamida oldindan
tayyorlanadi. SHartli reflekslar ovqat topishga, xavf-xatardan barvaqt kutilishga,
zararli ta`sirotlarni bartaraf etishga yordam beradi va shunga uxshash.
Katta yarim sharlar pustlogida ta`sirotlarning analiz va sintez kilinishi. Ta`sirotlarni
analiz va sintez qilish – bosh miya katta yarim sharlari pustlogining eng muxim
funktsiyalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: