Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Tovush tebranishlarining chig’anoq kanallari orqali o’tishi.
Tovush tebranishlari uzangi orqali oval 
darcha membranasiga o’tib, chig’anoqning yuqori va pastki kanallaridagi perilimfani tebrantiradi.
Perilimfaning tebranishlari yumaloq darchaga etib borib, yumaloq darcha membranasini tashqariga 
siljitadi. Vestibulyar membrana juda yupqa parda bo’lib, yuqori kanal perilimfasining tebranishlari 
shu parda orqali o’rta kanal endolimfasiga bemalol o’ta oladi. Shu tariqa, yuqori va o’rta 
kanallaridagi suyuqlik tebranishlarni shunday o’tkazadiki, suyuqlik membrana bilan to’silmaganday 
va ikkala kanal yagona umumiy kanalday to’yuladi. 
Kortiy organidagi resteptor hujayralarning joylashuvi va tizimi.
Asosiy membranada resteptor 
hujayralar ikki qavat bo’lib joylashadi. Ularning ichki qavati bir qator resteptor hujayralardan 
tuzilgan, parda kanalining boshidan oxirigacha bunday hujayralarning umumiy soni 3500 ga boradi. 
Tashqi tukli resteptor hujayralar 3-4 qator bo’lib, ularning umumiy miqdori 12000-20000 ga etadi. 
Kortiy organining har bir resteptor hujayrasi cho’ziqroq shaklda bo’ladi. Hujayraning bir qutbi asosiy 
membranaga tayanib turadi, ikkinchi qutbi esa chag’anoq parda kanalining bo’shlig’ida bo’ladi. 
Resteptorning ana shu ikkinchi qutbida 60-70 ta tuk bor. Resteptor hujayralarning tuklari ustida 
parda kanalning boshidan oxirigacha qoplovchi plastinka (membrana tectoria) yotadi. 
Eshituv restepstiyasi mexanizmlari.
Tovushlar ta’sirida asosiy membrana tebrana boshlaydi, 
birmuncha uzunroq resteptor tuklari qoplovchi plastinka tegishi natijasida bukiladi. Tukchalarning bir 
necha gradusga bukilishi nozik vertikal iplarning (mikrofiloment) taranglanishiga olib keladi. 
Vertikal iplarining taranglanishi 1 dan 5 tagacha kanallarning ochilishiga olib keladi. Ochiq kanallar 
orqali kaliy ionlari oqimi hujayra ichiga kira boshlaydi. Eshituv resteptorining elektrik javobi 100-
500 mks dan keyingina yuzaga chiqadi, ya’ni mexanik ta’sir berilgandan so’ng ikkilamchi hujayra 
ichi tashuvchilarsiz membrana kanallari ochiladi, bu xossa uni sekin ishlovchi fotoresteptorlardan 
farqlaydi. 


241 
Tukli resteptor hujayralarning presinaptik membranasini depolyarizastiyasi sinaptik yoriqqa 
neyromediatorlar ajralishini ta’minlaydi (glutamat yoki aspartat). Mediator post sinaptik membranaga 
ta’sir etib, unda qo’zg’atuvchi post sinaptik potenstialni chaqiradi, so’ngra nerv markaziga 
impulslarning generastiyasi ko’zatiladi. 
Chig’anoqdagi elektr xodisalar
. Tadqiqotchilar chig’anoqning turli qismlaridagi elektr 
potenstiallarini qayd qilishda 5 ta turli fenomenni aniqladilar. 
Ulardan ikkitasi-eshituv resteptor hujayrasining membrana potenstiali va endolimfa potenstiali-
tovush ta’siriga bog’liq emas. Elektr xodisalaridan uchtasi – chig’anoqning mikrofon potenstiali, 
yig’indi potenstiali va eshituv nervining potenstiali-tovush ta’sirida kelib chikadi. 
Eshituv resteptor hujayrasining membrana potenstiali, boshqa hujayralar kabi eshituv hujayralari 
membranasining ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadidan yuzaga keladi va uning 
kattaligi 70 mv ga teng. Endolimfa potenstiali yoki koxlear potenstiali parda kanalga bir elektrodni 
kiritib, ikkinchi elektrodni yumaloq darchaga yaqinlashtirganda qayd qilinadi. 
Chig’anoqqa elektrodni kiritib, uni kuchaytirgich va radio karnayiga ulab, tovush bilan ta’sir etilsa, 
radio karnayi tovushni aniq gavdalantiradi.1930 yilda Uiver va Brey kashf etgan bu tajribadan shu 
narsa anglashiladiki, chig’anoq tovush tebranishlarini aniq mos keluvchi chastotali elektr 
tebranishlariga aylantirib, mikrofon kabi ishaydi. Shu tufayli, bu hodisa 
chig’anoqning mikrofon 
effekti
deb ataladi. 
Juda kuchli tovushda va tebranishlarining chastotasi katta bo’lganda, elektr tebranishlarining 
yozuvidagi nol chizig’ining barqaror o’zgarishi, ya’ni potenstiallar farqining o’zgarishi ko’zatiladi, 
bu hodisa 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish