Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

MAShG’ULOT MAZMUNI 
NAZARIY QISM 
Oliy nerv faoliyati 
Xayvon va odam organizmida o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitiga moslashuv nerv tizmilari 
reflektor faoliyati orqali amalga oshiriladi. Evolyustiya jarayonida organizm bir butunligini 
ta’minlovchi va har xil a’zolar faoliyatini bir - biriga va tashqi muhit o’zgarishiga moslanishini 
ta’minlovchi reflektor reakstiya (shartsiz refleks) vujudga keladi. Odam va yuqori rivojlangan 
hayvonlarda hayot jarayonida orttirilgan yangi sifatga ega bo’lgan reakstiya ham mavjud bo’lib, buni 
I.P.Pavlov shartli refleks deb atadi. 
Shartli refleks
, I.P. Pavlov bo’yicha, moslashishning mukammal shaklidir. Gomeostoz va 
organizmning vegetativ funkstiyalarini boshqarish mexanizmlari nerv tizimining oddiy faoliyati 
natijasi bo’lsa, o’zgaruvchan sharoitdagi organizmning murakkab fe’l-atvori oliy nerv faoliyati orqali 
ta’minlanadi. Oliy nerv faoliyatining funkstional birligi shartli refleksdir. Shartli refleks bosh miya 
po’stlog’i va po’stloq osti tuzilmalari negizida shakllanadi. 
Oliy nerv faoliyati 
o’zgaruvchi tabiat va ijtimoiy sharoitlarga organizm fe’l-atvorini 
moslashtiruvchi shartsiz va shartli reflekslar va oliy psixik faoliyatlar majmuidir. Oliy nerv faoliyati 
reflektor tabiatga ega ekanligi birinchi bo’lib I.M.Sechenov tomonidan e’tirof etilgan, so’ngra bu fikr 
I.P.Pavlov tomonidan tajribada tasdiqlangan va miyaning oliy qismi faoliyatini baholab bera 
oladigan-shartli refleks usuli yaratilgan. 
I.P.Pavlov barcha reflektor faoliyatlarni ikki guruhga: 
shartsiz
va 
shartli
reflekslarga bo’ldi.
 
Shartsiz reflekslar 
 
 
 
Shartli reflekslar
1.
Tug’ma, nasldan-naslga 
1. Individual hayot natija-
beriluvchi reakstiya, sida orttirilgan reakstiya. 
kupchiligi tug’ilishi bilan
o’zini namoyon qiladi. 
2. Turga xos, ya’ni shu vakil- 2. Individual.
larning hammasiga xos. 
3. Turg’un, butun hayot davomida 3. Turg’un emas, hayot davo- 
saqlanib turadi. mida hosil bo’lib, yo’qolib
turadi 
4. MNS quyi qismlari (po’stloq 4. Asosan bosh miya po’stlog’i
osti yadrolari, miya o’zagi, orqa miya) faoliyati mahsulidir.
ishtirokida amalga oshadi. 
5. Ma’lum bir resteptor maydonga 5. Har xil resteptor maydon-


247 
adekvat ta’sirotlar berilganda larga har qanday ta’sirlar 
yuzaga keladi. berilganda. 
Shartsiz reflekslar oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Tug’ma murakkab shartsiz reflektor 
faoliyatlar 
instinkt
deb ataladi. Ular zanjirli reakstiya sifatida namoyon bo’ladi. 
Shartli refleks ko’p komponentli murakkab reakstiya bo’lib, indiferent (befarq, shartli) ta’sirni 
shartsiz ta’sir bilan mustahkamlash asosida hosil bo’ladi. Shartli refleks ogohlantirish vazifasini 
o’taydi, organizm shartsiz ta’sirni qabul qilishga tayyor holga keladi. Masalan: organizmning 
musobaqadan oldingi holatida qonning qayta taqsimlanishi, nafas va qon aylanishining kuchayishi
natijasida muskullarning zo’riqib ishlash uchun tayyor holatga kelishi. 
Shartli refleks hosil qilish qoidalari. 
Shartli refleks hosil qilish uchun quyidagilar zarur: 
1.Ikkita ta’sirlovchining mavjudligi, ulardan biri
shartsiz ta’sir
(ovqat, og’riq chakiruvchi ta’sir va 
hokazo) bo’lib, shartsiz reflektor reakstiyani chaqiradi, ikkinchisi esa – 
shartli ta’sir
, shartsiz ta’sir 
bo’lishidan ogox qiluvchi ta’sir (yorug’lik, tovush, ovqatni ko’rsatish va hokazo); 
2.Bir necha bor shartli va shartsiz ta’sirotlarning mos kelishi; 
3.Shartli ta’sirning shartsiz ta’sirdan oldin kelishi; 
4.Shartli ta’sirlar diqqat-e’tiborni jalb qiladigan har qanday ta’sirotlar bo’lishi mumkin; 
5.Shartsiz ta’sir ma’lum darajada kuchli bo’lishi zarur, aks holda vaqtinchalik aloqa hosil bo’lmaydi; 
6.Shartsiz ta’sir natijasida shartli ta’sirga nisbatan kuchli qo’zg’alish vujudga kelishi zarur; 
7.E’tiborni chalg’ituvchi yot ta’sirlar bo’lmasligi zarur; 
8.Shartli refleks hosil qilinayotgan hayvon sog’lom bo’lishi zarur; 
9.Shartli refleks hosil qilinayotganda bosh miya po’stlog’i faol holda bo’lishi shart. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish