118
ko'zg'atadi, shuningdek tomirlarning refleksogen zonalaridagi xemoreseptorlarini
ko'zg'atish yo'li bilan reflektor ta'sir ko'rsatadi.
Nafas markaziga karbonat kislotaning bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) ta'siri. Karbonat
kislota nafas markaziga bevosita ko'zg'atuvchi ta'sir ko'rsatishi turli eksperimentlarda
isbot etilgan. Tarkibida karbonat kislota yoki uning tuzi bo'lgan 0,01 ml eritma
uzunchoq miyaning ma'lum qismiga yuborilsa, nafas harakat lari kuchayadi. Eyler
mushukning ajratilgan uzunchoq miyasiga karbonat angidridni tasir ettirib, elektr
razryadlari (Harakat potensiallari) chastotasining kuchayganini ko'zatgan, bu esa nafas
markazining qo'zg'alganligidan guvoxlik beradi.
Markazda tez impuls razryadlari paydo bo'lishidan oldin membrana potensiali asta-
sekin o'zaradi, bu o'zgarish reseptorlarda ko'zatiladigan generator potensialini eslatadi.
Bo'nga nafas markazining generator neyronlari karbonat kislota ta'siriga sezgir
ekanligidan va periferik xemoreseptorlar ba'zi ximiyaviy moddalar ta'siriga qanday
reaksiya ko'rsatga, bu neyronlar karbonat kislota ta'siriga o'shanday reaksiya
ko'rsatishidan darak beradi deb qarash mumkin.
Karbonat kislotaning nafas markaziga reflektor ta'siri. Geymans ko'rsatganidek
karbonat kislota nafas markazini bevosita ko'zg'atish bilangina qolmay, refleks yo'li
bilan refleksogen karotid zonaning xemoreseptorlari orqali xam ko'zg'atadi.
Organizmdan ajratib olingan va o'nga faqat nerv tolalari bilan bog'langan karotid
sinusni perfo'ziyalovchi qondagi karbonat kislota tarangligi ortganda nafas harakat lari
kuchayadi. Karotid sinusni perfo'ziyalovchi qondagi N2SO3 tarangligi kamayganda
esa, aksincha, nafas harakat lari susayadi.
Kislorod etishmasligining nafas markaziga ta'siri. Nafas markazining inspirator
neyronlari qondagi N2SO3 tarangligi ortgandagina emas, balki kislorod tarangligi
kamayganda xam qo'zg'aladi.
Kislorod etishmasligi tomirlarning refleksogen zonalaridagi xemoreseptorlarga
ta'sir etib, nafas harakatlarini refleks yo'li bilan kuchaytiradi. Qondagi kislorod
tarangligi kamayganda karotid tanachadagi xemoreseptorlarning qo'zg'alishini K.
Geymans, E. Neyl va boshqa fiziologlar karotid sinusdan boshlanuvchi Gering nervida
bioelektr potensiallarini qayd qilish yo'li bilan bevosita isbot etishgan. Karotid sinusni
kislorodi kam bo'lgan qon bilan perfo'ziyalash natijasida Gering nervidagi harakat
potensiallari tezlashadi. Qondagi karbonat kislota ortiqcha, kislorod kam bo'lganida
nafasning o'zgarish harakteri turlicha. Qondagi kislorod tarangligi picha kamayganda
nafas ritmi refleks yo'li bilan tezlashadi, qondagi N2SO3 tarangligi picha oshganda
nafas harakatlari refleks yo'li bilan chuqurlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: