Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

SHartli sekretor reflekslar. 
So`lak ajratish shartli reflekslari boshqalardan kura yaxshirok va mukammal 
urganilgan. 
So`lak ajratish shartli reflekslarining 
ko`proq tekshirilganiga sabab shuki, 
miya faoliyatining bu tashqi kurinishlarini I.P.Pavlov laboratoriyasi itlar ustidagi 
tajribalarda mukammal tekshirdi va So`lak ajratish reaktsiyasini tajribada analiz qilib, 
shartli reflekslarning barcha eng muxim Qonuniyatlari aniklandi. N.I.Krasnogorskiy 
shu reflekslarni odamlarda, jumladan bolalarda urgandi. 
Ovqatlanish shartli reflekslari me`daning va me`da osti bezining sekretsiyasini 
tekshirishda xam aniklansa bo`ladi. Hazm bezlariga taallukli bu shartli reflekslarning 
organizm uchun fiziologik axamiyati – organizmga ovqat kirmasdanok uni hazm qilish 
uchun eng yaxshi sharoit tugdirishdan iborat. 
Xarakat shartli reflekslari. Turli tadkikotchilar ovqatlanish va ximoyalanish xarakat 
shartli reflekslarini urganishgan. 
Ovqatlanish xarakat shartli reflekslari ovqatni 
yamlash, chaynash, yalash, yutish, surish, emishda namoyon bo`ladi. Oyok terisiga 
elektr toki bilan ta`sir etib shartli signallarni mustaxkamlaganda (bunday ta`sir 
natijasida oyok bukish refleksi kelib chiqadi) 
ximoyalanish xarakat shartli reflekslari 
osonrok 
xosil bo`ladi. 
Ximoyalanish shartli reflekslarining biologik axamiyati shundan iboratki, 
emiruvchi ta`sirot organizmga tegmay turib, ba`zan xalokatli va kasallantiruvchi ta`sir 
etmay turib, organizm shu ta`sirotdan shartli bir signal ta`sirida uzoklashadi. 
Yurak shartli reflekslari. 
Odamda 
yurak 
faoliyatini uzgartiradigan 
shartli 
reflekslar 
xosil kilingan. SHu maksadda biron shartli ta`sirot kuz sokkasini bosib 
turish bilan bir vaqtga tugri keladi, kuz sokkasi bosilganda yurak urishi refleks yuli 
bilan (vagusning ko`zg’alishi tufayli) siyraklashadi – 
Ashner refleksi 
deb shuni 
aytiladi. SHunga uxshash bir kancha tajribalar natijasida shartli refleks kelib chiqadi. 
endi birgina shartli ta`sirotni kullanish yurak urishini siyraklata oladi. 
Nafasning va gazlar almashinuvining shartli refleks yuli bilan uzgarishi. Hayvonlarda 
xam, odamda xam nafasning shartli refleks yuli bilan uzgarishi mumkinligi 
V.M.Bexterev laboratoriyasida allakachon kursatib berilgan. Fakat shartli ta`sirotning 
kullanilishi bilan bir vaqtda bir necha tajriba mobaynida muskul ishi bajarilganligi 
natijasida o’pka ventilyatsiyasining shartlari refleks yuli bilan ortishi va kislorodning 
ko`proq yutilishini R.P.Ol’nyanskaya kuzatgan. Muskullar ishlashiga alokador bulgan 
bu shartli refleksning fiziologik axamiyati organizmni ishga tayyorlashdan iborat. Ish 
boshlashdan oldinok gazlar almashinuvining kuchayishi va o’pka ventilyatsiyasining 
ortishi muskul faoliyati vaqtida organizmning ko`proq chidamli bo’lishiga va ish 
kobiliyatining yaxshilanishiga yordam beradi. 
Boshqa ichki organlar faoliyatining shartli refleks yuli bilan uzgarishi. Turli 
signallarni shartsiz ta`sirotlar bilan birga kullanib, kupgina ichki organlar faoliyatini 
uzgartiradigan shartli reflekslarini vujudga keltirsa bo`ladi. Talokning qisqarishi, 
tomirlarning torayishi, buyraklarda siydik ajralishining kamayishi va shunga 
uxshashlarda namoyon bo`ladigan shartli reflekslar shu tarika vujudga keltiradigan. 


101 
SHartli reflekslar tufayli organizmida ruy beruvchi gormonal uzgarishlarni bir kancha 
tadkikotchilar aniklashgan. Masalan, ogrituvchi ta`sirotning shartli signali Qondagi 
adrenalini kupaytiradi. 
Farmakologik preparatlar ta`siriga doir shartli reflekslar. Morfin ta`siriga shartli 
refleks xosil qilish mumkinligi I.P.Pavlov laboratoriyasida kursatib berilgan edi. It 
organizmiga morfin yuborilgach bir necha minutdan keyin organizm funktsiyalari 
murakkab ravishda uzgaradi; So`lak ajralishi, kusish, defekatsiya, nafasning uzgarishi, 
gandiraklash, uyku bosishi va, nixoyat, uyku ruy beradi. Bir vaqtda va birday sharoitda 
kur marta (8-17 kun mobaynida) morfin yuborilsa, yukorida tasvirlangan fiziologik 
xodisalar (So`lak ajralishi, kusish, nafasning uzgarishi, gandiraklash)da ifodalanadigan 
shartli refleks tajriba sharoitining ta`sirida, morfin yuborishga tayyorgarlik kurish yoki 
teri ostiga fiziologik eritma yuborishning uzidayok kelib chiqadi. Morfindan 
zaxarlanishga xarakterli simptomlar shartli refleksda organizmga morfinning bevosita 
ta`sir etishidagiga nisbatan sustrok kurinadi. 
Boshqa kup moddalar miya pustlogining markazlariga bevosita yoki refleks yuli 
bilan ta`sir etsa, ularga doir shartli reflekslarni vujudga keltirish mumkin. Masalan, 
A.O.Dolin indifferent ta`sirotni teri ostiga bul’bokapnin yuborish bilan birga kulladi. 
Bu ta`sirlovchi 10-12 marta takrorlangach bul’bokapnidan zaxarlanish manzarasini 
shartli refleks yuli bilan gavdalantira oladigan bo’iib koldi. Hayvonda katalepsiya 
xolati ruy beradi, bul’bokapninning uzi ta`sir etgandagi kabi, katalepsiya xolatida 
oyoklar guyo mumga uxshab koladi, istagan vaziyatda shunday kotib koladiki, itni 
turli-tuman vaziyatga kiritsa bo`ladi. 
Bu tajribalarning xammasi shuni isbot etadiki, shartli refleks xosil bo’lishi 
natijasida faoliyatini uzgartirmaydigan – ko`zgalmaydigan yoki tormozlanmaydigan – 
bironta xam organ yuk. Organizmning xar bir funktsiyasini shartli reflektor ta`sirotlar 
bilan yuzaga chikarish yoki tormozlash mumkin. Xozirgi tadkikotlar bosh miya katta 
yarim sharlarining pustlogida funktsiyalarni boshqarish imqoniyatlari katta ekanligini 
kursatib berdi. 
SHartli reflekslari xosil qilish koidalari. I.P.Pavlov laboratoriyasida o’tkazilgan 
kupgina tadkikotlar shuni kursatdiki, shartsiz ta`sirot boshlanishdan oldin indifferent 
(bulajak shartli) signal ta`sir eta boshlagandagina shartli refleks xosil qilish mumkin. 
SHartli va shartsiz ta`sirotlar boshqacha kullanilsa, ya`ni ikkala ta`sirlovchi bir vaqtda 
berilsa yoki shartsiz ta`sirot boshlangani xolda shartli signal kushilsa shartli refleks 
vujudga kelmaydi, bordiyu vujudga kelgan bo’lsa, juda zaif bo’iib, tez sunib koladi. 
Keyingi tadkikotlar bu koidani birmuncha oydinlashtirishga imqon berdi. SHartli 
signalni shartsiz ta`sirotdan bir kadar minimal vaqt ilgari bera boshlash kerak ekan. 
Ximoyalanish xarakat shartli reflekslari uchun bu minimal vaqt 0,1 sekundiga teng 
ekan. Interval bunda kaltarok bo’lsa, shartli refleks vujudga kelmaydi. 
SHartli reflekslar xosil qilishning mukarrar sharti shuki, miya katta yarim sharlari 
normal aktiv xolatda bo’lishi, organizmda patologik jarayonlar bo’lmasligi, 
tekshirilayotgan shartli va shartsiz reflekslardan tashkari orientirovka refleksini yoki 
vistseral reflekslarni vujudga keltiruvchi kandaydir yot ta`sirotlar xam bo’lmasligi 
kerak. 
SHartli reflekslarni urganish metodikasi. SHartli reflektor faoliyatining 
Qonuniyatlarini tekshirish uchun So`lak ajratish va ximoyalanish xarakat shartli 
reflekslarini urganish maxsus fazilatlarga egadir. Bu reflekslarni urganishning 
fazilatlari reaktsiyalarni sonda va anik kayd qilish, reaktsiyalarning tez boshlanishi, 
reaktsiya xarakterining stereotipligi, shuningdek shartli reflekslarning birmuncha oson 
xosil bo’lishi va sunishidan iborat. 
I.P.Pavlov shartli reflekslarni urganish uchun original tadkikot metodikasini ishlab 
chikdi. Tekshiriladigan hayvon yoki odam eksperimentatordan va tajriba uchun 
keraksiz yot tashqi ta`sirlardan yakkalab kuyiladi. SHartli reflekslarning goyatda 
uzgaruvchanligi va turli tashqi ta`sirlarga bog’liq ekanligidan shu shartga rioya 
kilinadi. Tajriba kilinadigan hayvon yoki tekshiriladigan odam maxsus kameraga 
kuyiladi, bu kameraga yot tovush, xid, temperatura va yorug’lik kirmaydi. 


102 
SHartli va shartsiz ta`sirotlar uchun zarur asboblarning xammasi kamera ichida 
turadi. Odatda xushtak, kungirok, xar xil tonlar, metronom tovushi, yorug’lik 
signallari, turli shakllarning ekrandagi tasvirlari, mexanik ta`sirot, badanni sovutish 
yoki isitish va shunga uxshashlar shartli ta`sirotlar bo’iib xizmat qiladi. 
Itlar ustidagi tajribalarda shartsiz ta`sirot uchun avtomatik ravishda ochiladigan 
kormushka (ovqat kataklari) dan ovqat beriladi, lunjga maxkamlangan orositel’ 
yordamida og’iz ga turli eritmalar kuyiladi yoki uzgarmas yoki uzgaruvchan elektr 
toki teriga kadalgan elektrodlar orqali beriladi.
Eksperimentatorlar, shartli va shartsiz ta`sirotlar uchun zarur asboblarni ishga 
soladigan mexanizmlar, shuningdek xarakat, sekretor, tomir shartli reflekslarini kayd 
qilish va miqdoriy xisobga olish apparatlari kameradan tashkarida turadi. 
Bolalarda shartli reflekslarni tekshirish usullarini A.G.Ivanov-Smolenskiy ishlab 
chikdi. U shartli signallarni ovqatlanish, nutk yoki orientirovka reaktsiyalariga sabab 
buluvchi 
ta`sirotlar 
bilan 
mustaxkamladi. 
Ovqatlanish 
xarakat 
reflekslari 
tekshirilganda bola shartli ta`sirot berilgan paytda kulidagi rezinka ballonli kisib, 
Qonfet (ovqat) oladi. Ballonni kisish ovqatlanish shartli refleksini kayd qiladigan usul 
xamdir. 
SHartli reflekslar xosil qilishda shartsiz ta`sirotdan odatda 1-5 sekund ilgari signal 
beriladi. Tajribalar shunday kilinganda shartsiz ta`sirot ta`siri bilan deyarli bir vaqtga 
tugri keladigan shartli refleks paydo bo`ladi. Bu refleks vujudga kelib 
mustaxkamlangach, shartli ta`sirotning boshlanishi bilan shartsiz ta`sirotning 
boshlanishi o’rtasidagi interval uzaytiriladi: shartsiz ta`sirot shartli ta`sirotning 
boshlanishidan «keyinda koldiriladi». Ovqatlanish reflekslarini xosil qilishda bunday 
kechikish odatda 20-30 sekundni tashqil etadi, ximoyalanish xarakat reflekslarini xosil 
qilishda teriga elektr toki bilan ta`sir etish – 8-10 sekund keyinda koldiriladi. SHartli 
ta`sirotning shartsiz ta`sirotdan keyinda koldirilishi shartli refleks miqdorini ulchashga 
imqon beradi. 
Sunggi yillarda M.N.Livanov, A.B.Kogan, A.I.Roytbak va boshqa tadkikotchilar 
Pavlovning shartli reflekslarini urganish uchun yaratgan klassik metodikasi bilan bir 
katorda katta yarim sharlar pustlogining turli soxalari va pustlok ostidagi 
strukturalarning faoliyatini tekshirish uchun elektrofiziologik usullardan xam 
foydalanmokdalar. SHu maksadda, shartli reflekslar xosil kila boshlashdan ancha vaqt 
ilgari hayvon miyasining turli strukturalariga elektrodlar joylab kuyiladi, tajriba 
vaqtida esa bu elektrodlar elektroentsefalografga ulanadi. Bu shartli refleksning 
yuzaga chiqishida katnashayotgan xar xil tuzilmalarning, ya`ni miya bulimlarining 
elektr aktivligi kanchalik uzgarganini kuzatishga imqon beradi. 
Maymunda shartli reflekslarni yuzaga chikargan vaqtda katta yarim sharlar 
pustlogidagi ayrim xujayralarning elektr aktivligini kayd qilish metodikasi Jasper 
laboratoriyasida ishlab chikildi. Hayvon maxsus yasalgan stanokka kimirlamaydigan 
qilib yotqizildi. Katta yarim sharlar pustlogining turli chukurligiga mikroelektrod 
kiritish imqonini beradigan kurilma kalla suyagiga joylandi. Tajriba vaqtida yarim 
sharlar pustlogining ayrim xujayralaridan ta`sir berishdan oldin va xar xil shartli 
ta`sirlovchilarni kullanib, xarakat potentsiallari ajratib olindi. 
SHartli refleks signallari. Tashqi muxitning yoki organizm ichki xolatining xar 
kanday uzgarishi muayyan intensivlikka etib, katta yarim sharlar pustlogida idrok 
etilgach, shartli ta`sirlovchi bo’iib kola oladi. 
Tabiati jixatdan turli-tuman ta`sirlar – tovushlar (tonlar va shovkinlar), yorug’lik 
intensivligi, yoritilgan narsalarning Qonturalari, ranglar, xidlar, ta`mli moddalar, teriga 
tegish, bosim, issiq va sovuk ta`siri, muskullarning taranglanish darajasi, qisqarishi va 
bushashuvi, gavdaning fazodagi vaziyati, ichki organlar xolati, shillik pardasining 
ta`sirlanishi, shuningdek organizmda modda va energiya almashinuvining uzgarishlari 
shartsiz ta`sirotlar bilan birga kullanilganda ular shartli reflekslarning signallariga 
aylanadi. SHunday qilib, ekstroretseptiv, vistseroretseptiv va proprioretseptiv 
ta`sirotlarning xammasi shartli refleks signallari bo’iib kolishi mumkin. 


103 
SHartli refleks miqdori shartsiz va shartli ta`sirotlar kuchiga bog’liq ekanligi. 
Birday sharoitda hayvondagi shartli refleks miqdori uning vujudga kelishi uchun asos 
bulgan shartsiz refleks kuchiga, shuningdek shartli ta`sirot kuchiga bog’liq. Masalan, 
tovush bilan ta`sir etib turib, itning oyok terisiga juda kuchsiz elektr toki bilan xam 
ta`sir etilsa, vujudga keltirilayotgan shartli refleks zaif, omonat bo’iib chiqadi. Bordi-
yu, shartsiz ta`sirot kuchi oshirilsa, kuchlirok va barkaror ximoyalanish refleksi 
vujudga keladi. 
SHartli refleks miqdori shartsiz ta`sirot kuchiga bog’liq ekanligini tekshirib, 
shartsiz stimulning absolyut kuchi emas, balki shu stimul tufayli yuzaga chiqadigan 
ko`zg’alish intensivligi xal kiluvchi rol’ uynashi aniklandi. Masalan, tajribadan oldin 
tuygizilgan itda ovqatlanish shartsiz reflekslari susaygan bo’iib, shartli refleks miqdori 
shunga yarasha kamayadi.
SHartsiz ta`sirot kuchi doimo bir xilda turganda shartli refleks miqdori signal 
ta`sirotning jismoniy kuchiga bog’liq. Bu kuch kancha ortik bo’lsa, shartli refleks 
ushancha kuchli bo`ladi. 
I.P.Pavlov shu ma`lumotlarga asoslanib, kuch nisbatlari Qonuni ta`riflang berdi. Bu 
Qonun shartli refleks miqdori shartli ta`sirot kuchiga tugridan-tugri bog’liq ekanligini 
ko’rsatadi. 
Ammo, «kuch Qonuni» fakat muayyan doirada amal qiladi – xar kanday shartli 
ta`sirot uchun kuch chegarasi bor, bu chegaradan utgach ta`sirotni kuchaytirish shartli 
reaktsiyaning susayishiga sabab bo`ladi. 
Ikkinchi va uchinchi tartibdagi shartli reflekslar. SHartli refleksni shartsiz refleks 
asosidagina emas, ilgari vujudga keltirilgan boshqa shartli reflekslar negizida xam 
xosil qilish mumkin. Ayni vaqtda tajribalar kuyidagicha o’tkaziladi. SHartsiz ta`sirot, 
masalan, ovqat berish bilan bir vaqtda kandaydir tashqi indifferent signal xam 
kullaniladi. SHu signalga, masalan, kungirok tovushiga doir shartli refleks vujudga 
keltirilgach va mustaxkamlangach, kungirok tovushiga yangi indifferent signal xam 
kushiladi, masalan, terisi kashiladi. Bu xolda avval terini bir necha sekund kashib 
turiladi, sungra kungirok tovushi kushiladi. SHu ish bir necha marta takrorlanadi. 
Ilgari teri kashilganda xech ovqat berilmay, fakat boshqa shartli signal kullanilgan 
bo’lsa, endi terini kashish shartli refleksni vujudga keltira boshlaydi. 
Signalni shartsiz ta`sirot bilan birga kullanish orqali vujudga keltirilgan shartli 
reflekslar 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish