250
yopishadi, chunki hayot yoki o’lim masalasi ko’ndalang turibdi. Biroq «Vatan uchun tormozlanishi
mo’ljallovchi (tusmollash) refleks yuzaga kelganda ro’y beradi. Masalan, so’lak ajratuvchi shartli
refleks yuzaga kelgan vaqtda kamera devori taqqillatilsa, it o’sha zahoti xushyor tortib shartli so’lak
oqishi to’xtaydi. Biroq shunday taqqillatish ko’p marotaba takrorlansa so’lak ajralishining
tormozlanishi susayib, oxiri mutlaqo ta’sir qilmaydi. Demak, takrorlanuvchi mo’ljallovchi refleks
o’zining tormozlovchi ta’sirini yo’qotadi. Mo’ljallovchi refleksni bir xil sharoitda asta sekin
yo’qolishi muhim biologik ahamiyatga ega. So’nib boruvchi tormoz ta’sirini odam doimo sezadi.
Notanish minbarda ma’ruzachi ayrim hollarda uning uchun yaxshi tanish narsalarni ham esdan
chiqaradi, ammo biroz moslashgandan keyin eshituvchilarga mayda-chuyda narsalarni ham eslab
aytib beradi.
Shartli (ichki) tormozlanish
Vaqt o’tishi bilan oliy nerv faoliyati mukammalashadi, ya’ni xulq atvor keraksiz, eskirgan
elementlardan tozalanadi. Bu jarayon har bir shartli refleksni o’zida ketadigan tormozlanish
jarayonlari bilan bog’liqholda kechadi.
Shartli tormozlanishni quyidagi turlari farqlanadi: s
o’nish
,
farqlash
,
kechqolish
va
shartlitormoz
.
Ularning barchasi tajriba yo’li bilan xosil qilinganligi sababli shartli xisoblanadi. Shartli
tormozlanishda uni keltirib chiqaruvchi sabablar shartli xisoblanadi. Shartli tormozlanishda uni
keltirib chiqaruvchi sabablar shartli refleks yoyi ichidaligi uchun ichki tormozlanish deb ham ataladi.
So’nuvchi tormozlanish
. Agar shartli qo’zg’atuvchi vaqti-vaqti bilan shartsiz qo’zg’atuvchi
bilan mustahkamlanib tuzilmasa, shartli refleks so’nadi. Masalan, itga chiroqni yoqib so’lak
oqizuvchi shartli refleks hosil qilgandan so’ng, chiroq yoqib ovqat berilmasa so’lak ozroq chiqa
boshlaydi va oxir oqibatda mutlaqo oqmay qo’yadi. Shunday qilib chiroq ovqat berilishi xaqidagi
xabarchiligini yo’qotdi. So’nuvchi tormozlanish muxim biologik ahamiyatga ega. Yangi sharoitga
o’tish eski shartli refleksga ehtiyoj qoldirmasa ular so’nib o’rniga yangilari xosil bo’ladi.
Farqlash xisobiga tormozlanish.
Bu turdagi tormozlanishda shartli qo’zg’atuvchiga o’xshash
qo’zg’atuvchiga nisbatan tormozlanish jarayoni sodir bo’ladi. Itga 100 Vattli chiroqni yoqishga
so’lak oqizuvchi mustahkam shartli refleks xosil qilgandan so’ng 150 Vattli chiroq yoqilsa ham,
so’lak ajraladi. Biroq 100 Vattli ovqat bilan mustaxkalab 150 Vattli ta’sirni mustaxkamlamasa bir
necha takrorlashdan keyin 150 vattli ta’sirga so’lak oqmaydi, ya’ni o’xshash qo’zg’atuvchining
ta’siriga shartli refleks tormozlanadi.
Kundalik hayotda farqlovchi tormozlanishning ahamiyati katta. Tajribasiz kuchuk hayoti
davomida juda ko’p xatolar qiladi. Katta it esa farqlash hisobiga xulq-atvorini sharoitdan kelib
chiqib amalga oshiradi. Odam atrofdagi voqeyliklarni nihoyatda nozik farqlaydi. Xattoki, aytilgan
so’zlarning oxangiga qarab o’z faoliyatini rejalashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: