249
itlar tovush va yorug’lik bilan ta’sirlashgan. Yigirma marotaba qaytarilgandang so’ng bular o’rtasida
bog’lanish paydo bo’lganligi kuzatilgan. Agar yorug’lik yakka o’zi ta’sir etilsa, it jim turgan tovush
manbaiga, tovush berilganda esa yorug’lik manbaiga qaraganligi kuzatilgan. Shu ta’sirlardan biri,
yorug’likka - shartli refleks hosil qilingandan so’ng, tovush birinchi marotaba berilgandayoq shu
refleksni chaqirgan.
Vaqtga hosil qilingan shartli refleks.
Agar shartli ta’sir bir necha bor ma’lum bir vaqt
o’tgandan so’ng qaytarilsa, vaqtga shartli refleks hosil bo’lishi mumkin. Natijada vaqt oralig’i
o’tgandan so’ng xuddi shartsiz ta’sir berilgandek javob reakstiyasi kuzatiladi. Masalan: bir necha bor
it har 30 minutda ovqatlantirilsa, har 30 minutda o’z-o’zidan so’lak ajralish reakstiyasi kuzatiladi.
Shartli reflekslarning tormozllanishi
Shartli reflekslarning xosil bo’lishi neyronlarning qo’zg’alishi bilan bog’liq. Tormozlanish jarayoni
odam va hayvonlarni murakkab xulq-atvorini amalga oshirish uchun qo’zg’alish jarayoni kabi muhim
ahamiyatga ega. Tormozlanish shartli reflekslarni tartibga solish va mukammallashtirishning asosiy
vositasi hisoblanadi. Tormozlanish tufayli organizm uchun eng zarur eng, ahamiyatli faoliyatga
e’tibor berilib, qolganlari to’xtatib qo’yiladi (
shartsiz tormozlanish
). Tormozlanish tufayli shartli
reflekslar uzliksiz aniqlashtirilib mukammalashtirilib o’zgaruvchi muhit sharoitiga moslashtiriladi.
Shartli tormozlanish tormozlanish tufayli shartli reflekslarni nozik mexanizmi orqali organizm
o’zini ortiqcha kuchlanishdan saqlaydi (himoyaviy tormozlarish).
Shartli reflekslar tormozlanishining ikki guruhi mavjud:
1.
Shartsiz-tashqi
.
2.
Shartli-ichki
.
Shartsiz (tashqi) tormozlanish.
Organizm hayot faoliyati jarayonida tashqi va ichki
dunyodan uzluksiz ta’sirlarga uchraydi. Bu ta’sirlarning har qaysisi tegishli refleksni keltirib
chiqaradi. Agar hamma ta’sirlarga organizm javob berganda uning faoliyatida hech qanday tartib
bo’lmas edi. Aslida bunday bo’lmaydi. Shartsiz tormozlanish natijasida xozirgi vaqt uchun eng zarur
refleks amalga oshib, qolganlari tormozlanadi. Shartsiz tormozlanish nerv tizimining barcha
bo’limlarida uchraydi. Uni xosil qilinmaydi, u zarur refleks yuzaga kelishi bilan boshqalarni
tormozlaydi. Shartsiz tormozlanishni «tashqi» deyilishiga sabab, uni keltirib chiqadigan
tormozlovchi omil refleks yoyidan tashqarida bo’ladi. Shartsiz tormozlanishni keltirib chiqaruvchi
ta’sirlagichlarni
doimiy
va s
o’nibboruvchilarga
bo’linadi.
Doimiy tormoz.
Itda yaxshi so’lak ajratuvchi shartli refleks xosil qilingan holatda shartli
qo’zg’atuvchining ta’siriga it kuchli so’lak oqishi bilan javob beradi. Biroq shartli qo’zg’atuvchi
ta’siri bilan birga itga og’riq berilsa, bir tomchi ham so’lak oqmaydi: shartli refleks yo’qoladi. Shartli
so’lak ajratuvchi refleksning tormozlanishi hayotiy muhim shartsiz ximoyalanuvchi refleks hisobiga
yuzaga keldi. Organizmga ziyon keltiruvchi og’riq reakstiyasi shunchalik muhimki, barcha
imkoniyatlarni ishga solib, undan qutulish zarur. Shartsiz tormozlanish boshqa reflekslarni to’xtatib
organizmni
olg’a» buyrug’i beriladi, yonida yotgan o’rtoqlari turadi, shartli ximoyalanish refleksi ongli
ravishda tormozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: