Amaliy mashg’ulot. Arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvi harfiy belgilarini hosil qiluvchi shakllar. Alifbodagi harflarning alohida shakllari



Download 11,5 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi11,5 Kb.
#303568
Bog'liq
1-amaliy mashgulot Shodmonova Munisa (1)


amaliy mashg’ulot. Arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvi harfiy belgilarini hosil qiluvchi shakllar. Alifbodagi harflarning alohida shakllari

Reja:


  1. Eski o’zbek yozuvi va uning muhim xususiyatlari, manbalari.

  2. Eski o‘zbek yozuvi harfiy belgilarini hosil qiluvchi shakllar ustida ishlash.

  3. Eski o'zbek yozuvidagi harflarning alohida shakllari.

  4. Alifbo tartibida yoki tartiblanmagan holatda harflarning yozuv mashqi ustida ishlash.

  5. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari.

Savol va topshiriqlar

  1. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari

  2. Qadimgi turkiy til

  3. Eski turkiy til

  4. Eski o‘zbek adabiy tili.

Javoblar .

1.O'zbek (turkiy) tilda yozilgan dastlabki yozma yodgorliklar VI-VII asrlarga tegishli bo‘lib, umumturk adabiy tili sifatida shakllandi.


X-XI asrlarda bu tilda «Devonu lug‘otit turk», «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul-haqoyiq» kabi nodir asarlar yaratildi.
XII-XIII asrlarda yaratilgan «Devoni hikmat», «Qissasi Rabg‘uziy», «Muhabbatnoma», «Me’rojnoma», «Muqaddimat-ul adab», «Yusuf va Zulayho», «O‘g‘uznoma» kabi o‘nlab mashhur kitoblar eski o‘zbek tilini mahalliy shevaning go‘zal unsurlari bilan boyitdi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbek adabiy tilining uslublari ham shakllana bordi, o‘zbek milliy tilida me’yorlashish jarayoni barqarorlashish bosqichiga kirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbek adabiy tilining uslublari ham shakllana bordi, o‘zbek milliy tilida me’yorlashish jarayoni barqarorlashish bosqichiga kirdi.
2.Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko‘pchilik olimlar bir necha davrlarga bo‘ladilar:
1. Oltoy davri;
2. Eng qadimgi turk davri;
3. Qadimgi turk davri;
4. O‘rta turk davri (hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanishi hamda rivojlanishi davri) va boshqalar.
Mutaxassislarning fikricha, turkiy tillar qadimda mo‘g‘il va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik oltoy tili tarmoqlanib ketgan. Afsuski, bu davrdan xabar beruvchi yozma yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan, lekin qadim­gi turkiy til davriga oid bir qancha yozma manbalarga egamiz. Oromiy, arxun-enasoy, uyg‘ur (qisman moniy), sug‘d yozuvlari shular jumlasidandir. Mazkur yozuvlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi.

Biz qo‘rqmadimiz, sungusdimiz – Biz qo‘rqmadik, jang qildik. Neke qorqurbiz – Nimadan qo‘rqamiz. Turk budun yoq bolmazun! Bodun bolsun! – Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin! Xalq bo‘lsin!

Urxun-enasoy yozuvi haqidagi dastlabki xabarlar N.K. Vidzen, S.U. Remezov, I. Tabbet-Stralenberg, D.G. Messershmidt, M.A. Kastren kabi tadqiqotchilar tomonidan e’lon qilingan.
1889-yili N.M. Yadrinsev Mongoliyadagi Qoraqurum shahristoni xarobalaridan ikkita katta bitiktosh topib oldi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu toshlar Kultegin va Bilga xoqonlar sharafiga qo‘yilgan bitiktoshlar ekan.
V.V. Radlov, V. Tomsen, P.M. Melioranskiy kabi olimlar bu sirli yozuvlarni o‘qishga qattiq kirishganlar. 1893-yilning 25-noyabr kuni V.Tomsen birinchi bo‘lib bitiktoshlar sirini ochganligini e’lon qildi. Bu vaqtda V.V. Radlov 10 ta harfni o‘qib ulgurgan edi. Mazkur sirli yozuvlar turk xalqiga tegishli ekan. Enasoy hamda Urxun daryolari havzalaridan topilganligi uchun ular urxun-enasoy yozuvlari deb atala boshlandi. Hozirda ularning 700 ga yaqin namunalari fanga ma’lum.

3.Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asaridan olingan «Uma kelsa, qut kelur», «Kuzaku uzun bo‘lsa, alik kuymas» maqollaridagi tagiga chizilgan so‘zlarni izohlang.

Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgorliklaridan biri Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit turk» nomli qomusiy asaridir.
Bu asar turkiy tillarning o‘sha davrdagi fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xususiyatlari haqida to‘la ma’lumot beruvchi qimmatli manbadir.
Mahmud Koshg‘ariy mazkur arabcha-turkiycha lug‘ati bilan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo‘nalishiga asos soldi.
Qoraxoniylar davrining ikkinchi yirik yozma yodgorligi – bu Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim») asaridir.

4.Qoraxoniylar davri adabiy tili o‘zbek tilining shakllanishi uchun ham asos bo‘ldi. Bu davrdagi ikki adabiy til an’anasi:


– sharqiy (qorluq-uyg‘ur) adabiy tili;
– g‘arbiy (qipchoq-o‘g‘uz) adabiy tili o‘zbek tilining shakllanishida xizmat qildi.
Xususan, g‘arbiy til an’anasida yozilgan Qul Alining «Qissayi Yusuf» dostoni (1239-yil), sharqiy til an’anasida yozilgan Rabg‘uziyning «Qissasi Rabg‘uziy» (1309–1310) asarlari o‘zbek adabiy tilining shakllangan davrini ifoda etuvchi badiiy asarlardir.
A.Borovkovning e’tirof etishicha, «Tafsir» (XIII asr) tili eski o‘zbek tilining yorqin namunasidir.
«O‘g‘uznoma», «Tafsir» (Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi, izohlar, sharhlar, tushuntirishlar), Qutbning «Xusrav va Shirin», Sayfi Saroyining «Guliston», Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asarlari eski o‘zbek tilida yaratilgan dastlabki namunalardir.
Arab, fors-tojik tillarga xos bo‘lgan fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar eski o‘zbek tiliga ko‘plab o‘zlashdi. Bu davrda o‘zbek qabilalari boshqa qabilalarga nisbatan siyosiy hayotda yetakchilikni o‘z qo‘llariga ola boshladilar.
O‘zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdinning «Mo‘g‘illar tarixi» asarida atoqli ot ma’nosida tilga olinadi. Jaloliddin Manguberdining qo‘shin boshliqlaridan biri O‘zbektoy deb atalgan.
O‘zbek degan so‘zning «o‘ziga bek», «otliq qo‘shin», «sodda», «to‘g‘ri», «insofli», «saxiy», «odamoxun», «diltortar», «suyukli» kabi ma’nolari ham mavjud.


Download 11,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish