Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

 
Shartli refleks hosil bo’lish mexanizmi. 
Shartsiz refleksni qandaydir befarq ta’sirot bilan bir 
necha bor mos kelishi natijasida shartli refleks hosil bo’ladi. Markaziy nerv sistemasi ikki 
nuqtasining bir necha bor bir vaqtda qo’zg’alishi ular o’rtasida
vaqtinchalik aloqa
hosil bo’lishiga 
olib keladi, natijada dastlab muayyan shartsiz refleksga hech qanday aloqasi bo’lmagan befarq 
ta’sirot ushbu refleksni chaqira boshlaydi. Demak, shartli refleks hosil bo’lishi mexanizmi asosida 
vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi 
yotar ekan. 
I.P.Pavlov dastlab vaqtinchalik aloqa shartli ta’sirni qabul qiluvchi bosh miya po’stlog’ida va 
shartsiz refleksning po’stloq osti markazlari o’rtasida hosil bo’ladi, degan. Keyinchalik tajriba 
natijalariga asoslangan holda, I.P.Pavlov vaqtinchalik aloqa faqat bosh miya po’slog’ida shartli 
ta’sirotning va shartsiz refleksning po’stloqdagi markazlari orasida hosil bo’ladi, degan xulosaga 
keladi. I.P.Pavlov laboratoriyasida har qanday shartsiz refleksning bosh miya po’stlog’ida markazi 
mavjudligi tajribada isbotlab berildi. 
Vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi fiziologik mexanizmi. 
I.P. Pavlov bo’yicha vaqtinchalik 
aloqaning hosil bo’lishi bir vaqtda bosh miya po’stlog’ining ikki nuqtasi qo’zg’alishi: ya’ni, shartli 
ta’sirotni qabul qiladigan va bosh miya po’stlog’idagi shartsiz refleks markazlarining bir vaqtda 
qo’zg’alishi natijasidir. Bosh miya po’stlog’idagi bir vaqtdagi qo’zg’alishlarning mavjudligi, 
qo’zg’alish jarayonining kuchsizroq joydan (shartli ta’sirot natijasida kelib chiqqan), kuchliroq 
(shartsiz ta’sirot natijasida kelib chiqqan) joyga harakatlanishini keltirib chiqaradi. Shu harakatlar 
natijasida bosh miya po’stlog’ining ikki nuqtasi o’rtasida yangi yo’l ochiladi. Demak, I.P.Pavlov 
bo’yicha vaqtinchalik aloqa hosil bo’lishi mexanizmi asosida yangi yo’l ochilishi - dominantlik 
jarayoni yotadi. Lekin dominant o’choq va vaqtinchalik aloqa o’rtasida katta farq mavjud, dominant 
o’choq qisqa davom etsa, hosil bo’lgan vaqtinchalik aloqa turg’un bo’ladi. Shuning uchun 
dominantlik jarayoni vaqtinchalik aloqa hosil bo’lishining boshlang’ich davrida, ya’ni neyronlar 
orasidagi ishlamay turgan sinapslarning ishlab ketishida katta ahamiyat kasb etadi. 
Vaqtinchalik aloqaning mustahkamlanishi, ya’ni bosh miya po’stlog’ining ikki nuqtasi 
orasidagi sinapslarning o’tkazuvchanligi turg’unligi boshqa mexanizmlar asosida amalga oshiriladi. 
Ayrim tadqiqotchilar fikricha, neyronlararo sinapslarda o’tkazuvchanlikning osonlashishiga sabab 
berilayotgan takroriy ta’sirotlar natijasida bosh miya po’stlog’idagi funkstional o’zgarishlardir. 
Shartli va shartsiz ta’sirotlarning mos kelishi oraliq neyronlarda yo’qolmaydigan iz qoldiradi, 
natijada bu erda o’tkazuvchanlik turg’un bo’lib qoladi. 
Ayrim tadqiqotchilar fikricha, vaqtinchalik aloqa bosh miya po’stlog’idagi morfologik 
o’zgarishlar bilan bog’liq. I.S.Beritov bo’yicha shartli va shartsiz ta’sirotlar natijasida 
qo’zg’alayotgan bosh miya po’stlog’i sohalari orasida neyronlar va ularning sinaps sohasi 


248 
yo’g’onlashishi kuzatiladi. Bundan tashqari, neyron tanasi impuls kelayotgan tomonga va uning 
o’simtasi esa qo’zg’alish uzatilayotgan tomonga qarab uzayadi va bu o’zgarishlar natijasida 
qo’zg’alishning o’tkazilishi tezlashadi. 
A.I.Roytbak fikricha, vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi asosida mana shu ikki nuqta 
orasidagi neyronlarning mielin qobig’i bilan qoplanishi yotadi. 
P.K.Anoxin bo’yicha vaqtinchalik aloqa shartli va shartsiz ta’sirotlar bosh miya 
po’stlog’ining bitta neyroniga kelib tugashi va mana shu neyron aksoplazmasida ketadigan kimyoviy 
jarayon natijasida RNK kodi o’zgaradi va vaqtinchalik aloqani ta’minlovchi oqsil molekulasi 
sintezlanadi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish