169
yordamchi ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Birinchi – ko‘zdan kechirish usuli odatda so‘rashdan so‘ng
o‘tkaziladi. Ko‘zdan kechirish anamnez yig‘ish davrida ham davom etadi. Shuni aytish kerakki, ba‘zan
bemorni bir bor ko‘rishning o‘ziyoq kasallikni aniqlash imkonini berish.
Ko‘rish juda oddiy tekshirish usuli bo‘lishiga qaramasdan, ko‘zdan kechirishda to‘g‘ri ma‘lumot
olish uchun ma‘lumot shart – sharoitiga rioya qilish zarur:
1. Ko‘rish iloji boricha kunduzi – tabiiy yorug‘likda o‘tkazilishi kerak, chunki sun‘iy, jumladan elektr
nuri ba‘zi belgilarni xirillashtirib qo‘yadi. Ko‘pincha u teri rangini, ba‘zi bir toshmalarni aniqlay olmay
qolishimizga sabab bo‘ladi. Tabiiy yorug‘likda tananing shakli, terining rangi,
toshmalar, yondan
yoritilganda a‘zolarning harakati, tebranishi ko‘rinadi.
2. Ko‘zdan kechirishda dastlab bemor beligacha tekshiriladi, so‘ngra uning orqasi, qo‘l – oyoqlari,
qorni va hokazolar ko‘zdan kechiriladi.
3. Ko‘rish o‘tkazilayotgan xona harorati o‘rtacha bo‘lishi kerak, chunki past yoki yuqori haroratda
bemorning terisida ma‘lum o‘zgarishlar paydo bo‘lishi (oqarishi, ko‘karib ketishi,
marmarsimon rangga
kirishi yoki aksincha qizarishi, terlash va hokazolar) kuzatilishi mumkin.
4. Ko‘rish tartib bilan bemorni boshidan – oyoq to‘la – to‘kis ko‘zdan kechirish orqali amalga
oshiriladi.
Ko‘rishda birinchi navbatda benorning umumiy ahvoli, es – hushi, vaziyati, yuz qiyofasi,
terisining
rangi, bo‘y – basti, gavda tuzilishiga ahamiyat beriladi. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, o‘rtacha
og‘ir, nihoyatda og‘ir, agonal (o‘lim talvasasida) bo‘lishi mumkin.
Bemorning vaziyati faol, sust (passiv) va noiloj bo‘lishi mumkin. Sog‘lom odamning vaziyati faol
bo‘ladi, u og‘riq va noxushlik sezishiga qaramasdan vaziyatini o‘zgartira oladi. Bemorning faol
vaziyatda bo‘lishi uning kasalligiga nisbatan biror – bir narsani bildirmaydi, ammo bu uning es-hushi
saqlanganligidan hamda muskullarini ruhiy nazorat qila olishligidan dalolat beradi. Ba‘zan uzoq vaqt
to‘shakda yotib qolgan bemor umrini oxirigacha es-hushini saqlagan holda va faol vaziyatda bo‘lishi
(masalan, xavfli o‘sma yoki rakda) va aksincha ba‘zida unchalik og‘ir bo‘lmagan funksional
kasalliklarda (hushdan ketish, isteriyada) bemorning vaziyati vaqtincha sust bo‘lishi mumkin. Sust
vaziyat bemor uchun ko‘pincha noqulaylik tug‘diradi: bosh pastga osiltirib qo‘yilganda
yoki oyoqlar
tagiga bukilganda (bu ko‘pincha umumiy darmonsizlikda, to‘satdan ko‘p qon yo‘qotganda yoki
hushdan ketganda) kuzatiladi va u bemorning ahvoli og‘irligini ko‘rsatadi, lekin qisqa muddatli
hushdan ketishda ham vaqtincha sust vaziyat kuzatiladi. Sust vaziyat og‘ir o‘tkir yuqumli kasalliklar
(toshmali, qaytalama, ich terlamalarda, milliard o‘pka sili, bezgak va boshqalar) da kuzatiladi.
Noilojlik vaziyati –
kasallikning biron-bir xususiyati majbur qilganda bemor oladigan holat hisoblanadi.
Bunda bemor o‘z xohishiga ko‘ra o‘z vaziyatini o‘zgartirishi mumkin, lekin og‘riqning
kuchayishi
natijasida dastlabki holatga qaytishi uning ahvolini yaxshilaydi, og‘riq azoblari kamayadi. Bunday
vaziyatga turli sabablar olib kelishi mumkin, lekin birinchi o‘rinda og‘riq va hansirash turadi.
Noilojlik vaziyatining turlari ko‘p, shulardan eng ko‘p uchraydigani qotib turish holatidir. Bu holat
yurak sanchig‘I huruj qilganda kuzatiladi. Bunda to‘satdan yurak sohasida kuchli og‘riq bo‘lib, o‘lim
vahimasida huruj muddatini oyoqda o‘tkazadilar. Xuddi oyoq tomirlari tortishishida bo‘lganidek,
almashinuvchi oqsoqlikda yurib ketayotgan bemor to‘satdan to‘xtaydi va tomir tortishishi tugaguncha
qimirlamasdan turadi. Noiloj o‘tirish (ortopnoe)vaziyati kuchli hansirashga uchragan bemorlarda
uchraydi. Bemor oyoqlarini tushurgan holada o‘tiradi va qo‘lari bilan karavot yoki kreslo (kursi)
chetiga tayanadi, yelka kamarini mustahkamlaydi. Bu vaqtda nafas olishda yordamchi nafas muskullari
ishtirok etadi, natijada hansirash kamayadi. Noiloj yonboshlab yotish holati nafas a‘zolari plevra bilan
birgalikda shikastlanganda (zotiljam, plevrit, qovurg‘alar sinishi), yurak kasalligi bilan og‘rigan
bemorlarda kuzatiladi. Noiloj orqa bilan yotish holati qorincha kuchli og‘riq bo‘lganda (peritonit,
o‘tkir ko‘richak, oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi teshilganda) kuzatiladi. Bunda ko‘pincha
kasalning oyoqlari tizzasidan bukilgan bo‘ladi.
170
Orqa bilan deyarli qimirlamay yotish vaziyati bodning bo‘g‘inli faol turida kuzatiladi. ―So‘roq
belgisi‖, ―miltiq tepkisi‖, ―akillayotgan it‖, vaziyatlari –
boshni orqaga tashlab, oyoqlarini tizza
bo‘g‘inidan bukib qoringa keltirib va yonboshlab yotish serebrospinal meningitga xos.
Opistotonus vaziyatiga orqadagi uzun muskullarning uzoq vaqt tetanik qisqarishi sabab bo‘ladi,
buning oqibatida bemorning tanasi yoyga o‘xshab egiladi, natijada bemor karavotga ikki yoki uch
nuqtasi bilan tegib yotadi – ensasi va tovoni yoki ensasi, chanog‘i va tovoni bilan. Qorin bilan yotish
vaziyati me‘da osti bezining o‘smasi oqibatida kelib chiqqan kuchli og‘riq vaqtida, me‘da va 12
barmoq ichakning orqa devorida yara bo‘lganda va ba‘zi boshqa holatlarda (quymichdagi yotoq
yaralarda) kuzatiladi. Tizza – tirsak vaziyati ekssudativ perikarditda, ba‘zan qorinda og‘riq bo‘lganda –
―Muhammad Qavmining nomoz o‘qiyotgandagi holati‖ kuzatiladi. Noilojlik vaziyatining turlari
kinofilmlar, slaydalar va jadvallar orqalinamoyish qilinadi. Bemorning bo‘y-basti to‘g‘ri va noto‘g‘ri
(qiyshiq) bo‘lishi mumkin (umurtqa pog‘onasining, to‘sh suyagining, qovurg‘alarning qiyshiqlari, qo‘l-
oyoqlarning qiyshiqligi, kaltaligi va hokazolar).
Gavda tuzilishi (konstitutsiyasi) – funksional va morfologik belgilar yig‘indisi bo‘lib, tug‘ma va
ortirilgan tabiatga ega. Odam konstitutsiyasini ta‘riflash uchun juda ko‘p tasniflar taklif qilingan.
Ulardan eng ko‘p tarqalgani va manzur bo‘lgani taniqli olim, ko‘zga ko‘ringan terapevt M.V.
Chernorutskiy tomonidan taklif qilingan tasnif bo‘lib hisoblanadi. Bu tasnifga ko‘ra normostenik,
astenik,giperstenik konstitutsiyalar farq qilinadi.
Tana tuzilishi har tomonlama yetuk bo‘lgan odam normostenik konstitutsiyasiga kiradi. Bo‘y
uzunligining ustunligi, xushbichimligi, ixchamligi, yengilligi, lekin umumiy rivojlanishning nimjonligi
astenik konstitutsiyasiga xosdir. Astenik konstitutsiyasigagi kishilarning bo‘yi ko‘pincha o‘rtachadan
baland, qo‘l-oyoqlari gavdaga nisbatan uzun, ko‘krak qafasi qorindan ustun bo‘ladi.
Giperstenik konstitutsiyaning morfologik belgilari: eniga
rivojlangan, ulkan, og‘ir, to‘la va tuzilishi
pishiq bo‘ladi.odatda giperstenik konstitutsiyadagi odamlarning bo‘yi o‘rtacha yoki undan pastroq,
gavdasi nisbatan ustun, oyoq-qo‘llari kalta, qorin ko‘krak qafasidan,eni bo‘yidan ustun bo‘ladi.
Tananing tashqi tuzilishi uning ichki tuzilishiga ma‘lum ma‘noda, ya‘ni a‘zolarning kattaligi,
joylashishi va hokzolarga mos keladi. Demak, tananing tashqi tuzilishiga qarab ichki tuzilishi o‘ziga
xosligini oldindan ko‘rish mumkin. Ichki a‘zolar ichida o‘pka asteniklarda nisbatan katta bo‘ladi,
qolgan hamma a‘zolar – yurak, jigar, ichak, me‘da osti bezi, buyrak, qorataloq gipersteniklarda
katta
bo‘ladi. Ichki kasalliklar klinikasi konstitutsional tuzilishni bilish kasalliklarni to‘g‘ri aniqlashga
birmuncha yordam beradi.
Bir xil sharoitda har xil tuzilishdagi odamlar, agar ular kasal bo‘lsalarko‘pincha har xil kasallik bilan
kasallanadilar. Masalan, gipersteniklarda ko‘pincha asteniklarga nisbatan
almashinish jarayoni
pasaygan bo‘lib, ularda modda almashinish kasalliklari rivojlanadi. Jumladan, semirish, o‘t-tosh
kasalligi, buyrak-tosh kasalligi ateroskleroz, gipertoniya kasalligi.
Asteniklarda almashinish jarayoni tezlashgan bo‘lib, ularda ko‘pincha o‘pka kasalligi, boylam va
qorin pardasining kuchsizligi natijasidaichki organlarning osilib pastga siljishi (splanxnoptoz)
kuzatiladi. Ammo shuni ta‘kidlashkerakki, kasallik ma‘lum noqulay tashqi sharoitda rivojlanadi.
Shunday ekan, reja asosida sog‘lomlashtirish – profilaktika chora – tadbirlarini ko‘rish katta
ahamiyatga ega.
Bu yerda teri osti yog‘ qavati odatda taxminan 2 sm gat eng. Teri osti yog‘ qavatining qalinligiga
qarab semizlikni, ozib ketishni, haddan tashqari ozib ketishlik (kaxeksiya) ni aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: