Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Integrastiyasi
: Gistologiya, anatomiya, biohimiya. 
 
MAShG’ULOT MAZMUNI 
 NAZARIY QISM 
Eshituv tizimi - insonlardagi eng muhim distant sensor tizimlardan biri bo’lib, insonlarda nutqning 
paydo bo’lishi va shaxslarning o’zaro munosabatida muhim ahamiyat kasb etadi. Akustik signallar 
havoni har xil chastota va kuchda tebratib, ikkala quloqning chig’anog’ida joylashgan eshituv 
resteptorlarini qo’zg’atadi. 
Tashqi va o’rta quloqning tuzilishi va vazifalari. 
Tashqi eshituv yo’li tovush tebranishlarini quloq 
pardasiga (nog’ora parda) etkazadi. Nog’ora parda tashqi quloqni o’rta quloqdan ajratib turadi, uning 
shakli ichkariga yo’nalgan voronkani eslatadi (0,1 mm) . Nog’ora parda tashqi eshituv yo’li orqali 
kelgan tovush to’lqinlariga tebranadi. 
O’rta quloq.
Havo bilan to’lgan o’rta quloqda uch xil suyakchalar mavjud. Ular 
bolg’acha
, s
andon
va 
uzangi
deb nomlanadilar, bu suyakchalar nog’ora pardaning tebranishlarini ichki quloqqa 
o’tkazadi. Suyakchalardan biri- bolg’acha dastasi nog’ora pardaga suqilib kirgan, bolg’achaning 
ikkinchi tomoni sandonga birlashgan. Nog’ora pardaning tebranishlari bolg’acha dastasi bilan sandon 
o’sig’idan tuzilgan richagning uzunchoq dastasiga o’tadi, shu sababli tovush tebranishlari amlitudasi 
kamayib, kuchi oshgan holda uzangiga keladi. Uzangining boshi darcha membranasiga tarqalib 
turadigan yuzasi 3,2 mm
2
ga teng. Nog’ora pardaning yuzasi esa 70 mm
2
. Nog’ora parda bilan uzangi 
yuzasining nisbati 1:22, shu tufayli tovush to’lqinlari oval darcha membranasini taxminan 22 barobar 
ortiqroq kuch bilan bosadi. 


240 
Havoli muhitda yoyiladigan tovush tebranishlari eshituv suyakchalari orqali o’tib, endolimfa 
suyuqligining tebranishlariga aylanadi. 
O’rta quloqning ichki quloqdan ajratib turgan devorchada oval darchadan tashqari, yumaloq darcha 
ham bor. Chig’anoq endolimfasining oval darcha yonida vujudga keladigan va chig’anoq yo’llari 
orqali o’tgan tebranishlari so’nmasdan yumaloq darchaga etib keladi.
O’rta quloqda m. tensor tumpani bilan m. stapedius deb ataluvchi ikkita muskul bor. Birinchisi 
qisqarganda nog’ora pardani taranglaydi, shu tufayli nog’ora pardada tebranishlarning amplitudasi 
chegaralanadi, ikkinchisi esa uzangini maxkam ushlab turadi va shu bilan uning harakatlarini 
cheklaydi. Bu muskullar qattiq tovush berilgandan so’ng 10 ms dan keyin reflektor ravishda 
qisqaradi. O’rta quloq bo’shlig’ini burun-xalqumga tutashtiruvchi Evstaxiy nayi borligidan o’rta 
quloq bo’shlig’idagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi. 
Ichki quloq tuzilishi va vazifalari.
Ichki quloqda chig’anoq joylashgan bo’lib , u erda eshituv 
resteptorlari joylashgan. Chig’anoq suyakdan tuzilgan spiral kanal bo’lib, sekin-asta kengayib boradi, 
odamda 2,5 o’ramni tashkil qiladi. Suyak kanalining diametri chig’anoq asosida 0,04 mm, chig’anoq 
uchida esa 0,5 mm ni tashkil qiladi. Suyak kanal boshidan oxirigacha, ya’ni chig’anoqning deyarli 
uchigacha ikkita parda bilan ajralgan: yupqaroq parda 
vestibulyar membrana
yoki 
reysner 
membranasi,
zichroq va mayinroq parda esa 
asosiy membrana
deb ataladi. Chig’anoqning uchida 
ikkala membrana o’zaro birlashadi, ularda helicotma degan teshigi bor. Vestibulyar membrana bilan 
asosiy membrana chig’anoq bilan suyak kanalini uchta tor yo’l: yuqori, o’rta va pastki kanallarga 
ajratib turadi. 
Chig’anoqning yuqori kanali yoki vestibulyar narvoncha (scala vestibuli) oval darchadan boshlanib, 
chig’anoq uchigacha davom etadi, bu erda teshik orqali chig’anoqning pastki kanali-nog’ora 
narvoncha (scala tumpani)ga kelib tutashadi, nog’ora narvoncha esa yumaloq darcha sohasida 
boshlanadi. Yuqori va pastki kanallari perilimfa bilan to’lgan, o’z tarkibiga ko’ra sterebral 
suyuqlikka o’xshab ketadi. 
Yuqori va pastki kanallar orasida o’rta kanal yotadi. Bu kanalning bo’shlig’i ikkala kanal bilan 
tutashmaydi va endolimfa bilan to’lgan bo’ladi. Bu suyuqlikning tarkibi perilimfaga nisbatan 100 
barobar ko’p kaliy ionlarini ushlasa, 10 barobar oz natriy ionlarini ushlaydi. Chig’anoqning o’rta 
kanali ichida, asosiy membranada tovush sezuvchi apparat-kortiy organi joylashgan. Chig’anoqda 
tukli resteptor hujayralar mavjud bo’lib, ana shu hujayralar tovush tebranishlarini nerv 
qo’zg’alishlriga aylantiradi (trans formastiya). 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish