Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

MAShG’ULOT MAZMUNI 
NAZARIY QISM
Xotira 
Xotira funksiyasi oldingi tajribani ob’ektiv qayta tiklashdir. Xarqanday ta’sirot, 
kechinmalar, har qanday qabul qilingan axborotni odam ularning izlari shaklida uzoq va qisqa 
muddatga saqlay oladi. 
Biz xotiramizda so‘zlar va so‘z majmualari, obrazlar, harakatlar tartibi, ruhiy kechinmalar, 
sezgilar v.b. saqlaymiz.
Xotiraning uch asosiy tarkibiy qismi mavjud: material yoki axborotni 
qabul qilish
, ularni 
saqlash
va ularni 
qayta tiklash

Xotira mexanizmida alohida izlar orasidagi vaqtli bog‘lanishlar, impulslar harakat yo‘lining 
osonlashuvi, o‘rganilgan bo‘lib qolishi muhimdir. Bu vaqtli bog‘lanishlar yoki assotsiatsiyalar 
shartli reflekslarning bir ko‘rinishidir. 
Bola biror yangi narsani birinchi marta ko‘rganda va uning nomini eshitganda ko‘ruv 
markazidagi izlar bilan eshituv markazidagi izlar orasida aloqa paydo bo‘ladi va bir necha 
marta takrorlangandan so‘ng bu aloqa vaqtincha bog‘lanishga aylanadi. Shundan so‘ng 
jismning ko‘rinishi uning nomini eslatadi, nomini eshitganda esa uning tashqi ko‘rinishi 
eslanadi. 
Assotsiatsiyalar xotiradan tashqari tafakkur jarayoni uchun, fikrlash uchun ham juda 
muhimdir. Miyada vujudga keladigan assotsiatsiyalar odatda determinatsiyalashgan, ya’ni 
biror sabab oqibatida paydo bo‘ladi va o‘zaro sabab va oqibat kabi bog‘langan zanjirni hosil 
qiladi. Tabiiy sharoitda bizning xotiramiz juda ko‘p ixtiyoriy va ixtiyorsiz axborotlarni, 
ta’sirotlarni qabul qiladi. Keyinchalik bu materialning bir qismi esdan chiqadi.
Xotiradagi ko‘pchilik axborot qayta ishlanadi, transformatsiyalanadi – o‘zgartiriladi. Biz 
zarur emas, qiziq emas deb hisoblagan axborotni esdan chiqaramiz. Bundan tashqari 
takrorlamaslik, o‘sha axborotdan foydalanmaslik oqibatida ham esdan chiqariladi. Esdan 
chiqarish, taniy olmaslik, biron nimani eslay olmaslik yoki eslash, biron narsani tanish vaqtida 
yo‘l qo‘yilgan xatolarda namoen bo‘ladi. Esdan chiqarishning sabablari turli omillar bo‘lishi 
mumkin. Bu omillar xotirada saqlanishi kerak bo‘lgan materialning o‘zi bilan, uning idroq 
etilishi bilan va ma’lumotlarning bilib olinishidan keyin bevosita sodir bo‘lgan salbiy 
ta’sirotlar bilan bog‘liq bo‘lish mumkin. Esdan chiqarish jarayoni ko‘p jihatdan qabul 
qilingan axborotning biologik ahamiyati hamda xotiraning turiga bog‘liq. Qator holatlarda 
esdan chiqarish ijobiy ahamiyatga ega, masalan salbiy signallar, noxush va fojiali voqealarni 
esdan chiqarish organizm uchun foydalidir. Bundan tashqari ixtiyorsiz ravishda xotiramizga 
kirib qolgan keraksiz, hayot uchun ahamiyatsiz tafsilotlarning esdan chiqarilishi yangi 
bilimlarni qabul qilish va xotirada saqlash imkoniyatlarini yaxshilaydi. 
Qanday namoyon bo‘lishga qarab I.S.Beritashvili obrazli, emotsional (xissiy), shartli 
reflektor va so‘z-mantiq xotiralarini ajratadi. Obrazli xotira biron muhim ob’ekt obrazini esda 
saqlaydi va qayta tiklaydi, xissiy xotira – xuddi shunday sharoitda sodir bo‘lgan ruhiy 
kechirmalarni takrorlaydi. So‘z-mantiq xotirasi esa faqat odamga xos ( I. S. Beritov) va tashqi 
jism va hodisalarni o‘z kechinmalari va xatti-harakatlarini hamda turli bilimlarni ifodalovchi 
suzlarni xotirada saqlash va eslashdir. Shartli reflektor xotira shartli harakat va sekretor 
reaksiyalar hosil bo‘lganidan ancha vaqt o‘tgach, ularni eslab, takrorlashdan iborat. 


258 
Xotiraning mazkur ko‘rinishlari orasida xissiy xotira o‘zining katta tezlik bilan hosil bo‘lishi 
va mustaxkamligi bilan ajralib turadi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, odam ijobiy xissiyotlar 
bilan o‘zviy bog‘liq signallarni, quvnoqlik bilan qabul qilinadigan axborotni yaxshi qabul 
qiladi va uzoq muddatga esda saqlaydi. Qiziq bo‘lmagan zerikarli axborot qiyinchilik bilan 
qabul qilinadi va tezda esdan chiqadi. 
Axborotni saqlash vaqti bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli xotira bo‘lishi mumkin. 
Qisqa muddatli xotiraning mexanizmi asab impulslarining neyronlar yopiq zanjirida aylanib 
yurishi (reverberatsiyasi) bilan tushuntiriladi. Bunda axborot bir necha kun yoki xafta 
saqlanadi (samolet, poezd yoki teatrdagi o‘rin). 
Xalqasimon strukturalar yoki yopiq zanjirlar bir neyron chegarasida ham hosil bo‘lishi 
mumkin. Bunday vaqtda aksonning yon (lateral) tarmoqlari shu neyronning dendritlari bilan 
sinaps hosil qiladi. Xalqasimon tuzilmalar orqali nerv impulsining ko‘p martalab takroran 
o‘tishi natijasida bu tuzilmalarda asta-sekin turgun o‘zgarishlar sodir bo‘lib, uzoq muddatli 
xotira shakllanishiga asos paydo bo‘ladi. Mazkur xalqasimon tuzilmalarda nafaqat 
qo‘zg‘atuvchi, balki tormozlovchi neyronlar ham ishtirok etadi. Qisqa muddatli xotiraning 
reverberatsion nazariyasi bo‘yicha impulslar aylanib yuradigan yopiq zanjirlar miya 
po‘stlog‘ining ichida bo‘lishi va shuningdek po‘stloq va po‘stloq osti tuzilmalar orasida 
(jumladan talamokortikal nerv xalqalari) hosil bo‘lishi mumkin. Po‘stloq ichidagi va 
talamokortikal reverberatsion xalqalar, qisqa muddatli xotira neyrofiziologik mexanizmining 
strukturaviy asosi sifatida, katta yarimsharlar pustlogi peshona va tepa bo‘laklaridagi V-VI 
qatlamlarda joylashgan piramidasimon hujayralar tomonidan hosil qilingan. 
Miyaning limbik tizimi va gippokampning qisqa muddatli xotirada ishtiroki ularning 
signallar yangiligini aniqlash va uyg‘oq miyaga kirayotgan afferent axborotni hisobga 
olishidan iborat. 
Qisqa muddatli xotira mexanizmlari haqidagi turli nazariyalar va tahminlar neyronlar 
membranasi fizik va kimyoviy xossalari, shuningdek sinapslarda mediatorlar dinamikasida 
qisqa muddatli qaytar o‘zgarishlar sodir bo‘lishini tan oladilar. Membranadagi ion oqimlar 
sinapslar faollashganda qisqa vaqtli metabolik o‘zgarishlar bilan birgalikda bir necha laxza 
davom etadigan sinaptik o‘tkazilish samarasining o‘zgarishiga olib keladi. 
Juda qisqa vaqt davom etadigan bevosita, o‘ta qisqa muddatli operativ xotira ham bor, 
bunda axborot bir necha sekund esda saqlanadi va tezda unitiladi. Avtobus oynasidan ko‘rib 
ketilayotgan narsalar 500 millisekundgacha esda turadi. Agar yaqqol ko‘zga tashlanadigan 
narsa bo‘lmasa, ular darrov esdan chiqadi. Xuddi shunday qog‘ozda yozilgan matnni 
kompyuterga kiritayotganda bir yoki bir necha so‘z esda saqlanadi va ular terilib, kiritilishi 
bilan esdan chiqarilib, yangi so‘zlarga o‘tiladi. Bu juda qisqa muddatli bo‘lgan bevosita 
xotira. Ammo shu payt nimadir bizning e’tiborimizni o‘ziga tortsa, mazkur axborot qisqa 
muddatli xotiraga o‘tkaziladi. 
Uzoq muddatli xotira juda murakkab jarayon bo‘lib, unda takrorlash muhim o‘rin tutadi. 
Takrorlash jarayonida biopotensiallar ta’siri ostida asta-sekin katta yarimsharlar neyronlarida 
oqsil molekulalari sintezi o‘zgaradi. Axborotni mustaxkamlashga kerak bo‘lgan vaqt 
konsoliditsiya fazasi deyiladi. Qisqa muddatli xotiraning uzoq muddatli xotiraga o‘tishi, ya’ni 
konsolidatsiya fazasi maxsus nerv tuzilmalarida kimyoviy va strukturaviy o‘zgarishlar bilan 
shartlangan. Hozirgi zamon neyrofiziologiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, uzoq muddatli xotira 
negizini bosh miya hujayralarida sodir bo‘ladigan oqsil molekulalari sintezining murakkab 
kimyoviy jarayonlari tashkil etadi. Xotira konsolidatsiyasida impulslarni sinaptik 
tuzilmalardan o‘tkazilishini yengillashtiruvchi omillar ishtirok etadi. Bu omillarga muayyan 
sinapslarning jadallik bilan ishlashi, adekvat impulslar oqimlari uchun ular 
o‘tkazuvchanligining oshishi kiradi. 
Uzoq muddatli xotira mexanizmlarida qo‘zg‘alishning bir nerv hujayrasidan ikkinchi 
neyronga kimyoviy o‘tkazilish jarayonini ta’minlovchi mediator tizimidagi o‘zgarishlar ham 
muayyan ahamiyatga ega. Bu o‘zgarishlarga mediatorlar, masalan asetilxolinning postsinaptik 
membranadagi retseptorlar va ionlar (natriy, kaliy, kalsiy) bilan o‘zaro ta’siri kiradi. Mazkur 
ionlarning membrana orqali oqimlari postsinaptik membrananing mediatorga nisbatan 
sezuvchanligini oshiradi. O‘qitish, o‘rganish jarayonlarining oqibatida asetilxolinni 


259 
parchalovchi xolinesteraza fermentining faolligi oshadi. Xolinesteraza ta’sirini pasaytiruvchi 
moddalar esa xotiraning pasayishiga olib keladi. 
Xotiraning keng tarqalgan kimyoviy nazariyalaridan biri Xidenning oqsil nazariyasidir. 
Olimning fikricha uzoq muddatli xotirada informatsiya molekula polinukleotid zanjirida 
kodlashtiriladi, ya’ni yoziladi. Impuls potensiallarining turli strukturalari RNK 
molekulasining turlicha qayta qurilishiga, nukleotidlarning zanjirdagi har bir signalga xos 
o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, RNK molekulasi strukturasida har bir signalning 
maxsus iz shaklida mustaxkamlanishi sodir bo‘ladi. 
Uzoq muddatli xotirada ba’zi gormonal tabiatli peptidlar, oddiy oqsillar, maxsus oqsil S-100 
ham ishtirok etishi haqida ma’lumotlar bor. Masalan, o‘qitish, o‘rgatishning shartli reflektor 
mexanizmini rag‘batlantiruvchi peptidlarga ba’zi gormonlar, jumladan AKTG, somatotrop 
gormon , vazopressin v.b. kiradi. 
I.P.Ashmarin tomonidan xotiraning immunokimyoviy nazariyasi taklif qilingan. Mazkur 
nazariya uzoq muddatli xotira shakllanishi va konsolidatsiya jarayonida faol immun 
reaksiyaning roli muhimligini e’tirof etadi. Nerv impulsi reverberatsiyasi vaqtida metabolik 
jarayonlar natijasida sinaptik membranalarda antigen rolini bajaruvchi moddalar hosil bo‘ladi. 
Bu antigenlarga qarshi glial hujayralarda antitelolar hosil bo‘ladi. Mediatorlar hosil bo‘lishini 
rag‘batlantiruvchi moddalar ishtirokida antitelolar antigenlar bilan bog‘lanadi. 
Uzoq muddatli xotira mexanizmlarining ta’minlanishida glial hujayralar ham muhim o‘rin 
egallaydi. O‘rganishning shartli reflekslar mexanizmida glial hujayralarning ishtirok etish 
mexanizmi quyidagicha deb tasavvur qilinadi. Shartli refleks hosil bo‘lishi va 
mustaxkamlanishi vaqtida nerv hujayrasi atrofidagi glial hujayralarda mielin sintezi 
kuchayadi. Aksonning ingichka tarmoqlarini mielin qoplab oladi va nerv tolalaridan 
qo‘zg‘alish o‘tkazilishi yengillashadi, natijada qo‘zg‘alishning sinaptik o‘tkazilish samarasi 
ham oshadi. 
Qisqa muddatli xotira kuchli yot ta’sirotlar, narkoz, miyaning elektrostimulyatsiyasi, uning 
gipoksiyasi, nerv hujayralariga ta’sir etuvchi zaharlar ta’sirida osonlikcha o‘zgaradi, buziladi. 
Xotira gipo- va avitaminozlar, ichki sekresiya bezlari gipofunksiyasida ham yomonlashadi. 
Xotira yeshga ham bog‘liq, 6-7 yoshgacha xotira ixtiersiz bo‘ladi, 20-25 yoshgacha xotira 
kuchayib boradi, so‘ng 40-45 yoshgacha bir xil saqlanadi, undan keyin xotira kuchsizlanadi. 
Xotiraning keksalikda kuchsizlanishi ribonukleaza fermentining faollashuvi oqibatida 
neyronlarda RNK parchalanib, kamayishi natijasidir. 
Xotira jarayonlarida diqqat, xissiy qo‘zg‘alish va ustunlik qiluvchi dominant motivatsiya 
ham muhim ahamiyatga ega. Diqqat organizm uchun muhim bo‘lgan signallarni ajratish bilan 
bog‘liq nisbatan maxsus jarayondir. Axborot konsolidatsiyasi jarayonining davomiyligi xissiy 
qo‘zg‘alish darajasiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan. Dominant motivatsiya esa muayyan 
so‘nggi natijaga erishishga qaratilgan. 
Xotira lokalizatsiyasi XIX asr neyroxirurglari tomonidan qidira boshlangan. Bularga misol 
qilib psixolog Lemlini olish mumkin, u bosh miyada xotira markazini topmoqchi bo‘lgan. 
Buning uchun itni olib, turli xil narsalarga o‘rgatgan. Keyin bosh miyasining turli qismlarini 
buzib, shu informatsiya markazini topmoqchi bo‘lgan. U markazni topmagan bulsa ham fanga 
qiziq fikrni kiritdi: “xotira hajmi miya to‘qimasining yemirilishiga nisbatan mutanosib 
o‘zgaradi”. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, xotira miyaning yakka sohalarida emas, balki turli 
sohalar bilan bog‘liq holda bo‘ladi. Bularga gippokamp, chakka sohasi, frontal pushta, 
retikulyar formatsiya, bosh miya yarim sharlari, talamusning maxsus va nomaxsus yadrolari 
kiradi. Bu strukturalar vazifasi turli tajribalarda isbotlangan. 
Gippokamp va chakka sohasining medial qismi birgalikda xotirani shakllash va uni 
ma’lum vaqt saqlash uchun xizmat qilib, uzoq vaqt saqlash uchun ishlatilmaydi. Gippokampi 
jarohatlangan odamlar xotirasida informatsiya saqlanmaydi, ular yaqindagina ko‘rgan 
kishining ismini, tashqi ko‘rinishini eslolmaydilar. Ular jarohatgacha bo‘lgan hodisalarni 
eslay oladilar. Misol uchun gippokampi jarohatlangan odam 3 oy oldin ko‘chib kelgan uyini 
topolmasdan, undan oldin yashagan joyini o‘z uyi deb bilagan.Gippokamp deyarli barcha 
sensor tizimlarning afferent tolalarini qabul qilib, ular orqali kelayotgan informatsiyani taxlil 
qiladi.Bodomsimon tana va gipotalamus fiziologik va anatomik jihatdan sensor va visseral 
tizimlar bilan bog‘langan. Yarim sharlarning turli zonalarida boshlangan yo‘llarning bir qismi 


260 
gippokamp orqali bodomsimon tana va gipotalamusga boradi. Agar hayvonlarda ham 
bodomsimon tana, ham gippokamp olib tashlansa unda hayvonlarga o‘rgatilgan barcha 
ko‘nikmalar yo‘qotiladi va ular bundan keyin informatsiyani qabul qila olmaydi. Agar yo 
bodomsimon tana, yo gippokamp olib tashlansa, unda hayvonlarning yangi o‘rganish 
qobiliyati saqlanadi. Lekin oldin o‘rganilgan qobiliyati yo‘qoladi. 
Xotirani hosil bo‘lishida yana bosh miya po‘stlog‘i katta rol o‘ynaydi. Bunga misol qilib 
chakka sohasining medial qismi po‘stlog‘ini olish mumkin. Chakkaning medial qismi 
gippokampga o‘xshab, informatsiyani qisqa vaqt saqlashda qatnashadi. Agar chakka 
po‘stlog‘i shikastlansa bunday odamlarda o‘tmish bo‘lmaydi. Ular faqat hozirgi zamon bilan 
yashaydilar. Xotirada faqat shikastlangacha bo‘lgan informatsiya saqlanadi.Bundan tashqari 
bosh miya po‘stlog‘ining boshqa qismlari ham xotiraning hosil bo‘lishida qatnashadi va bu 
ular strukturasining murakkablashishiga olib keladi. Bu jarayonning xotirani hosil bo‘lishida 
qatnashishi 1964 yilda Xiden tomonidan o‘tkazilgan tajribada ifodalangan. U ikkita sichqonni 
olib turli sharoitda o‘stirgan. Murakkab sharoitda o‘sgan sichqon uzunchoq miyasidan 
to‘qima olib, RNK si tekshirilganda, RNK miqdori oshganligi va boshqa moddalar 
konsentratsiyasi usganligi isbotlangan. 
Xotira insoniyat hayotida katta rol o‘ynaydi. Jamiyatning rivojlanib borishini ta’minlab 
beruvchi ham xotira hisoblanadi. Lekin har kim ham o‘z xotirasi bilan maqtana olmaydi. 
Xotiraning kuchli bo‘lishi uchun xotira qonunlariga rioya qilish kerak. Hozirgi kunda 
xotiraning 8 ta qonuni bor: 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish