253
2.
Shartli ovqatlanish refleksini qorni to’q hayvondv ishlab chiqarish mumkinmi? Agar yo’q bo’lsa
nimaga?
3.
Qaysi xaraklantiruvchi shartli reflekslar tezroq xosil bo’ladi?
4.
Odam va hayvon xayotida shartli tormozlanishning biologik moxiyati nimada?
5.
Xar kuni xosil bo’ladigan xoxlagan interorestektiv shartli refleksga misol keltiring?
AMALIY QISM
AMALIY ISHLAR:
1.
Qo’ng’iroqqa shartli ximoya, qorachiq va ko’z yumish reflekslarini ishlab chiqarish va ularni
so’nishi.
Metodik tavsiyanomalar:
Shartli va shartsiz reflekslarni farqini, vaqtincha aloqalarni xosil bo’lish mexanizmlarini anglab oling.
Shartli reflekslarni xosil qilishda shartli reflekslarni xosil qilishning asosiy talablariga: shartli va
ta’sirotlarni mos kelishini, shartli ta’sirlovchini (10-15s) oldin bo’lishini, ta’sirlovchilar orasidagi
intervalni (1.5-2 min) o’quv xonasida jimjitlikga va eksperimentator xulqini stereotipligiga rioya
qiling, shartlii ta’sirot sifatida qo’ng’iroqning kuchi o’rtacha bo’lishi kerak.
Shartli refleslarni so’nishida shartli reflekslarni xosil qilish qoidasiga rioya qilib, faqat shartsiz
ta’sirot bilan mustaxkamlashni olib tashlash kerak. Shartli reflekslarni ishlanishini va so’nishini
tezligini (takrorlash sonini) belgilang.
Shartli refleksni qo’ng’iroqqa mustaxtaxkamligidan keyin qo’ng’iroqni o’rniga.
“Qo’ng’iroq” so’zini ishlatib shartli – reflektor faoliyatni yuzaga chiqishini kuzating.
BILIMLAR, KO’NIKMALAR VA QILABILMOQNI NAZORAT TURLARI
- og’zaki;
- amaliy ishlarni bajarilishini nazorat qilish;
- bayonnomalarni tekshirish;
- ish o’yinining natijalarini baxolash;
- logik masalalarini
Amaliy ishlar:
- oliy asab faoliyati tiplarini tekshirish (amaliy ko’nikma)
- I va II signal sistemalar nisbatiga doir testlar o’tkazish
- ruxiy faoliyatga va katta miya yarimsharlari po’stlog’i asimmetriyasiga doir testlar o’tkazish
- teri – galvanik reakstiya (poligrafiya) (Biopac)
- «Emostiya fiziologiyasi», videofilmining namoyishi.
Metodik tavsiyanomalar:
Ruxiy reakstiyalarni tezligi va xotira individuumning tipologik xususiyatlariga bog’liq. Ishlarni
mohiyati va vazifalarini to’g’ri tushunish uchun odamning OAF ni o’ziga xosligini yaxshi o’rganish
lozim. Ishlarni boshlashdan oldin qo’yilgan masalalar xaqida konkret tasavvurga ega bo’lish uchun
sinchiklab uslubiy tavsiyanomani o’rganib, o’qituvchini tushuntirishini diqqat bilan eshiting. Ishlarni
o’qituvchi boshchiligida kollektiv yoki xar bir ish guruxida bajarish mumkin. Tekshiriluvchiga
ko’rish xotirasiga imkon yaratmaslik uchun xarf va raqam jadvallarini ko’rsatmasdan faqat o’qish
kerak. Oldingi natijalarga baxo berish xar hil talabalardan olingan natijalarni solishtirish yo’li bilan
bajariladi. Shuning uchun xamma talabalar uchun sharoit bir xil bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: