4-mavzu. Grafika va orfografiya (imlo) ( 2 soat amaliy mashg’ulot) O’zbek yozuvi tarixini, hozirgi o’zbek alifbosini bilish: harflarning nomini, ularning ketma-ket
joylashish tartibini bilish. Berilgan so’zlarni alfavit (alifbo) tartibida yozish: berilgan matndagi so’zlarni
bosh shaklga keltirish va ularni alfavit tartibida yozib chiqish ustida mashqlar va testlar. Matnni imlo
tomondan tahlil qilish;
a) negiz va qo’shimchalar ustida ishlash;
b) ayrim harflar imlosi ustida ishlash;
d) qo’shib, ajratib va chiziqcha bilan yoziladigan so’zlar ustida ishlash;
e) bo’g’in ko’chirilishi va bosh harflarning yozilishi bo’yicha mashqlar va testlar. Muayyan
so’zlarda orfogrammalarni topa bilish va harflarning yozilishi asosida orfografiyaning qanday tamoyillari
yotganligini aniqlay bilish yuzasidan mashqlar va testlar.