Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Nafasning boshqarilishida mexanoreseptorlarning ahamiyati

Nafas markazi xemoreseptorlardangina emas, balki tomirlarning refleksogen 
zonalaridagi pressoreseptorlardan, shuningdek o'pka, nafas yo'llari va nafas 
muskullarining mexanoreseptorlaridan xam afferent impulslar oladi. Bu impulslarning 
barchasi nafasni refleks yo'li bilan o'zgartiradi. Nafas markaziga o'pka reseptorlaridan 
adashgan nervlar orqali keluvchi impulslar ayniqsa muxim axamiyatga egadir. Nafas 
olish va chiqarishning chuqurligi ko'p jixatdan shularga bog'liq. O'pkada reflektor ta'sir 
kelib chiqishini 1868 yilda Gering va Breyer tasvir etgan; bunday ta'sir borligi 
nafasning o'z-o'zini releks yo'li bilan boshqarishi haqidagi tasavvurga asos bo'ldi. 
Nafasning o'z-o'zini refleks yo'li boshqarishi shunda namoyon bo'ladiki, o'pkada nafas 
olish (inspirasiya)ni refleks yo'li bilan tormozlovchi va nafas chiqarish (ekspirasiya)ni 
ko'zg'atuvchi impulslar nafas olish (inspirasiya) fazasida paydo bo'ladi, nafas olish 
(inspirasiya) ni refleks yo'li bilan ko'zg'atuvchi impulslar esa nafas chiqarish 
(ekspirasiya) fazasida kelib chiqadi. Bunday reflektor boshqarilish (regulyasiya) 
mavjudligini quyidagi faktorlar ko'rsatib turipti: 1) Alveolalar devoridagi, ya'ni 
o'pkaning eng cho'ziluvchan qismidagi o'pka to'qimasida interoreseptorlar bor, ular 
adashgan nervdagi afferent nerv tolalarining ta'sirotni sezuvchi oxirlaridan iborat; 2) 
adashgan nervlar kirqilgandan so'ng nafas (respirasiya) sekin va chuqur bo'lib qoladi; 
3) adashgan nervlarni albatta butun koldirib, o'pka indifferent gaz, masalan, azot bilan 
shishirilganda diafragma va qobirg'aaro muskullar birdaniga qisqarishdan tuxtaydi, 


119 
nafas olish (inspirasiya) xam odatdagi chuqurligiga etmay to'xtab qoladi, o'pkadan 
xavo so'n'iy yo'l bilan tortib olinganda esa, aksincha, diafragma kisqara boshlaydi. 
Shu faktlarga asoslanib, quyidagi xulosa chiqarildi: nafas olish (inspirasiya) 
fazasida o'pka Alveolalarining kengayishidan o'pka reseptorlari ta'sirlanadi, natijada 
nafas markaziga adashgan nervlarning o'pkadagi tarmoqlari orqali keluvchi impulslar 
tezlashadi, bu esa nafas markazining ekspirator neyronlarini refleks yo'li bilan 
ko'zg'atadi, demak, nafas chiqarish (ekspirasiya) ga sabab bo'ladi. 
Adashgan nervlarni qirqib, periferik uchlari ossillografga ulab qo'yilsa, o'pka 
shishirilganda xam, undagi xavo so'n'iy yo'l bilan tortib olinganda xam elektr 
tebranishlari (harakat potensiallari) mavjudligi bilinadi. Tabiiy nafas (respirasiya)da 
adashgan nervdagi tez toklar faqat nafas olish (inspirasiya) fazasida ko'zatiladi, tabiiy 
nafas chiqarish (ekspirasiya) fazasida esa ko'zatilmaydi. Demak, o'pka bujmayganda 
nafas markazi refleks yo'li bilan ta'sirlanadi, buning uchun o'pka normal (odatdagi) 
nafas chiqarishda uchramaydigan darajada qisilgan bo'lishi shart. O'pkadan xavo tortib 
olinganda yoki to'satdan ikki tomonlama pnevmotoraks paydo bo'lganda (bo'nga 
diafragma refleks yo'li bilan qisqarib javob beradi) shu xodisa ko'zatiladi. Tabiiy nafas 
olish (respirasiya)da adashgan nervlarning reseptorlari faqat o'pkaning cho'zilishidan 
ta'sirlanadi. 
Nafasning boshqarilishida o'pkaning mexanoreseptorlaridan tashqari qobirg'aaro 
muskullar bilan diafragmaning mexanoreseptorlari xam qatnashadi. Diafragmaning 
yoki Tashqi qobirg'aaro muskullarning sezuvchi nervlari ta'sirlanganda nafas olish 
(inspirasiya) markazining faoliyati susayadi va nafas chiqarish (ekspirasiya) markazi 
qo'zg'aladi. 
Bolalarda nafas tizimining o'ziga xosligi 
Homilaning tashqi nafasi yo'ldosh orqali amalga oshadi
.
Homilaning alveola va bronxlari amniotik va alveolalarda ishlanadigan suyuqliklar 
bilan to'ldirilgan. 
Homilaning periodik nafas harakatlari 11 haftada paydo bo'ladi. 1 mino'tda 40 – 70 
marta, bo'lar gaz almashinuvini ta'minlamaydi, o'pkani va nafas mushaklarini 
rivojlanishini ta'minlaydi. 
Chaqaloqning birinchi nafasi quyidagi faktorlarga bog'liq.
– Qonning gaz tarkibini o'zgarishi (SO2 ni to'planishi, O2 ni kamayishi) 
– Terining sovuq, issiq, taktil reseptorlaridan, proprio va vestibo'loreseptorlardan 
keladigan afferent impulslar oqimi.
– Chaqaloq tug'ilganidan keyin siqilgan ko'krak qafasi keskin kengayishi 
Nafas olgandan keyin alveolalardagi suyuqlik 1 necha soat davomida chiqariladi 
qisman qon ga, limfaga so'riladi, tug'ilish paytida suyuqlikni 1 qismi yutiladi, 1 qismi 
og'izdan tashqariga chiqariladi 
Alveolalarning ichki yuzasi 6 oydan keyin surfaktantt bilan qoplanadi. 
Yoshning oshib borishi bilan o'pka ham taraqqiy etib boradi. O'pkadagi asosiy 
o'zgarishlar alveola pufaklarining yil sayin ko'payib va kengayib borishidir.Bola 
yoshining oshishi bilan nafas olish muskullari ham rivojlana boshlaydi. 
Logik masalalar. 
1.Qaysi atmosfera bosimida qo’shimcha kislorod bo’lmasa odamning nafas olishini 
iloji bo’lmaydi? Nima uchun? 
2.Qon bilan O2 va SO2 bog’lanish jarayonlari orasida qanday bog’lanish bor? 
3.Yuqori tog’ sharoitida yashaydigan odamlardan orgainzmning gaz muhitini 
doimiyligini saqlab turish qanday yo’llar bilan amalga oshadi? 
4.Qisqa vaqt davom etadigan mushak ishida qonda gaz tarkibini davomiyligini saqlab 
turish qanday yo’llar bilan amalga oshadi? 
Vaziyatli masalalar. 
1. Travma natijasida orqa miyaning birinchi ko’krak umurtqasi sohasida to’liq uzulish 
bilan shikastlanish sodir bo’ldi. Nafasga nima bo’ladi? 


120 
Javobi: Diafragmaning qisqarishi hisobiga nafas saqlanib qoladi, ularning innervastiya 
markazi S3-S5 sohalarida. Ularning aloqasi bulbar nafas markazi bilan saqlangan. 
2. Daryoda 200 m. Chuqurlikda ish olib borilgandan so’ng gipoksil xavfi bo’lgani 
uchun g’avvosni suvdan chiqishi tezlashtiriladi. Bunda organizmda qanday xolatlar 
rivojlanadi. Ularni oldini olsa bo’ladimi? 
Javobi: 200 m. Chuqurlikda bosim 20 atmosferagacha oshadi. Bunday sharoitlarda 
gazlarning qondagi almashinuvi kekskin oshadi, chuqurlikdan tez ko’tarilish natijasida 
donaturastiya sodir bo’ladi, eritmadan gazlar pufak holida chiqib ketadi. Gazlar 
emboliyasiniyuzaga chiqaradi va bu kesson kasalligi deb nomlanadi. Hamma 
gazlardan ham azot havfli hisoblanadi. Bu kasallikdan saqlanish uchun 
dekompressiyani sekin o’tkazish kerak. 
3. Itda mahalliy anestiziya ostida adashganda nerv ikki tomonlama kesilganda, ya’ni 
ekspriment o’tkazilganda tashqi nafas qanday o’zgaradi? Mexanizmi qanday? 
Javobi: Nafas chastotasi kamayadi, chuqurligi ortadi, nafas ritmi buziladi, adashgan 
nervni qirqish natijasida Gring-Breyer refleksi yo’qoladi nafas nafas markazidagi 
yuqori yotuvchi pnevmotaksik, apneyetik va karbonat angidridning aktivlovchi ta’siri 
natijasida saqlanadi. 
4.Chaqaloqda regulyar nafas harakatlari tug’ilgan zaxoti boshlanadi, ba’zida kindikni 
kesgandan so’ng boshlanishi mumkin. Chaqaloqning birinchi nafasi nima bilan 
xarakterlanadi. Uni qanday faktorlar chaqiradi? 
Javobi: Yangi tug’ilgan chaqaloqning birinchi nafas angidrid tarangligining oshishi, 
kislorod tarangligini pasayishi, teridagi termo-mexano va og’riq resteptorlarining 
ta’sirlanishidir. 
5. Nafas markazi faoliyatini boshqarish mexanizmi tashqari avtomatiya ajratiladi. Bu 
mexanizm nimadan iborat? 
Javobi: Nafas markazining xmogresteptorlari avtomatiyani, nafas neyrogumoral 
regulyasiyasini ta’minlaydi, nafas markazining qo’zg’aluchanligiga ta’sir qiladi.
NAZORAT SAVOLLARI. 
1. Karboangidraza qaerda saqlanadi? 
2. Tinch holatda nafas hajmi nechaga teng? 
3. Gipoksiya nima? 
4. Gipoksemiya nima? 
5. Kislorodning transportida qonning qaysi tarkibiy elementlari qatnashadi? 
6.Karbonat angidridning transportida qonning qaysi tarkibiy elementlari qatnashadi? 
7. Oksigemoglobinni dissostiastiyasini egri chizig’i nimani aks etadi? 
8. Nafas markazlarining strukturalari qaerda joylashgan? 
9. Nafasni to’xtatgandan so’ng nima uchun giperpnoe sodir bo’ladi? 
10. Giperkapniya nafasga qanday ta’sir qiladi? 
11. Gipokapniya nafasga qanday ta’sir qiladi? 
12. Pereferik xemoresteptorlar nimaga sezgir? 
13. Markaziy xemoresteptorlar nimaga sezgir? 
14. Apnoe nima? 
15. Giperkapniya nima? 
16. Gipoksemik gipoksiya qachon sodir bo’ladi? 
17. Anemik gipoksiya qachon sodir bo’ladi? 
18. Gistotoksik gipoksiya qachon sodir bo’ladi? 
19. Alveolyar havoning tarkibi? 
20. Qonning kislorod sig’imi nima? 
21. Gemoglabinning kislorod bilan birikmasi qanday ataladi? 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish